toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2023
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 7-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2864-4]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 4-iyuldagi 7-mh-sonli “Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish hamda birinchi marta yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3444, 05.07.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 42-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2864, 2017-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 9-son, 140-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-aprel,
9-mh-son
Kelishildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri B. XUSANOV
2022-yil 31-mart
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2022-yil 28-mart
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 6-apreldagi 9-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari adliya organlari bilan lavozimiga tayinlanishi kelishilgan kundan boshlab bir yil davomida boshqa davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga ishga oʻtganda adliya organlari bilan suhbatdan oʻtkazilmasdan kelishilishiga yoʻl qoʻyiladi, yuridik xizmat rahbari va uning oʻrinbosari lavozimlari bundan mustasno.”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Davlat organlari va tashkilotlari nomzodni lavozimga tayinlash masalasini kelishish uchun tegishli adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
davlat organi va tashkiloti rahbarining nomzodni lavozimga tavsiya etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi;
nomzodning ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakldagi maʼlumotnomasi va yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumot.
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga kelishish uchun bir yoki undan ortiq nomzodlar tavsiya etilganda, mazkur hujjatlar har bir nomzod uchun alohida taqdim etiladi.”.
3. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Suhbat jarayonidagi nomzodga beriladigan savollar va ularning javoblari, komissiya aʼzolari tomonidan nomzodga qoʻyilgan ballar hamda suhbatning umumiy natijalari “Yurist-adliya” elektron tizimida qayd etib boriladi.”.
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
5. 1-ilova mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
7. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
NAMUNA

MAʼLUMOTNOMA

3x4 sm oʻlchamli fotosurat uchun joy

Azizov Aziz Azizovich

2021-yil 14-sentabrdan
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bosh yuriskonsulti

Tugʻilgan yili:
22.10.1982

Tugʻilgan joyi:
Surxondaryo viloyati,
Termiz shahri

Millati:
oʻzbek

Partiyaviyligi:
yoʻq

Pasport seriyasi, raqami, uni bergan organ va berilgan vaqti:

AA 0445566, 27.11.2012 Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani IIB

Maʼlumoti:
oliy

Tamomlagan:
2015-y. Oʻzbekiston Milliy universiteti (kunduzgi)
2017-y. Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)

Oliy maʼlumot toʻgʻrisida diplom haqidagi maʼlumotlar (diplom seriyasi, raqami, berilgan vaqti va oliy taʼlim muassasasining nomi:

B № 050898, 11.06.2015,
Oʻzbekiston Milliy universiteti

Ilmiy darajasi:
yoʻq

Ilmiy unvoni:
yoʻq

Qaysi chet tillarini biladi:
rus va ingliz tillari

Harbiy (maxsus) unvoni:
2-darajali yurist

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): yoʻq

Xalq deputatlari, respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning aʼzosimi (toʻliq koʻrsatilishi lozim): yoʻq

MEHNAT FAOLIYATI

2011-2015-yy.

-

Oʻzbekiston Milliy universitetining talabasi

2015-2017-yy.

04.09.2015-y
22.05.2017-y

-

Toshkent davlat yuridik universitetining magistranti

Toshkent davlat yuridik universitetining kotib ish yurituvchisi

22.05.2017-y
29.03.2018-y

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi

29.03.2018-y
14.04.2018-y

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yuridik departamenti katta yuriskonsulti

14.04.2018-y
10.07.2020-y

-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bosh yuriskonsulti

10.07.2020-y
05.10.2021-y

-

Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi Yuridik byuro boshligʻi

05.10.2021 — h.v.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bosh yuriskonsulti”

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 10/22/2864-4/0287-son)