toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash uchun:
1. Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tegishli sport infratuzilmasini yaratish;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ular o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshirish;
ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi oilalarga mahallalar va istirohat bog‘larida sharoit yaratish va oilaviy sportni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish;
ommaviy sport tadbirlari davomida o‘quvchilari g‘olib va sovrindor bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari mehnatini munosib rag‘batlantirish va ularning faoliyat olib borishi uchun sharoit yaratish.
2. Mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi (A.N. Aripov):
yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish, shu jumladan mazkur Dasturda belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirsin;
mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatini samarali tashkil etsin, ularga uslubiy ko‘maklashsin va musobaqalar samaradorligini baholash reyting tizimini joriy qilsin;
ommaviy sport musobaqalari tashkil qilinadigan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari ro‘yxatini tasdiqlasin;
yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini va har yili ikki mavsumda ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilishini ta’minlasin hamda barcha bosqich natijalarini tahlil qilsin va tizimli monitoringini olib borsin;
ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilsin, yo‘l xaritalari, dasturlarni tasdiqlasin hamda bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) 2022-yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda 30-iyun — O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabr oyida o‘tkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo‘yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi:
birinchi bosqichda — ko‘chalararo mahalla musobaqalari;
ikkinchi bosqichda — mahallalararo sektor musobaqalari;
uchinchi bosqichda — sektor musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida tuman (shahar) musobaqalari;
to‘rtinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari g‘olib mahalla jamoalari o‘rtasida viloyat musobaqalari;
beshinchi bosqichda — viloyat musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida respublika (final) musobaqalari.
Bunda, mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan ommaviy sport musobaqalari mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari bo‘yicha tashkil etilayotgan besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2023-yil 1-martdan boshlab olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi joriy qilinadi:
birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari (mavjud sport turlari bo‘yicha);
ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari (mavjud sport turlari bo‘yicha);
uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari.
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazish dasturining ishlab chiqilishi, sport musobaqalari o‘tkaziladigan sport obyektlari infratuzilmasining yaxshilanishi va zarur sport inventarlari bilan jihozlanishi, sport musobaqalarining yuqori darajada tashkil etilishi hamda g‘olib va sovrindorlarning munosib rag‘batlantirilishini ta’minlasin.
(4-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
5. Belgilansinki:
a) “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
mahalla bosqichida — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
sektor bosqichida — sektor rahbarlari;
tuman (shahar) bosqichida — tuman (shahar) hokimlari;
viloyat bosqichida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika (final) bosqichida — Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
(5-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Bunda, musobaqalarning har bir bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlar ushbu kichik bandga mas’ul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan rag‘batlantiriladi;
b) olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
tuman bosqichida — tuman (shahar) hokimlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
viloyat bosqichida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hududiy bo‘linmalarining rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari;
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
respublika (final) bosqichida — Sport hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Bunda, musobaqalarning har bir bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlar ushbu kichik bandga mas’ul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan rag‘batlantiriladi.
6. Quyidagilar “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarini tizimli tashkil etish va o‘tkazish uchun Sport vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 2022-yildan boshlab har yili 50 milliard so‘m miqdordagi mablag‘lar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari;
jamg‘armalar, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov):
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda uch oy muddatda hududlarda yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish maqsadida sport maktablarining yo‘riqchi-uslubchi shtat birliklari hisobiga sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (O. Kasimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sport turlari bo‘yicha tuman (shahar)larning terma va sektor jamoalarini shakllantirsin va sport-ta’lim muassasalariga iqtidorli yoshlarni saralab olish bo‘yicha mas’ul etib belgilansin.
8. Shunday amaliyot joriy qilinsinki, unga muvofiq “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalari davomida g‘olib va sovrindorlarni (1 — 3 o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi:
tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun — ikkinchi malaka toifasi;
viloyat bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun — birinchi malaka toifasi;
respublika (final) bosqichida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun — oliy malaka toifasi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov):
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
a) sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha har bir mas’ulning ish faoliyatini to‘liq baholashga qaratilgan reyting tizimini joriy etsin;
yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirish va ularning qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida tajribali va taniqli sportchilar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish tizimini yo‘lga qo‘ysin;
b) Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar 6 million nafar yoshlarning ommaviy sport tadbirlari bilan qamrab olinishini ta’minlasin.
10. Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev):
uch oy muddatda yoshlar orasida “Besh tashabbus olimpiadasi”, ommaviy sportni targ‘ib qiluvchi materiallarni (buklet, banner va boshqalar) kreativ vositalardan foydalangan holda tayyorlasin va mahallalarga tarqatish choralarini ko‘rsin;
ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirishga qaratilgan motivatsion roliklar tayyorlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy sport musobaqalarini namunali tashkil etgan yoshlar yetakchilari va boshqa mas’ul shaxslar uchun o‘quv seminarlari tashkil etsin va maxsus sertifikat berish tizimini yo‘lga qo‘ysin;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
mahallalarda musobaqalarni namunaviy tashkil etgan yoshlar yetakchilarini rag‘batlantirish choralarini ko‘rsin.
11. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov):
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning qiziqishlari, talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari hamda taniqli va faxriy sportchilar tomonidan kamida 1 ta sport turi bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini tashkil etsin;
to‘garaklar faoliyatini keng yoritish va ularga o‘quvchilarni qamrab olish maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida to‘garak jadvali bo‘lishini ta’minlasin;
har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabida futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha jamoalar tuzsin hamda muntazam ravishda maktab jamoalari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda sport maktablarining yo‘riqchi-uslubchilari tomonidan har chorakda bir marta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatilishini tashkil etsin.
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
12. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov):
2022-yil 1-mayga qadar talabalar sportini yanada rivojlantirish uchun oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari o‘rtasida musobaqalarni o‘tkazsin;
ikki oy muddatda oliy ta’lim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish ro‘yxatini talabalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqsin;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashiga axborot kiritib borsin.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1-fevralga qadar ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
sport musobaqalarining respublika (final) bosqichlari bo‘lib o‘tadigan hududlar va u yerda joylashgan sport infratuzilmasi obyektlarini homiylik xayriyalari hamda budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etgan holda talab darajasida tayyorlash;
ommaviy sport musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun sport inshootlarini sport jihozlari bilan ta’minlash;
ommaviy sport musobaqalarining mahalla bosqichidan viloyat bosqichiga qadar o‘tkazilgan musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarni 1, 2 va 3-darajali diplom, medal, kubok, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash;
hududlarda tashkil etiladigan boshqa sport musobaqalari tuman (shahar) va viloyat bosqichi g‘oliblari uchun hokim sovrinini ta’sis etish;
sport musobaqalari davomida har bir ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini qaror toptirish, ularning buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik an’analarini munosib davom ettirishga qodir insonlar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) ikki hafta muddatda mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirishga qaratilgan maqolalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etish hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi ommaviy sport musobaqalarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha media-reja ishlab chiqsin va amalga oshirsin:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
ommaviy sport musobaqalarining o‘tkazilishi to‘g‘risida maxsus roliklar tayyorlash va efirga joylashtirish;
ommaviy sport musobaqalarini yanada ommalashtirish bo‘yicha faxriy ustozlar va nufuzli musobaqalar g‘oliblari ishtirokida turkum ko‘rsatuvlarni tashkil etish;
ommaviy sport musobaqalarida yoshlar tomonidan erishilgan yutuqlar, shuningdek, ommaviy sport musobaqalarining o‘tkazilish jarayonlarini keng yoritish va targ‘ib qilish ishlarini muntazam amalga oshirish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda hududiy telekanallar, ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorning maqsad va vazifalari, ommaviy sport musobaqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng yoritib borish bo‘yicha media-reja ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
15. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari A.Z. Sa’dullayev, maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abduraxmonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-aprel,
PQ-201-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qaroriga
ILOVA
Mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash

1.

Hududlardagi mavjud sport inshootlarini xatlovdan o‘tkazish.

1. Xatlov o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirish.

2. Ishchi guruh faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish.

3. Xatlov natijalari yuzasidan o‘tkaziladigan sport turlari bo‘yicha inshootlarning moddiy-texnik bazasini ta’minlash uchun tegishli vazirlik va idoralarga taklif yuborish.

4. Sport inshootlarining zarur moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganlik holatini monitoring qilib borish.

2022-yil noyabr

-

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Yu. Absoatov),

Xalq ta’limi vazirligi

(R. Karimjonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Sport musobaqalarining respublika final bosqichlari bo‘lib o‘tadigan hududlar va u yerda joylashgan infratuzilma obyektlarini talab darajasida tayyorlash.

1. Ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish joylarini aniqlash.

2. Musobaqalarni sifatli o‘tkazish uchun maqbul sport inshootlari va yotoqxonalarni tanlab olish hamda belgilangan tartibda musobaqa jarayonlariga tayyorlash.

2022-yil iyun — dekabr

Homiylik xayriyalari hamda budjetdan tashqari mablag‘lar

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Yu. Absoatov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha musobaqalar samaradorligini baholash reytingini joriy etish.

1. Mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirish.

2022-yil may

-

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Baholash mezonini ishlab chiqish. Bunda, har bir mahalladagi yoshlar ishtirokiga qarab, ularni “namunaviy”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratish.

2022-yil may

3. Baholash mezoniga asosan mahallalar reytinglarini belgilash.

2022-yil iyul — dekabr

4. Mahallalar reytingini yuritish uchun maxsus axborot dasturini ishga tushirish.

2022-yil sentabr

5. Reyting natijalariga ko‘ra mahallalar samaradorligini ko‘rib chiqish.

2022-yil dekabr

6. “Qoniqarsiz” deb topilgan mahallalarda ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish va amalga oshirish.

2022-yil dekabr

4.

Yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirish va ularning qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida tajribali va taniqli sportchilar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish tizimini joriy etish.

1. Tajribali va taniqli sportchilar ro‘yxatlarini shakllantirish.

2. Motivatsion uchrashuvlar reja-grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Hududlarda master-klass ko‘rgazmali chiqishlarni tashkil etish.

Har yili may — iyul

-

Yoshlar ishlari agentligi
(A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahalla terma jamoalari uchun stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurish.

1. Stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurish.

2. Sport maydonchalarida mini-futbol, basketbol, voleybol, gandbol va badminton kabi sport turlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

3. Sport maydonchalari atrofini ipli himoya to‘rlari bilan o‘rash, yer maydonini qayta ishlangan shina mahsulotlaridan olingan rezina bilan qoplash va foydalanishga topshirish.

2022-yil davomida reja-grafik asosida

Sportni rivojlantirish vazirligi mablag‘lari

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov)

II. Aholining keng qatlamlari, ayniqsa, o‘quvchi va talaba yoshlarni sog‘lomlashtirish hamda ular o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish

6.

An’anaviy tarzda ikki mavsumda o‘tkaziladigan (1-mavsum 30-iyun — Yoshlar kuniga hamda 2-mavsum — Yoshlar forumiga bag‘ishlangan) ommaviy sport musobaqalarining besh bosqichli tizimini joriy etish.

1. An’anaviy tarzda ikki mavsumda o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalarining nizomini ishlab chiqish.

Har yili 1-fevral

-

Yoshlar ishlari agentligi
(A. Sa’dullayev),
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Musobaqani o‘tkazish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan qo‘shma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Har yili 1-mart

3. Musobaqalarni o‘tkazish muddati, joyi va sanasini belgilash. Bunda, sport musobaqalari sport maktablari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining sport inshootlarida o‘tkazilishini nazarda tutish.

Har yili 1-aprel

4. Cport maktablarining trenerlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini har bir mahalla ko‘chalariga biriktirish.

Har yili 1-aprel

7.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha besh bosqichli umumrespublika musobaqalarini tashkil etish.

1. Sport musobaqalarini o‘tkazish dasturini ishlab chiqish.

2023-yildan boshlab

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida

Sport vazirligi (A. Ikramov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev),
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova),

sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

2. Sport musobaqalari o‘tkaziladigan sport obyektlari infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash.

2023-yil mart

3. Sport musobaqalarini yuqori darajada tashkil etish hamda g‘olib va sovrindorlarni munosib rag‘batlantirishga asosiy e’tibor qaratish.

2023-yil aprel

8.

Bolalar-o‘smirlar sport maktablarining yo‘riqchi-uslubchi shtat birliklari doirasida bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etish.

1. Bolalar-o‘smirlar sport maktablarida yo‘riqchi-uslubchi shtat birliklarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni tahlil qilish.

2. Tegishli Hukumat qarori va loyihalariga bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ustama haqlarini belgilash bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish.

3. Bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga namunaviy yo‘riqnomani ishlab chiqish.

2022-yil iyun

-

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Moliya vazirligi

(J. Abruyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(B. Umurzakov)

9.

Sport turlari bo‘yicha tuman (shahar)larning terma va sektor jamoalarini shakllantirish va sport-ta’lim muassasalariga yashirin iqtidor egalarinisaralab olish bo‘yicha tizim yaratish.

1. Sport musobaqalarida iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya) tizimini yaratish.

2. Seleksiya bo‘yicha trener hamda sport maktabi direktorining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda ish faoliyatini olib borish.

3. Ommaviy sport musobaqalaridan tanlab olingan yoshlarni sport maktablariga sport turlari bo‘yicha seksiyalarga jalb etish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Sport vazirligi (A. Ikramov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev),
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova),

sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

III. Ommaviy sport tadbirlarini tashkillashtirishda faollik ko‘rsatgan tadbir ishtirokchilarini munosib rag‘batlantirish

10.

Musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari hamda trenerlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish.

Musobaqalarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan mahalla terma jamoasini tayyorlagan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va trenerlarni rag‘batlantirish sifatida;

ularning malaka toifalarini ko‘tarish;

“Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etish;

bir martalik sport anjomlari to‘plamlarini ajratish;

ish joyi hisobidan dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlariga bir martalik bepul yo‘llanmalar taqdim etish.

2022-yildan boshlab doimiy

Mahalliy va ijrochilar budjet mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova)
,

Sport vazirligi
(A. Ikramov),

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi

(Q. Rafikov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Sh. Kudbiyev)

11.

Musobaqalarning birinchi bosqichi (mahalla bosqichi)ni namunali tashkil etgan tashkilotchi va hakamlarni munosib rag‘batlantirish.

1. Tashkilotchi va hakamlarni diplom va tashakkurnoma bilan taqdirlash.

2. Esdalik sovg‘alar (futbolka va kepka) bilan taqdirlash.

Mahalliy bosqich yakuni bilan

Ijrochilar budjet mablag‘lari

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

12.

Musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarni va mahalla yoshlar yetakchilarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish.

Musobaqalarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan mahalla terma jamoa ishtirokchilarini hamda mahalla yoshlar yetakchilarini esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash.

Musobaqalar o‘tkazish grafigi asosida

Ijrochilar va mahalliy budjet mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Ommaviy sport musobaqalari davomida o‘rnak ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, trenerlar, yoshlar yetakchilari va sportchilar faoliyatini yoritish.

Musobaqalar davomida o‘zining tashabbuskorligi va tashkilotchiligi bilan alohida o‘rnak ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, trenerlar, yoshlar yetakchilari va sportchilar to‘g‘risida teleko‘rsatuvlar tayyorlash.

Media-rejaga asosan 2022-yil davomida

Rejani tasdiqlash — 2022-yil aprel

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy teleradiokompaniya

(A. Xadjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Hududlarda ommaviy sport musobaqalarini tizimli ravishda o‘tkazish.

Ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:

musobaqalarda g‘olib va sovrindorlarni diplom, medal, kubok, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash;

sport musobaqalarining respublika (final) bosqichlari bo‘lib o‘tadigan hududlar infratuzilmalarini talab darajasida tayyorlash;

sport inshootlarini sport jihozlari bilan ta’minlash;

tuman (shahar) va viloyat bosqichi g‘oliblari uchun hokim sovrinini ta’sis etish.

Har yili 1-fevral

Mahalliy va ijrochilar budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport vazirligi (A. Ikramov)

15.

Sport musobaqalarini namunali tashkil etgan yoshlar yetakchilari va boshqa mas’ullar uchun o‘quv seminarlari tashkil etish va maxsus sertifikat berish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Ommaviy tadbirlarni tashkil etish maqsadida qisqa muddatlarda o‘quv seminari va leksiyalar metodikasini ishlab chiqish.

2. Onlayn tizim orqali o‘quv seminarlarini tashkil etish.

3. O‘quv seminarlarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga QR-kodli sertifikatlarni joriy etish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Sportni rivojlantirish vazirligi

(A. Aslonov),

Xalq ta’limi vazirligi

(R. Karimjonov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

IV. Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolar, o‘quvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish

16.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi tomonidan kamida 1 ta sport turi bo‘yicha bepul to‘garaklar faoliyatini tashkil etish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommaviylashgan va o‘quvchilar tomonidan shug‘ullanishga ishtiyoq bildirilgan sport turlarini aniqlash.

2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida belgilangan sport turlari bo‘yicha sport to‘garaklarini tashkil etish.

3. Barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sport to‘garaklari jadvalini ishlab chiqish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova)
,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabida futbol, basketbol, voleybol, gandbol va boshqa jamoaviy o‘yin turlari bo‘yicha jamoalar tuzish hamda muntazam ravishda maktab jamoalari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish.

1. Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish dasturini ishlab chiqish.

2. Musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizom ishlab chiqish.

3. Maktablarning jamoalari o‘rtasida doimiy musobaqalar o‘tkazish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Ijrochilar mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
(X. Umarova)
,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Talabalar sportini yanada rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport klublari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish.

1. Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport klublarini xatlovdan o‘tkazish.

2. Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish dasturini ishlab chiqish.

3. Musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizom ishlab chiqish.

4. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining xohish va istaklariga qarab sport klublari o‘rtasida doimiy ravishda sport musobaqalarini tashkil qilish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov)
,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Yoshlar orasida “Besh tashabbus olimpiadasi”, xususan, ommaviy sportni targ‘ib qiluvchi materiallarni (buklet, banner va boshqalar) kreativ vositalardan foydalangan holda tayyorlash va mahallalarga tarqatish choralarini ko‘rish.

1. Mahallalarda istiqomat qiluvchi oilalarga, xususan yoshlarga tarqatiladigan ommaviy sportni targ‘ib qiluvchi bukletlar namunalarini ishlab chiqish.

2. Ommaviy sportni targ‘ib qiluvchi bukletlarni mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarga tarqatish.

2022-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini ommalashtirishga qaratilgan motivatsion roliklar tayyorlash.

1. Olimpiya, Paralimpiya, Jahon va Osiyo musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan taniqli sportchilarni jalb qilgan holda yoshlar orasida “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishga chorlovchi roliklarni tasvirga olish.

2. Sport orqali yuqori darajaga erishgan sportchilarning hayot tarzini aks ettiruvchi teleko‘rsatuvlar sonini oshirish.

3. Ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda yoritib borish.

2022-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy teleradiokompaniya

(A. Xadjayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Oliy ta’lim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish ro‘yxatini talabalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda qat’iy ravishda qayta ko‘rib chiqish.

1. Oliy ta’lim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirish.

2. Oliy ta’lim muassasalarini sport turlariga ixtisoslashtirish bo‘yicha ro‘yxatni talabalarning xohish va istaklarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish.

3. O‘rganish natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarini ixtisoslashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritgan holda oliy ta’lim muassasalarini qayta ixtisoslashtirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Sport vazirligi
(A. Ikramov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(I. Abduraxmonov)
,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2022-y., 07/22/201/0289-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)