

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;04.10.2007
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-594476" id="onLS-594476">[<b>TSZ:</b><div id="LS3788"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-594478" id="-594478">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-594479" id="-594479">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-594480" id="-594480">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJ OLINADIGAN HUDUDI ORQALI TAShILADIGAN AKSIZ SOLIGʻIGA TORTILADIGAN TOVARLARNI NAZORAT QILIShNI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-594481" id="-594481"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1256865" id="-1256865">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-oktabrdagi PQ-703-sonli “Aksiz soligʻiga tortiladigan ayrim turdagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yoʻli bilan olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1255372?ONDATE=04.10.2007 00#-1255545">qarori </a>bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869849" id="-869849">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qoʻllanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 12-iyundagi <a href="/mact/-226271">Farmoniga </a>muvofiq va aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar tranzitini tartibga solish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, bojxona nazorati va statistikasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869850" id="-869850">1. Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali tashiladigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlar uchun bojxona toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlash <a href="/mact/-594476#-869863">tartibi </a>ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869851" id="-869851">Ushbu <a href="/mact/-594476#-869863">Tartib </a>1997-yil 1-dekabrdan boshlab amalga kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869853" id="-869853">2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bojxona poshlinalari va soliqlari toʻlovini taʼminlash summalarini toʻlash uchun Davlat bojxona qoʻmitasining depozit valyuta schyotini ochsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869854" id="-869854">Kirib kelish va chiqib ketish punktlari hududida joylashgan vakolatli banklar muassasalariga jismoniy shaxslar bilan bojxona poshlinalari va soliqlari toʻlovini taʼminlash schyotiga naqd chet el valyutasini qabul qilish, shuningdek, tranzit tovarni olib chiqib ketish chogʻida qaytariladigan ushbu valyuta boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869856" id="-869856">3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakillari orqali tegishli davlatlarning tashqi ishlar vazirliklarini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga uning hududi orqali aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni tranzit tartibida tashib oʻtishga oid qismiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869857" id="-869857">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. Hamidov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-869858" id="-869858">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-869859" id="-869859">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-869860" id="-869860">1997-yil 12-noyabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-869861" id="-869861">509-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-869863" id="-869863"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-869864" id="-869864">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-noyabrdagi 509-son <a href="/mact/-594476">qaroriga</a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-869865" id="-869865">Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali xalqaro tranzit tartibida tashiladigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlar uchun bojxona toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlash</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-869867" id="-869867">TARTIBI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-869869" id="-869869"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869871" id="-869871">Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalari qoʻllanishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 12-iyundagi <a href="/mact/-226271">Farmoniga </a>muvofiq, respublikaning boj olinadigan hududi orqali xalqaro tranzit tartibida tashib oʻtiladigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlar ustidan bojxona nazoratini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869872" id="-869872">Ushbu Tartibning amal qilishi tranzit tartibida tashishning bojxona tartibiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab avtomobil transportida tashiladigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlarga, shuningdek, ularni temir yoʻl, daryo va havo transportidan avtomobil transportiga oʻtkazish hollarida tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869874" id="-869874">Mazkur Tartibning amal qilishi MDP (MDP Konvensiyasi, 1975-yil) kitobi qoʻllangan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasiga muvofiq tranzit tartibida tashiladigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlarga, shuningdek, tranzit tartibida tashish shartlari Hukumatlararo bitimlarda kelishilgan tovarlarga tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-869876" id="-869876">1. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869880" id="-869880">1. Ushbu Tartibda foydalaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869881" id="-869881">tranzit tovar — bojxonaning tranzit tartibiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi orqali tashiladigan, bojxona toʻlovlari summasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlash yoʻli bilan ularning toʻlanishini taʼminlash qoʻllanadigan aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869883" id="-869883">oʻtkazish punkti — amalda tovarni tashib kirish (tashib chiqib ketish) amalga oshiriladigan bojxona kompleksi yoki bojxona posti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869885" id="-869885">bojxonaning tashib kirish (tashib chiqib ketish) organi — faoliyat koʻrsatish hududida oʻtkazish punkti joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Boshqarmasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869887" id="-869887">toʻlovni taʼminlash summasi — ushbu tovar Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga erkin muomalaga chiqarilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga ushbu toʻlovlarni taʼminlash hisobiga toʻlanadigan (import poshlina, aksiz soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻim va 1998-yil 1-yanvardan boshlab — qoʻshilgan qiymat soligʻidan iborat boʻlgan) bojxona toʻlovlari summasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869890" id="-869890">toʻlovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlovni taʼminlash summasini toʻlovchi har qanday manfaatdor shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869892" id="-869892">tovarlar guruhi — bitta oʻtkazish punkti orqali bitta transportda yoki ularning tarkibida (kolonnada) ayni bir vaqtda tashib kiritiladigan tranzit tovarlar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-869896" id="-869896">II. Tranzit tovarlarning bojxona nazorati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869898" id="-869898">2. Tranzit tovarlar ular Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga amalda tashib kiritilgan vaqtdan boshlab ushbu hududdan amalda tashib chiqib ketilgan vaqtgacha bojxona nazoratida boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869902" id="-869902">3. Tranzit tovarlarni tashuvchi avtotransport vositalari bojxona organlarining tashib kiritish va tashib chiqib ketishni oʻtkazuvchi punktlarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan avtooʻtkazish joylari orqali oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869905" id="-869905">4. Temir yoʻl orqali tashiladigan tranzit tovarlar, toʻlovni taʼminlash summasini toʻlamasdan, amaldagi qonunchilik bilan belgilangan bojxona tranzit tartibiga qatʼiy rioya qilingan holda tashiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869907" id="-869907">Tashuvchining aybi bilan bojxona tranzit tartibi buzilgan taqdirda javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli temir yoʻl korxonasi zimmasiga yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869910" id="-869910">5. Aksiz soligʻiga tortiluvchi tovarlarni tranzit tartibida temir yoʻl transportida tashiyotgan jismoniy shaxslar toʻlovni taʼminlash summasini toʻlamaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869914" id="-869914">Tranzitning bojxona tartibi buzilgan taqdirda yuqorida koʻrsatilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869917" id="-869917">6. Tranzit tovarlar nazoratini tovar keltirayotgan tomonning bojxona organi amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-869920" id="-869920">III. Tranzit tovarlarni bojxona tomonidan rasmiylashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869922" id="-869922">7. Tranzit tovarlarni bojxona tomonidan rasmiylashtirish toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlovni taʼminlashning tegishli summalari toʻlangandan hamda bu haqda toʻlov hujjati taqdim etilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869924" id="-869924">8. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga toʻlovni taʼminlash summasi toʻlanmagan tranzit tovarlar keltirilmaydi, mazkur Tartibning <a href="/mact/-594476#-869905">4</a> va <a href="/mact/-594476#-869910">5</a>-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869925" id="-869925">9. Tranzit tovarni olib chiqib ketish bojxona organining oʻtkazib yuborish joyiga yetkazib berish muddati va transport vositasining Oʻzbekiston hududi boʻylab qatnov yoʻnalishi tovar keltirilayotgan bojxona organining oʻtkazish punktida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869926" id="-869926">10. Tranzit tovar Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududiga tashib kelinayotganda belgilangan tartibda yukning bojxona deklaratsiyasi (bundan keyin YuBD deb ataladi) toʻldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869927" id="-869927">Bunda YuBD da quyidagi toʻlovlar turlari boʻyicha toʻlovni taʼminlashning toʻlangan summasi koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869928" id="-869928">import poshlina,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869929" id="-869929">aksiz soligʻi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869930" id="-869930">qoʻshilgan qiymat soligʻi (1998-yil 1-yanvardan boshlab),</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869931" id="-869931">jismoniy shaxslardan olinadigan yigʻim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869933" id="-869933">Bir vaqtning oʻzida tranzit tovar toʻgʻrisidagi barcha zarur maʼlumotlar nazorat qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869934" id="-869934">11. Tranzit tovarni Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududi tashqarisiga amalda tashib ketishda YuBD da tovarni tashib ketish bojxona organining oʻtkazish punktida bojxona belgisi qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869936" id="-869936">Bunda tovarni tashib ketish bojxona organi tomonidan oʻzi belgilangan tartibda tasdiqlagan YuBDning nusxalari yukni tashib keltirish bojxona organiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga joʻnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869937" id="-869937">12. Avariya sodir boʻlganda yoki yengib boʻlmas kuchlar taʼsir qilganda tranzit tovarlar transportlardan tushirilishi mumkin. Bunday hollarda yuk tashuvchi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869938" id="-869938">tovarlarning saqlanishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishga va ulardan ruxsat etilmagan biron-bir tarzda foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869941" id="-869941">Oʻzbekiston Respublikasining yaqin joydagi bojxona organiga ishlarning ahvoli, tovar va transport vositalarining turgan joyi haqida zudlik bilan xabar berishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869942" id="-869942">tovarlarni yaqin joydagi bojxona organiga tashishni yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organining mansabdor shaxslarini tovarlar turgan joyga yetkazishni taʼminlashga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869945" id="-869945">Bunda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari avariya yoki yengib boʻlmas kuchlar taʼsiri oqibatida tashuvchi qiladigan biron-bir sarf-xarajatlarni oʻz zimmasiga olmaydilar. Bunday hollarda bojxona organlari tegishli idoralarning tasdiqlovchi hujjatlari asosida tovarni Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan tashib ketish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida zudlik bilan qaror qabul qiladilar, tovarlar tashuvchining aybisiz yoʻqolgan hollarda esa toʻlovni taʼminlash summalarini qaytarish haqida qaror qabul qiladilar va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini hamda tovarni tashib ketayotgan bojxona organini xabardor qiladilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-869948" id="-869948">IV. Pul mablagʻlarini Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga topshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869951" id="-869951">13. Tranzit tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarini taʼminlash summasi sifatidagi pul mablagʻlari toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869955" id="-869955">14. Bojxona toʻlovlarini taʼminlash summasi kursi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869958" id="-869958">15. Yuridik shaxslar tomonidan pul mablagʻlarini toʻlash tranzit tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan chegarasidan oʻtkazilgungacha yoki oʻtkazilayotgan vaqtda naqd pulsiz yoxud plastik kartochkalar boʻyicha, jismoniy shaxslar tomonidan esa yaqin joydagi bank boʻlimiga naqd pul toʻlash yoʻli bilan yoxud plastik kartochkalar boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869960" id="-869960">16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining depozit schyotiga toʻlanadigan pul mablagʻlari, qonunchilikka muvofiq aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869963" id="-869963">Agar amalda toʻlangan pul mablagʻlari summasi YuBDda hisoblangan summadan kam boʻlsa, tranzit tovarlar tashib keltirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869965" id="-869965">17. Toʻlovchi tomonidan toʻlov topshiriqnomasi yoki tovarlarning har bir guruhi uchun alohida toʻlov toʻgʻrisidagi kvitansiya taqdim etiladi. Koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari boshqa xil toʻlovlar hisobiga qabul qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869967" id="-869967">Bunda tovarni keltirayotgan bojxona organining oʻtkazish punktida toʻlovni taʼminlash summasi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasi qoldiriladi.</div></div><div class="TABLE_STD" id="theDefCssID"><div name="-1169260" id="-1169260" class="tabBox"><table id="theTableID" style="PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 2px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 566px; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TOP: 0px; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" cellspacing="1" cols="1" border="1">
<colgroup>
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="justify"><font size="2"><font size="3">18. Pul mablagʻlari oʻtkazish boʻyicha toʻlov topshiriqnomasining “Toʻlovning maqsadi” bandida quyidagilar koʻrsatilishi kerak “__________ dagi _______son schyot-faktura boʻyicha Davlat bojxona qoʻmitasi boshqarmasining____________ </font>‎</font>‎</p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="justify">___________________________________________________________________‎</p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="center"><sup>(Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar)‎</sup> ‎‎</p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="justify"><font size="2"><font size="3">oʻtkazish punkti orqali _____ dagi _____ -son kontrakt boʻyicha _____ miqdoridagi aksiz soligʻiga tortiladigan tranzit tovarga‎ </font></font>‎</p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="left">____________________________________________________ nisbatan bojxona ‎‎</p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><sup>(tovar nomi)‎‎</sup></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">toʻlovini taʼminlash. ‎‎ ‎‎</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td></tr></tbody></table></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1160285" id="-1160285">Pul mablagʻlarni tovar egasi boʻlmagan boshqa shaxs tomonidan toʻlangan taqdirda, ushbu bandda pul mablagʻlari qaysi shaxs manfaatlari uchun toʻlanayotgani qoʻshimcha ravishda koʻrsatilishi kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-869990" id="-869990">V. Tranzit tovar uchun toʻlangan mablagʻlarni tasarruf etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869993" id="-869993">19. Davlat soliq qoʻmitasining depozit schyotiga pul oʻtkazgan toʻlovchi tranzit tovar Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan amalda olib chiqib ketilgunga qadar ularni tasarruf etishga haqli emas, tovarlarni ushbu hududga olib kelishni rad etish hollari bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869996" id="-869996">20. Tranzit tovar Oʻzbekiston Respublikasining boj olinadigan hududidan amalda olib chiqib ketilgan holda, bu chiqarib yuborish bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi 3 kun mobaynida tegishli bankka toʻlov topshiriqnomasi yuboradi, uning asosida ushbu bank taʼminlash toʻlovi toʻlangan valyutadagi mablagʻlarni toʻlovchiga u koʻrsatgan schyotga yoki plastik kartochkalarga oʻtkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-869999" id="-869999">Jismoniy shaxs tomonidan toʻlangan taʼminlash toʻlovi summasi jismoniy shaxs xohishiga koʻra, belgilangan tartibda naqd pul shaklida qaytariladi yoki bu mablagʻlar boj hududidan chiqib ketishda plastik kartochkalarga yoxud taʼminlash toʻlovi valyutasida shaxsiy schyotlarga oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-870000" id="-870000">21. Toʻlovni taʼminlash summalari depozit schyotida boʻlgan vaqt uchun foizlar hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-870002" id="-870002">22. Tranzit tovarni tovar egasining yozma holdagi arizasi boʻyicha boshqa xil bojxona tartibi boʻyicha joylashtirishda bojxona toʻlovlari schyotiga toʻlangan toʻlovlarni taʼminlash summasi, qonunchilikka muvofiq konvertatsiya qilingan summalarni respublika budjeti daromadiga oʻtkazgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga sotilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-870005" id="-870005">23. Tranzit tovar tovarni tashib keltiruvchi bojxona organining oʻtkazish joyida belgilangan muddatda tovarni tashib ketuvchi bojxona organining oʻtkazish joyigacha yetkazib berilmagan taqdirda va tovarni tashib ketish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi bildirish hujjatlari mavjud boʻlmaganda tovarni tashib ketishning belgilangan muddati tugagan kundan boshlab, 30 kalendar kun tugashi bilan toʻlovni taʼminlash summasi mazkur Tartibning <a href="/mact/-594476#-870002">22-bandiga </a>muvofiq respublika budjeti daromadiga oʻtkazilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-870006" id="-870006">Respublika budjeti daromadiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari qaytarib berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-870010" id="-870010">24. Toʻlovni taʼminlash toʻlangan summalarining respublika budjeti daromadiga oʻtkazilishi bojxona qoidalarini buzgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
