

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;14.04.2022
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2322985" id="onLBC-2322985">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6904"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.24.00 Poligrafiya sanoati]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2322985" id="onLS-2322985">[<b>TSZ:</b><div id="LS3705"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-2324685" id="-2324685"><a href="/files/-2327447.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2324687" id="-2324687">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2324692" id="-2324692">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2324693" id="-2324693">Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2324695" id="-2324695"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5985230" id="-5985230">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-5957921?ONDATE=14.04.2022 00#-5959867">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324698" id="-2324698">Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslari va munosabatlarni tartibga solish, ekspertizadan oʻtkazish jarayonini maqbullashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324700" id="-2324700">1. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324703" id="-2324703">Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-2322985#-2324779">1-ilovaga </a>muvofiq; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324709" id="-2324709">Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/mact/-2322985#-2324931">2-ilovaga </a>muvofiq; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3694740" id="edi-3694740"><a href="/mact/-2322985?ONDATE=27.01.2014 00#-2324717">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3694740" id="-3694740">(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PQ-3668-sonli <a href="/mact/-3685963?ONDATE=18.04.2018 00#-3694129">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 07/18/3668/1080-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324721" id="-2324721">2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324724" id="-2324724">konfessiyalar bilan ishlash va ekspertiza boʻlimi yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek zarur axborot bazasi va moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlanishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324726" id="-2324726">dinshunoslik ekspertizasi xulosalarini hisobga olishning yagona reyestrini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324730" id="-2324730">Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibiga oid tushuntirish ishlari keng miqyosda tashkil etilishini va oʻtkazilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324734" id="-2324734">3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 23-apreldagi 196-son qarori 2-bandining <a href="/mact/-295047?ONDATE=23.04.2004 00#-296020">ikkinchi xatboshi</a>, 3-bandining <a href="/mact/-295047?ONDATE=23.04.2004 00#-296024">birinchi xatboshi </a>va qarorga <a href="/mact/-295047?ONDATE=23.04.2004 00#-296042">2-ilova </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324763" id="-2324763">4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324767" id="-2324767">5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2324769" id="-2324769">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2324771" id="-2324771">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2324772" id="-2324772">2014-yil 20-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2324774" id="-2324774">10-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2324779" id="-2324779"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2324782" id="-2324782">Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son<a href="/mact/-2322985"> qaroriga </a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2324787" id="-2324787">Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2324790" id="-2324790">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2324792" id="-2324792"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2324793" id="-2324793">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324795" id="-2324795">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5984911" id="-5984911"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5984918" id="-5984918">2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish boʻyicha faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5984942" id="-5984942">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938943">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324800" id="-2324800">3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faqat davlat dinshunoslik ekspertizasi oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324804" id="-2324804">Diniy mazmundagi materiallarda materiallarning toʻliq nomlanishi, mazmuni, muallifi, tayyorlovchisi, tayyorlangan sanasi va joyi, adadi va boshqa maʼlumotlar davlat tilida koʻrsatilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324806" id="-2324806">4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324815" id="-2324815"><strong>diniy mazmundagi materiallar</strong> (keyingi oʻrinlarda materiallar deb ataladi) — dunyodagi turli dinlarning asoslari, tarixi, mafkurasi, taʼlimoti va sharhlari hamda marosimlarini oʻtkazish amaliyotini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar va boshqa bosma nashrlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozmalari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar), axborot tashuvchi elektron jismlar (disketlar, CD, DVD disklari, Internet tarmogʻida joylashtirilgan materiallar va shu kabilar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324818" id="-2324818"><strong>tayyorlash</strong> — Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni nashr etish, qayta nashr etish va nusxa koʻchirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324819" id="-2324819"><strong>olib kirish</strong> — xorijda tayyorlangan diniy mazmundagi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetkazib berishning har qanday shakli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324821" id="-2324821"><strong>tarqatish</strong> — Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni sotish, obuna boʻlish, yetkazib berish, tarqatish, yuborish va realizatsiya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324824" id="-2324824"><strong>davlat dinshunoslik ekspertizasi</strong> (keyingi oʻrinlarda ekspertiza deb ataladi) — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tadqiq etish jarayoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324828" id="-2324828"><strong>ekspertiza xulosasi</strong> (keyingi oʻrinlarda xulosa deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan bajariladigan diniy mazmundagi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga ruxsat berish (ruxsat bermaslik) masalasini hal etish uchun koʻrsatilgan materiallarda diniy qonun-qoidalardan ogʻishganlik yoki buzib koʻrsatishning borligiga oid ilohiyotshunoslik tadqiqotlari oʻtkazilganligini rasman tasdiqlovchi yozma hujjat;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4302537" id="-4302537"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4302540" id="-4302540"><strong>tayyorlash, olib kirish, tarqatish man etilgan diniy mazmundagi materiallar roʻyxati</strong> — Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlishi taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarning har yili kamida ikki marta tuziladigan roʻyxati;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4302553" id="-4302553">(4-bandi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli <a href="/mact/-4293446?ONDATE=19.04.2019 00#-4295275">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324830" id="-2324830"><strong>talabgor</strong> — xulosa berish toʻgʻrisidagi ariza bilan vakolatli organga murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxs.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2324831" id="-2324831">II. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324832" id="-2324832">5. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324833" id="-2324833">6. Tayyorlashga moʻljallangan materiallarning nazorat nusxasi va zarur maʼlumotlar ekspertizani amalga oshirish uchun vakolatli organga yetkazib berilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324834" id="-2324834">7. Yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tayyorlanadigan materiallar ekspertiza oʻtkazilganidan keyin materialning muallifi va nomlanishi, noshir manzili, adadi (tiraji), materialning qisqa mazmuni va sharhi hamda tayyorlangan sanasi koʻrsatilgan axborotga ega boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324894" id="-2324894">8. Materiallarni tayyorlashga oʻn ish kuni davomida oʻtkaziladigan va yakunida xulosa rasmiylashtiriladigan ekspertizadan keyin yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2324897" id="-2324897">III. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3985393" id="-3985393"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3985397" id="-3985397">9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari davlat chegarasida olib qoʻyilgan materiallar ekspertizadan oʻtkazish uchun vakolatli organga oʻz vaqtida yuborilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3985398" id="-3985398">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli <a href="/mact/-3969572?ONDATE=21.09.2018 00#-3971540">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324900" id="-2324900">10. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan taqiqlangan materiallar roʻyxatiga kiruvchi materiallar ekspertiza oʻtkazilganidan keyin bojxona organlari yoki davlat chegarasini qoʻriqlash organlari tomonidan musodara qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324903" id="-2324903">11. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun har bir nomlanishdagi materialdan uch nusxadan oshmagan miqdorda, agar ular taqiqlangan materiallar roʻyxatiga kiritilmagan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324905" id="-2324905">12. Vakolatli organ diniy material namunasi olingandan keyin oʻn ish kunidan oshmagan muddatda muayyan material Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi toʻgʻrisidagi masalani keyinchalik hal etish uchun tegishli organga xulosa taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324906" id="-2324906">13. Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlarini himoya qilish maqsadida ommaviy ziyorat tadbirlari oʻtkaziladigan vaqtda ekspertizaning bevosita bojxona nazorati punktlarida oʻtkazilishini taʼminlaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2324907" id="-2324907">IV. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5984952" id="-5984952"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5984968" id="-5984968">14. Materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turgʻun savdo shahobchalari orqali fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa, toʻlov terminallarini qoʻllash va pul tushumlarini qonunchilikda belgilangan tartibda bankka inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) yoʻli bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5984989" id="-5984989">(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938944">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324911" id="-2324911">15. Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kutubxonalari, shuningdek boshqa kutubxonalarning (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tijorat tashkilotlari kutubxonalari) vakolatli organ xulosasini olmay turib, xorijiy ishlab chiqaruvchilardan materiallarni qabul qilishlari taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324912" id="-2324912">16. Vakolatli organ va boshqa manfaatdor tashkilotlar materiallarning noqonuniy tarqatilishi holatlarini aniqlash va oldini olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324913" id="-2324913">17. Ekspertizaning ijobiy xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida materiallarning muayyan turini tarqatish huquqini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324914" id="-2324914">18. Materiallarni quyidagi maqsadlarda tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324915" id="-2324915">jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyiga qarab yoki boshqa holatlarga koʻra kamsitish yoxud oʻzga shaxslar mahsulotlarini obroʻsizlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324916" id="-2324916">Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324917" id="-2324917">urush, zoʻravonlik, terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324918" id="-2324918">milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborotni tarqatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324919" id="-2324919">diniy eʼtiqodni oʻzgartirishga daʼvat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324921" id="-2324921">dindorlarning diniy tuygʻularini haqorat qilish yoki kamsitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324922" id="-2324922">fuqarolarni oʻz konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324923" id="-2324923">davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4178379" id="-4178379"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4178386" id="-4178386">giyohvand vositalar, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4178392" id="-4178392">(18-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 34-sonli <a href="/mact/-4163924?ONDATE=16.01.2019 00#-4167201">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324925" id="-2324925">qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirishga undash.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2324926" id="-2324926">V. Ushbu Nizomni buzganlik uchun javobgarlik</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5985002" id="-5985002"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5985008" id="-5985008">19. Oʻzbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5985014" id="-5985014">(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938944">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324929" id="-2324929">20. Ushbu Nizom normalarini buzishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2324931" id="-2324931"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2324932" id="-2324932">Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi 10-son <a href="/mact/-2322985">qaroriga<br /></a> 2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2324933" id="-2324933">Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2324935" id="-2324935">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2324936" id="-2324936"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324937" id="-2324937">1. Ushbu Nizom diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga moʻljallangan diniy mazmundagi materiallarning davlat dinshunoslik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5985023" id="-5985023"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5985030" id="-5985030">2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga moʻljallangan diniy mazmundagi materiallarning davlat dinshunoslik ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5985047" id="-5985047">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938946">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324940" id="-2324940">3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324946" id="-2324946"><strong>davlat dinshunoslik ekspertizasi</strong> (keyingi oʻrinlarda ekspertiza deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan mutaxassislar, ekspertlar va diniy tashkilotlar vakillari ishtirokida bosma nashrlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozmalari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar), axborot tashuvchi elektron jismlar (disketlar, CD, DVD disklari, Internet tarmogʻida joylashtirilgan materiallar va shu kabilar) va diniy mazmundagi boshqa materiallarni tadqiq etish jarayoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324948" id="-2324948"><strong>ekspertiza xulosasi</strong> (keyingi oʻrinlarda xulosa deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan bajariladigan diniy mazmundagi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga ruxsat berish (ruxsat bermaslik) masalasini hal etish uchun koʻrsatilgan materiallarda diniy qonun-qoidalardan ogʻishganlik yoki buzib koʻrsatishning borligiga oid ilohiyotshunoslik tadqiqotlari oʻtkazilganligini rasman tasdiqlovchi yozma hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324950" id="-2324950"><strong>diniy mazmundagi materiallar</strong> (keyingi oʻrinlarda materiallar deb ataladi) — dunyodagi turli dinlarning asoslari, tarixi, mafkurasi, taʼlimoti va sharhlari hamda marosimlarini oʻtkazish amaliyotini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar va boshqa bosma nashrlar, audiovizual asarlar (tele-, kino- va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozmalari, multfilmlar, anime, xentay va shu kabilar), axborot tashuvchi elektron jismlar (disketlar, CD, DVD disklari, Internet tarmogʻida joylashtirilgan materiallar va shu kabilar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324951" id="-2324951"><strong>vakolatli organ</strong> — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324952" id="-2324952"><strong>ekspert kengashi</strong> — vakolatli organ huzuridagi olimlar, ekspertlar va dinshunoslik hamda ilohiyotshunoslik sohasi mutaxassislari kengashi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5985115" id="-5985115"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5985121" id="-5985121">4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga moʻljallangan material, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa holat koʻzda tutilmagan boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5985133" id="-5985133">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938947">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5985135" id="-5985135"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5985139" id="-5985139">5. Ekspertiza Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Nizomga muvofiq murojaat etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni davomida vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomga <a href="/mact/-2322985#-2325002">1-ilovaga </a>muvofiq oʻtkaziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5985143" id="-5985143">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938947">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324955" id="-2324955">6. Vakolatli organ huzurida olimlar, ekspertlar va dinshunoslik hamda ilohiyotshunoslik sohasi mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspert kengashi tuzilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324956" id="-2324956">7. Ekspertiza koʻrsatib oʻtilgan faoliyatning biror turini amalga oshirishdan oldin yuridik va jismoniy shaxslarning yozma murojaatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari va idoralarining murojaatlari asosida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324959" id="-2324959">8. Yuridik yoki jismoniy shaxslar yoki manfaatdor vazirlik yoxud idora vakolatli organga quyidagilar uchun zarur hujjatlarni taqdim etadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324961" id="-2324961">a) materiallarni tayyorlash uchun:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4302560" id="edi-4302560"><a href="/mact/-2322985?ONDATE=27.01.2014 00#-2324963">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4302560" id="-4302560">(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli <a href="/mact/-4293446?ONDATE=19.04.2019 00#-4295275">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2537049" id="edi-2537049"><a href="/mact/-2322985?ONDATE=27.01.2014 00#-2324965">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2537049" id="-2537049">(8-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli <a href="/mact/-2534723?ONDATE=12.01.2015 00#-2535235">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2537050" id="edi-2537050"><a href="/mact/-2322985?ONDATE=27.01.2014 00#-2324967">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2537050" id="-2537050">(8-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli <a href="/mact/-2534723?ONDATE=12.01.2015 00#-2535235">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4302565" id="-4302565"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4302566" id="-4302566">nashr etilishi rejalashtirilgan material haqidagi maʼlumot, jumladan, materialning nashrdan chiqariladigan adadi, foydalanilgan manbalarning roʻyxati (adabiyotni tayyorlashda bir nechta manbalardan foydalanilganda), material tarjima qilingan taqdirda, uning qaysi adabiyotdan tarjima qilingani, qayerda chop qilingani va toʻliq nomi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4302567" id="-4302567">(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli <a href="/mact/-4293446?ONDATE=19.04.2019 00#-4295275">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4302570" id="-4302570"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4302575" id="-4302575">nashrga tayyorlashga moʻljallangan material muallifi yoki tarjimon diniy maʼlumotga ega boʻlsa, uning diniy maʼlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (bunday hujjatga ega boʻlmagan taqdirda, bu haqda vakolatli organga kiritiladigan xat yoki arizada koʻrsatiladi).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4302586" id="-4302586">(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli <a href="/mact/-4293446?ONDATE=19.04.2019 00#-4295275">qaroriga </a>asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324970" id="-2324970">b) materiallarni olib kirish uchun:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4302599" id="edi-4302599"><a href="/mact/-2322985?ONDATE=27.01.2014 00#-2324972">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4302599" id="-4302599">(8-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli <a href="/mact/-4293446?ONDATE=19.04.2019 00#-4295275">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2537051" id="edi-2537051"><a href="/mact/-2322985?ONDATE=27.01.2014 00#-2324973">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2537051" id="-2537051">(8-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli <a href="/mact/-2534723?ONDATE=12.01.2015 00#-2535240">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324974" id="-2324974">mulk egasi yoki muayyan materialni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetkazib berish majburiyatini oluvchi huquq egasi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324975" id="-2324975">olib kirilishi rejalashtirilgan materiallar haqida maʼlumot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324976" id="-2324976">v) materiallarni tarqatish uchun:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4302600" id="edi-4302600"><a href="/mact/-2322985?ONDATE=27.01.2014 00#-2324977">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4302600" id="-4302600">(8-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli <a href="/mact/-4293446?ONDATE=19.04.2019 00#-4295275">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2537053" id="edi-2537053"><a href="/mact/-2322985?ONDATE=27.01.2014 00#-2324978">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2537053" id="-2537053">(8-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli <a href="/mact/-2534723?ONDATE=12.01.2015 00#-2535244">qaroriga </a>asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324979" id="-2324979">tarqatilishi rejalashtirilgan materiallar haqidagi maʼlumot.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324980" id="-2324980">9. Ekspertizani oʻtkazishda ishtirok etuvchi mutaxassislar oʻzlari haqida quyidagilarni: maʼlumoti, ilmiy darajasi, ish staji va dinshunoslik sohasidagi salohiyatiga oid boshqa axborotni koʻrsatishlari, shuningdek tadqiqot jarayoni, oʻz xulosalarini diniy qoidalar, talqinlar, qonunlar bilan asoslab, batafsil tavsiflashlari, shaxsiy imzolari bilan tasdiqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324981" id="-2324981">10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi belgilarga ega materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324982" id="-2324982">jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyiga qarab yoki boshqa holatlarga koʻra kamsitish yoxud oʻzga shaxslar mahsulotlarini obroʻsizlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324983" id="-2324983">Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324984" id="-2324984">urush, zoʻravonlik, terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324985" id="-2324985">milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborotni tarqatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324986" id="-2324986">diniy eʼtiqodni oʻzgartirishga daʼvat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324987" id="-2324987">dindorlarning diniy tuygʻularini haqorat qilish yoki kamsitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324988" id="-2324988">fuqarolarni oʻz konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324989" id="-2324989">davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324990" id="-2324990">giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324991" id="-2324991">qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirishga daʼvat qilish.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2537057" id="-2537057"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2537058" id="-2537058">11. Vakolatli organga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat va diniy tashkilotlardan oʻz yuritishidagi masalalar boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda zarur hujjatlar va axborotlarni soʻrash va olish huquqi beriladi, ushbu Nizomning <a href="/mact/-2322985#-2324959">8-bandida </a>nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2537060" id="-2537060">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli <a href="/mact/-2534723?ONDATE=12.01.2015 00#-2535246">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324993" id="-2324993">12. Vakolatli organ belgilangan tartibda tashkilotlarni, shu jumladan jamoat va diniy tashkilotlarni borib koʻrish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324994" id="-2324994">13. Ekspertiza natijalari majburiy hisobot hujjati hisoblanadi va xulosa sifatida rasmiylashtiriladi hamda individual raqamga ega boʻladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4302604" id="-4302604"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4302606" id="-4302606">Ekspertizaning xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida muayyan material turini tayyorlash, olib kirish va tarqatishga yoki shunday faoliyatni amalga oshirishni rad etishga asos boʻlib xizmat qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4302608" id="-4302608">(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-sonli <a href="/mact/-4293446?ONDATE=19.04.2019 00#-4295275">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324996" id="-2324996">14. Materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatishga oid ekspert xulosasi vakolatli organ raisi, u boʻlmagan taqdirda uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324997" id="-2324997">15. Vakolatli organda Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri yuritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324998" id="-2324998">16. Vakolatli organ yiliga kamida ikki marta manfaatdor vazirliklar va idoralarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatish taqiqlangan materiallar roʻyxatini taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2324999" id="-2324999">17. Ekspert xulosasiga koʻra tayyorlashga taqdim etilgan material ushbu Nizomga <a href="/mact/-2322985#-2325008">2-ilovaga </a>muvofiq vakolatli organning maxsus gologrammasi bilan tamgʻalanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5985150" id="-5985150"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5985153" id="-5985153">18. Oʻzbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5985156" id="-5985156">(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938948">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2325001" id="-2325001">19. Ushbu Nizom normalarini buzishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2325002" id="-2325002"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2325003" id="-2325003">Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-2322985#-2324933">nizomga</a> <br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2325004" id="-2325004">Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2325005" id="-2325005">SXEMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2325006" id="-2325006"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-2325007" id="-2325007"><img src="/files/2335140" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2325008" id="-2325008"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2325009" id="-2325009">Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi<a href="/mact/-2322985#-2324933"> nizomga</a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2325010" id="-2325010">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan ruxsat etilgan diniy mazmundagi materiallarga beriladigan </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2328338" id="-2328338">GOLOGRAMMA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2325011" id="-2325011"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-2325012" id="-2325012"><img src="/files/2327734" /></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2325013" id="-2325013">(Aylana boʻylab: <strong>“*Oʻzbekiston* Din ishlari boʻyicha qoʻmita * Committee of the Religion Affairs”)</strong></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2325014" id="-2325014">(Ichida: <strong>Din ishlari boʻyicha qoʻmita * Committee of the Religion Affairs”</strong> yozuvi tushirilgan kitob emblemasi)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-3694745" id="edi-3694745"><a href="/mact/-2322985?ONDATE=27.01.2014 00#-2325015">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-3694745" id="-3694745">(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PQ-3668-sonli <a href="/mact/-3685963?ONDATE=18.04.2018 00#-3694129">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 07/18/3668/1080-son)</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2327742" id="-2327742">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 4-son, 47-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 07/18/3668/1080-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son; 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son; 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
