1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Umumiy masalalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-75-son Farmoni va 2022-yil 18-fevraldagi “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-136-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-aprel,
PF-98-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-98-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5887-son Farmonida:
“futbol mahorat maktablari direktorlari va sport boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi”;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5924-son Farmoniga 1-ilova 5.8-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qoʻshimcha moliyalashtirish choralarini koʻrish”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi “Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-6053-son Farmonining 20-bandida:
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmonida:
b) 14-bandning uchinchi xatboshisidan “hamda “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4194-son qarorida:
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4500-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi “2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-4749-son qarorining 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4881-son qarorida:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 14 ta kurash milliy sport turiga ixtisoslashtirilgan sport inshootlari quriladi”;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29 va 40-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
41-pozitsiyada:
“Tadbirlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida xalqaro kurash musobaqasini tashkil etish hamda oʻtkazish”;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
48-pozitsiyaning “Tadbirlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kurashni jahon boʻylab targʻib qilish boʻyicha roliklar tayyorlash va nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish etish”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4887-son qarorida:
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-5054-son qarorining 12-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyundagi “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5149-son qarori 2-ilovasining 18-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-5211-son qarorida:
Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida ot sporti va zamonaviy beshkurash boʻlimlarini tashkil etish, shu jumladan:
Son
4
3
1
Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi, Oʻzbekiston polo federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
3
Toshkent shahri
1
”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5251-son qaroriga 1-ilovada:
a) 8-pozitsiyada:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunida 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻquv-mashq jarayoniga velosport keng rivojlangan mamlakatlarning mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish, kadrlarni tajriba almashish maqsadida xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish”;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 19-pozitsiyada:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunida 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Xorijiy davlatlar velosport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bunda yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratish”;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 20-pozitsiyada:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunida 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5279-son qarorida:
“bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida qabul kvotalari oʻgʻil bolalar va qizlar uchun 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab teng ravishda belgilanadi (2022/2023 oʻquv yilida qizlar ulushi 30 foiz, 2023/2024 oʻquv yilida — 40 foiz, 2024/2025 oʻquv yilida — 50 foizni tashkil qiladi)”;
birinchi xatboshidagi “Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov)” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-5280-son qarorida:
“oʻz tizimidagi barcha turdagi sport bino va inshootlarida turniket (lazer-datchikli) va video qayd qilish moslamalarini oʻrnatish ishlarini Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirsin”;
“Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) Hisob palatasi (B. Turabov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (Sh. Sharaxmetov) bilan birgalikda oxirgi 3 yilda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan”;
uchinchi xatboshidagi “Turizm va sport vazirligi” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Davlat budjeti, shuningdek, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxs, ustav kapitalining 50 foizi va undan ortigʻi ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda — davlat ulushi mavjud tashkilotlar) hisobidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va sport federatsiya (assotsiatsiya)larining daromadlari va xarajatlari smetasi har yili Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
daromadlar va xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlardan ortiqcha xarajat qilishga hamda smetada koʻzda tutilmagan xarajatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va sport federatsiya (assotsiatsiya)lari Davlat budjeti va davlat ulushi mavjud tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlari toʻgʻrisidagi batafsil hisobotni har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Sportni rivojlantirish vazirligi va oʻzlarining veb-saytlarida eʼlon qilib boradi. Bunda, xarajatlar eʼlon qilinmaganda moliyaviy huquqbuzarlik deb baholanadi;
sport musobaqalarini oʻtkazish uchun budjet mablagʻlari faqat har yili tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi asosida ajratib boriladi;
Davlat budjeti va davlat ulushi mavjud tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan sport tadbirlari uchun ajratiladigan mablagʻlarning samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy ravishda davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan nazorat oʻrnatiladi;
amalga oshirilayotgan xarajatlarning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, xarajatlarning shakllanishi va sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida barcha turdagi xarajatlar har oyda majburiy tarzda maxsus sport tizimini boshqarish platformasida eʼlon qilib boriladi”;
3 va 7-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
3.
Sport-taʼlim muassasalari tomonidan davlat buyurtmasiga asosan razryadli va unvonli sportchilar tayyorlash, shu jumladan:
Son
(razryadli sportchilar)
128 070
25 970
23 700
25 050
26 000
27350
Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi,
Milliy paralimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari
Son
(unvonli sportchilar)
14 916
2 276
2 550
2 940
3 330
3 820
bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida
Razryadli
77 450
13 950
15 100
15 800
16 100
16 500
Unvonli
3 600
300
500
700
900
1 200
ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida
Razryadli
7 000
1 000
1 200
1 400
1 600
1 800
Unvonli
2 500
300
400
500
600
700
olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarida
Razryadli
11 898
2 698
2 000
2 200
2 400
2 600
Unvonli
720
230
100
115
130
145
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida
Razryadli
29 943
8 043
5 100
5 300
5 500
6 000
Unvonli
853
103
150
175
200
225
respublika oliy sport mahorati maktablarida
Razryadli
1 779
279
300
350
400
450
Unvonli
7 243
1 343
1 400
1 450
1 500
1 550
7.
Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga xorijiy trenerlarni ishga jalb etish
Nafar
23
7
4
4
4
4
Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi
”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-5281-son qarorida:
a) 3-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“13. Sportni rivojlantirish vaziri A. Ikramov Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Kasimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin”;
“b) Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligi, shaffofligi va hisobdorligini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun mablagʻ ajratish boʻyicha alohida tartibni joriy qilish”;
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini futbol, badminton, stritbol, va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5282-son qarorida:
“9. Sportni rivojlantirish vazirligi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan sport maydonchalarini qurish va jihozlash boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Bunda bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi”.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-73-son qaroriga 8-ilovaning 26-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-yanvardagi “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-103-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, “Workout”, stritbol turlari boʻyicha oʻtkaziladigan ommaviy musobaqalarda qatnashgan yoshlarni ragʻbatlantirish, ularning sonini yanada oshirish hamda bu borada olib borilayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish va sport tizimini raqamlashtirish maqsadida Sportni rivojlantirish vazirligiga Davlat budjetidan 60 milliard soʻm ajratilishini”.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-127-son qarorida:
“4. Sportni rivojlantirish vaziri A. Ikramov Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamda tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ni jalb etgan holda:
2022-yil 1-mayga qadar — sportning dzyudo turini rivojlantirish boʻyicha;
2022-yil 1-iyunga qadar — sportning taekvondo (WT) va sport kurashlari turlarini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin”;
“5. Sportni rivojlantirish vaziri A. Ikramov Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi hamda tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ni jalb etgan holda 2022-yil Pekin shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan XXIV qishki Olimpiya va XIII Paralimpiya oʻyinlari natijalaridan kelib chiqib 2022-yil 1-iyulga qadar 2026-yil Milan shahrida (Italiya) boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin”;
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-fevraldagi “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-136-son qarorida:
a) 5-band quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga oʻtkazilsin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin”;
“Jamgʻarma mablagʻlari Sportni rivojlantirish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirishga, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, sohani raqamlashtirishga hamda sportni rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltiriladi”;
v) 1-ilova quyidagi mazmundagi blok bilan toʻldirilsin:
“
“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” DUK
”.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-22-son farmoyishiga 4-ilovaning 21-pozitsiyasida:
a) “Ijro muddati” ustunidagi “2022-yil 1-aprel” soʻzlari “2022-yil 1-iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Masʼul vazirlik va idoralar” ustunidagi “Turizm va sport vazirligi (Abduhakimov)” soʻzlari “Sportni rivojlantirish vazirligi (Ikramov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2022-y., 06/22/98/0279-son, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)