Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2006-yil 18-yanvardagi 13-son “Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning bogʻ va uzumzorlarini sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 1542, 2006-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 4-5-son, 30-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.