1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarida yuridik shaxs boʻlmagan, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklidagi “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish, ushbu xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish, mazkur chora-tadbirlar ijrosi ustidan monitoring oʻrnatish hamda “Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarish tartibini nazarda tutuvchi “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) 1-ilovaga muvofiq;
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlarini moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa masʼul vazirlik va idoralarga “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagi vazifalarni ustuvor ravishda amalga oshirish yuklatilsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
xotin-qizlarning bandligini taʼminlash;
tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishi uchun koʻmaklashish;
a) “Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarini va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, yillik ish rejalarini tasdiqlash hamda jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlar “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlarning yillik parametrlari tuman (shahar)lar kesimida ulardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining taqsimlangan daromad va xarajatlarning yillik parametrlari Vasiylik kengashi tomonidan mahallalardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda mahallalar kesimida qayta taqsimlanadi.
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
b) Vasiylik kengashi aʼzolari jamgʻarmani boshqarish boʻyicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;
v) “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllanishi va sarflanishi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Mazkur bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq mablagʻlarni taqsimlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxatiga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
1-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,88;
2-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,95;
3-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,03;
4-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,06;
5-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,1.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlari hamda sektorlar rahbarlari bilan hamkorlikda xotin-qizlar bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlarini moliyalashtirishga yetarli boʻlgan miqdorda “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga mablagʻ yoʻnaltirish yuzasidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlariga taklif kiritilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
7. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlari yoshidan qatʼi nazar) farzandlariga davolash, dori vositalari olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablagʻ zarur boʻlgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi va sektor rahbari tavsiyasi bilan tibbiy muolaja xarajatlari “Ayollar daftari” jamgʻarmasi va Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.
2024-yil 1-noyabrdan boshlab xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularga oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 527-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2024-y., 09/24/527/0645-son)
8. “Ayollar daftari” yuritilishi boʻyicha sektorlar rahbarlari hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼul hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda:
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mazkur qaror bilan joriy etilgan yangi tartibni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrsin;
jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, xususan, ayollarga tushuntirish, shuningdek, “Ayollar daftari” bilan ishlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-sentabrdagi 466-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
11. “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimi Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash Davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilishi yoʻlga qoʻyilsin va ushbu tizim orqali quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilsin:
ijtimoiy-himoyaga muhtoj xotin-qizning “Ayollar daftari”ga kiritish haqidagi murojaatini “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori orqali koʻrib chiqish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
ushbu murojaatni koʻrib chiqish natijalari, agarda murojaatni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, rad etish asoslari;
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarga koʻrsatiladigan yordam turlari;
“Ayollar daftari” orqali yordam koʻrsatilayotgan xotin-qizlarning roʻyxati va ularning har biriga koʻrsatilgan yordamlarning aniq turlari, hajmi hamda kelgusida rejalashtirilayotgan tadbirlar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimi toʻliq ishga tushirilishi hamda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
2022-yil 1-sentabrga qadar “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish hamda ushbu chora-tadbirlarning ijrosini monitoring qilish, “Ayollar daftari”dan chiqarishda imkon qadar inson omilini kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-mart,
145-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga 1-ILOVA
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
1. Mazkur Nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan va ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini mahallabay oʻrganish va hal etish hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
“Ayollar daftari” tizimi — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
“Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish boʻyicha maʼlumotlar bazasi;
“Mahalla yettiligi” — mahalla fuqarolari yigʻini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat jamoa;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
“Individual dastur” — “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan har bir xotin-qiz hamda ularga koʻrsatiladigan amaliy yordam turlari, davri (sanasi), miqdori (summasi, foizi va boshqalar) va amaliy yordamlar monitoringi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmui;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
sektorlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarining tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining koʻmaklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi;
sektorlar ishchi guruhi — sektor rahbari boshchiligida iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, qishloq xoʻjaligi sohasi, davlat boshqaruvi organlari tuman (shahar)lar tuzilmalarining malakali mutaxassislari va tijorat banklari xodimlaridan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus ishchi guruhlar.
3. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
2-bob. “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish
4. “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
1) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — bandligi Taʼminlanmagan, ishlash istagida boʻlgan va daromad manbaiga ega boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
2) tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar — bandligi taʼminlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
3) boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar — boquvchisi vafot etgan, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, ruhiy kasallikka chalingan, I-II guruh nogironligi boʻlgan hamda doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan, bedarak yoʻqolgan (sud qaroriga asosan) yoxud boshqa sabablarga koʻra boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar, farzandlari voyaga yetmagan boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand ayollar, shuningdek, nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar va ehtiyojmand yolgʻiz onalar (FHDY organlarining maʼlumotnomasi asosida);
(4-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 527-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2024-y., 09/24/527/0645-son)
4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — mehnatga layoqatsiz, oʻzgalar parvarishiga, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi boʻlmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam boʻlgan), biroq oʻzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud boʻlmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
6) qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar — nogironligi boʻlgan voyaga yetmagan (I guruh nogironligi boʻlgan farzandi yoshidan qatʼiy nazar) farzandini bevosita parvarishlayotgan va (yoki) surunkali kasallikning ogʻir turlariga chalingan bolalari mavjud boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar.
(4-bandning 6-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 527-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2024-y., 09/24/527/0645-son)
Bunda “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlar yuqoridagi toifalardan faqat biriga kiritilishi mumkin.
5. “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi boʻyicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi boʻyicha doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turmasligi “Ayollar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
6. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda oʻrganiladi:
“Mahalla yettiligi” sektorlar ishchi guruhlari bilan birgalikda Nizomga 1-ilovaga muvofiq anketa-soʻrovnoma asosida barcha yoʻnalishdagi muammolarni har yili yanvar oyida uyma-uy yurish orqali;
xotin-qizlarning “mahalla yettiligi”ga murojaatlari, shu jumladan, xotin-qizlar.uz elektron platformasi va “Ayollar daftari” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali.
Oʻrganish davomida xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari Nizomga 1a-ilovaga muvofiq anketa-soʻrovnomalar orqali aniqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
7. Anketa-soʻrovnomalar toʻldirilgandan soʻng 3 kun muddatda “mahalla yettiligi” tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
8. “Mahalla yettiligi” tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari 1v-ilovaning izohida belgilangan talablar asosida shakllantiriladi yoki asoslantirilgan holda “Ayollar daftari”ga kiritish rad etiladi.
Nizomga 1b-ilovaga muvofiq individual dastur ishlab chiqiladi va sektorga taqdim etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
9. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar, farzandi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ilgari “Ayollar daftari”ga kiritilib, bandligi taʼminlangan yoki tadbirkorligi yoʻlga qoʻyilgan xotin-qizlar takroran “Ayollar daftari”ga kiritilmaydi.
“Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirishda ustuvorlik ilgari “Ayollar daftari”ga kiritilmagan xotin-qizlarga beriladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning faqat “ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar”, “tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar” va “uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar” toifalariga kiritilishi mumkin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
10. Nizomga 1v-ilovaga muvofiq tuman (shahar) miqyosidagi roʻyxat shakllantiriladi. Sektor rahbarlari hamda oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi tomonidan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
11. Tasdiqlangan roʻyxatlar sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Sektorlar rahbarlari, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari hamda “Mahalla yettiligi” aʼzolari “Ayollar daftari”ga maʼlumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordam berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar axborot tizimiga kiritiladi va shundan soʻng bajarilgan hisoblanadi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan tartibda yordam koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan barcha hisobotlar axborot tizimida shakllantiriladi.
12. “Ayollar daftari” ushbu Nizomga 1g-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
3-bob. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash
13. “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun beriladigan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlarining roʻyxati 2-ilovaga asosan belgilanadi.
14. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar uchun:
bandligini taʼminlash;
zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam berish;
2) tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
3) boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
bir martalik moddiy yordam berish;
zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida ogʻir turmush sharoitidagi (uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash;
4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
bir martalik moddiy yordam berish;
zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida ogʻir turmush sharoitidagi (uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash;
tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun zarur tibbiy yordamlar koʻrsatish;
2024-yil 1-martdan boshlab zahiraga qaytarilgan yoki yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlari dehqon xoʻjaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun dehqonchilik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga 0,10 gektar dan 1 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolari orqali 10 yilga ijaraga beriladi;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)
elektron onlayn-auksion savdolari gʻolibi boʻlgan, “Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan extiyojmand xotin-qizlarga yer uchastkasi narxini besh yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi;
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)
Zarur hollarda, mazkur bandning uchinchi kichik bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun ajratiladigan subsidiya mablagʻlari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartib asosida tegishli buyurtma ijrochilarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi.
4-bob. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarga amaliy yordam berish tartibi
1-§. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash
16. Xotin-qizlarning bandligiga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:
a) sektorlar rahbarlari tuman (shahar) investitsiya boʻlimlari, kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari, tijorat banklari hamkorlikda tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
(16-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
b) sektorlar rahbarlari tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
v) sektorlar rahbarlari tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari bilan birgalikda kooperativlarga jalb etish;
(16-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
g) tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, Davlat soliq inspeksiyalari tomonidan kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish.
(16-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ushbu bandda koʻrsatilgan koʻmaklashish choralari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-§. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish
17. Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
a) Savdo-sanoat palatasi, AT “Xalq banki”, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda hududiy xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari va tegishli nodavlat oʻquv markazlari joylarda oʻquv kurslarini tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga koʻmaklashadi;
b) “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari orqali tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kredit ajratiladi.
AT “Xalq banki” “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga kredit olishda koʻmaklashish, bu masalada respublikada ajratilgan kreditlarning statistik hisobotini yuritish va kredit ajratilgandan soʻng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish ishlari samaradorligini oʻrganadi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
18. Kreditlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Bunda kreditlar 33 million soʻmgacha miqdorda “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida ajratiladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, maʼmuriy xarajatlarni toʻlashga, jumladan, avtotransport vositasining taʼminoti, mebel, aloqa xizmatlari toʻlovi va uyali telefon sotib olishga hamda qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning qoidalariga koʻra taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kreditlar 14 foizlik stavkada:
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga — 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
chorvachilik (chetdan keltirilgan naslli qoʻy va echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yoʻnalishi) uchun — 1 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga ajratiladi.
19. Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvaragʻidan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan ajratiladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan va oʻzini oʻzi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln soʻmgacha miqdorida kredit mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin.
Kreditlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari tomonidan “Ayollar daftari”da hisobda turgan xotin-qizlarning murojaat qilish qatʼiy navbati asosida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.
20. “Ayollar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasidagi resurslar hisobidan yillik 14 foizlik stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin yoki ularga yakka tartibda amaliy yordam berish, jumladan, kasb-hunarga oʻrgatish va subsidiyalar ajratish, boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish va boshqalar orqali bandligini taʼminlash choralari koʻriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasidagi resurslar hisobidan 225 million soʻmdan ortiq, biroq 1 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan taʼminlanadigan har bir xotin-qiz uchun 33 million soʻmgacha miqdorga mutanosib ravishda belgilanadi.
(3-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
4-§. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish
31. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish;
parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yoʻlga qoʻyish;
dehqonchilik bilan shugʻullanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida har tomonlama koʻmaklashish;
“Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala doʻkonlari”ni tashkil etish.
32. Mazkur nizomning 31-bandida belgilangan maqsadlar uchun subsidiyalar va kreditlarini ajratish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
5-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatish
33. Mahallalardagi xotin-qizlar faoli ariza beruvchining ijtimoiy toifasi va holatidan kelib chiqib, “mahalla yettiligi”ning kollegial yigʻilishiga bir martalik moddiy yordam berish boʻyicha taklif kiritadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Bir martalik moddiy yordam qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan ham berilishi mumkin.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
a) “Mahalla yettiligi” 7 ish kuni ichida “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bir martalik moddiy yordam berish boʻyicha kollegial qaror chiqaradi va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari (summasi) koʻrsatilgan roʻyxatni (har bir xotin-qizning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti seriyasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi raqami koʻrsatilgan holda) Vasiylik Kengashiga yoki tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga yuboradi;
(33-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
b) tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi:
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromadlari va tushumlari prognozidan kelib chiqib, tuman (shahar) moliya boʻlimi bilan kelishilgan holda, bir martalik moddiy yordamni oyma-oy toʻlash grafigini shakllantiradi hamda Vasiylik kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi. Bunda tasdiqlangan oyma-oy toʻlash grafigining nusxasi mahallalardagi xotin-qizlar faollariga ham taqdim etiladi;
tasdiqlangan grafikka asosan har oyning 5 — sanasiga qadar mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlar asosida toʻlov vedomostlarini shakllantirib, tumanlar (shaharlar) va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tegishli boʻlimiga (filialiga) taqdim etadi;
v) tumanlar (shaharlar) hokimliklarining buxgalteriya boʻlimlari tasdiqlangan oyma-oy toʻlash grafigi hamda toʻlov vedomostlari asosida “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zarur mablagʻlarni xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tegishli boʻlimiga (filialiga) koʻchiradi;
g) xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tegishli boʻlimi (filiali) tomonidan bir martalik moddiy yordam toʻlovlari har oyning 5 — 27-sanalarida amalga oshiriladi. Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi. Oyning 27 sanasiga qadar tayinlangan, biroq oʻz vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordamga yoʻnaltirilgan mablagʻlar “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va oluvchining birinchi talabiga koʻra toʻlanadi. Yopilgan vedomostning bir nusxasi tuman (shahar) hokimligi hamda oila va xotin-qizlar boʻlimiga taqdim etiladi;
d) tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi muhtoj xotin-qizlarga toʻlangan bir martalik moddiy yordam toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi hamda yopilgan vedomostning nusxasini tegishli mahallalardagi xotin-qizlar faollariga taqdim etadi.
Bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.
Sektor rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar, shuningdek, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi bor yolgʻiz onalarga qoʻshimcha moddiy yordam berish choralarini koʻrib boradi.
6-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasini toʻlash
34. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda fuqarolarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari “xonadonbay” hamda ularning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha “mahalla yettiligi” kollegial qarori asosida turar joy uchun ijara kompensatsiyasini toʻlab berish boʻyicha talabnomalar shakllantiriladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi mazkur talabnomalar hamda “mahalla yettiligi” kollegial qarori va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻining xulosasi asosida belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Bunda:
turar joy ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi oʻrtasida tegishli yilning soʻnggi kunigacha boʻlgan muddatga tuziladi;
turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha boʻlgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan xotin-qizlarga esa “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha, Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.
(34-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Turar joy ijarasi uchun toʻlovlar ijaraga beruvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlanadi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning birga yashaydigan oila aʼzolari boshqa dasturlar doirasida, homiylik yoki boshqa mablagʻlar hisobidan uy-joy bilan taʼminlangan yoxud uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ijtimoiy yordam (koʻmak) olgan yoki imtiyozlardan foydalangan xotin-qizlarga mazkur Nizom asosida turar joy ijara kompensatsiyasi ajratilmaydi.
Turar joy ijara kompensatsiyasi toʻlab turilgan davrda uy-joy bilan taʼminlangan yoki ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga yangi turar joyga koʻchib oʻtgan oydan boshlab keyingi oyning birinchi sanasidan turar joy ijara kompensatsiyasi toʻxtatiladi. Mazkur tartib ajratilgan turar joy yashash uchun sharoiti mavjud boʻlgan holda xotin-qizlar tomonidan koʻchib oʻtish rad etilgan taqdirda ham qoʻllaniladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirilishi yoki homiylar tomonidan mulk huquqi asosida uy-joy bilan taʼminlanishi mumkin.
Ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xotin-qizlarga ijtimoiy kontrakt asosida kasb oʻrganish, mehnat qilish imkoniga ega boʻlsa, mustaqil yoki kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashish boʻyicha ijtimoiy majburiyatlar yuklanadi.
(34-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
7-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash
35. Sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan xotin-qizlarning hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning, xotin-qizlarning uy-joyi holati oʻrganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda taʼmirlash yoki qurilish materiallarini olib berish boʻyicha smeta ishlab chiqilib, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Har bir uy-joyni taʼmirlash uchun zarur boʻlgan qurilish materiallarini xarid qilish uchun tegishli tovarlarni (xizmatlar va ishlar)ni yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda mablagʻ oʻtkazib beriladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
37. Sektorlar rahbarlari tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlari bilan birgalikda mablagʻ ajratilgan vaqtdan boshlab taʼmirlash ishlari sifatli bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi.
8-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tibbiy xizmat koʻrsatish
38. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlariga tibbiy yordam koʻrsatish zarurati “mahalla yettiligi” tomonidan aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oʻrganish natijasiga koʻra tibbiy yordam koʻrsatish zarurati tibbiyot xodimi tomonidan aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasiga yoʻnaltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kirmaydigan, ammo birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasi tomonidan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlarining davolanishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar, sektorlar rahbarlari xulosasiga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplab beriladi.
(38-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qoʻyilishi taʼminlanadi.
Nogironlik belgilari aniq namoyon boʻlgan bemorlar belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtish uchun Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yuboriladi.
(38-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
9-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish
40. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatiladi:
prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish;
ichki ishlar organlari — tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish, takroriy zoʻravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik suhbatdan oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan oʻtish boʻyicha vakolatli organga yuborish, himoya orderi talablarining ijrosini nazorat qilish hamda uning talablarini buzib zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan vakolati doirasida chora koʻrish;
adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish.
10-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik yordam koʻrsatish
41. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga “Ayollar maslahat kengashi”, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, uning hududiy va tumanlararo namunali markazlari, “Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi”, taʼlim muassasalarining, malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
5-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish
42. Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash homiylik, xalqaro moliya institutlari grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagai boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
Tuman (shahar)lar kesimida ajratiladigan mablagʻlar taqsimoti har chorak uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki” tomonidan har chorakdan oldingi oyning 20-sanasiga qadar tuman (shahar)lar hokimliklariga yetkaziladi.
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
43. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar koʻrsatilishi Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma boʻyicha yuritiladi.
6-bob. “Ayollar daftari” dan chiqarish tartibi
44. Xotin-qizlar quyidagi hollarda “Ayollar daftari”dan chiqariladi:
har bir toifa boʻyicha belgilangan amaliy yordamlar toʻliq koʻrsatilganda (individual dastur asosida);
toʻliq davlat taʼminotiga olinganda;
oʻz arizasiga koʻra;
“Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;
boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilganda.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturga kiritilgan masalalari toʻliq hal etilgunga qadar ularni “Ayollar daftari”dan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib oʻtganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmasdan “Ayollar daftari”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berilganda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan xotin-qizlar yuqoridagi daftardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlab qolinadi. Bunda, imtiyoz va preferensiyalarning bir yillik amal qilish muddati dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab hisoblanadi.
(44-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarmoqlarida ishga joylashgan taqdirda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan xotin-qizlar yuqoridagi daftardan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar uch oy muddatga saqlab qolinadi. Bunda, imtiyoz va preferensiyalarning uch oylik amal qilish muddati xotin-qizlar ishga kirgan kundan boshlab hisoblanadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-sonli Farmoniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son)
45. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, “mahalla yettiligi” bilan kelishilgan holda, mazkur Nizomning 44-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni har yili dekabr oyida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
46. Xotin-qizlarni “Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarish, “Yoʻl xaritasi” va individual dasturlarga oʻzgartirishlar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida kiritiladi.
Individual dasturlar va “Yoʻl xaritasi”ga oʻzgartirishlar kiritish “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida sektor rahbari tomonidan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlim boshligʻi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
47. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi.
“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar “mahalla yettiligi” tomonidan 5 kun ichida bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
7-bob. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosining monitoringi
48. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi monitoringi ularning individual dasturlari orqali monitoring qilinadi.
Individual dasturlar “mahalla yettiligi” tomonidan yuritiladi.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Anketa-soʻrovnomalar va individual dasturlarning asl nusxalari tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarida 5 yil muddat davomida saqlanadi.
49. Individual dasturda koʻrsatilgan tegishli chora-tadbirlar ijrosi belgilangan masʼullar tomonidan taʼminlanadi hamda individual dasturda qayd etib boriladi.
Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari, sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar har ish kuni soat 18.00 gacha axborot tizimiga kiritib boriladi.
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va tahlil qiladi hamda maʼlumotlarning asosliligini oʻrganish uchun har 10 kunda sektorlar rahbarlariga taqdim qiladi.
50. Sektorlar rahbarlari har oyning 1-sanasiga qadar taqdim qilingan maʼlumotlarni hamda amalga oshirilgan ishlarni tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda “mahalla yettiligi” bilan tahlil qiladi, muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi hamda amalga oshirilgan ishlarni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga kiritadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
51. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, masʼul tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi boʻyicha har chorak yakunida tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib boradi.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida sektorlar, idora va tashkilotlar rahbari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi har oyda yakuniy maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga taqdim qiladi.
52. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar maʼlumotlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim qiladi.s
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
53. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi har oyda hududiy boshqarmalardan olingan maʼlumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan tahlil qiladi.
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi “Ayollar daftari”ning yuritish uchun masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini har chorak yakuni bilan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati taqdim qilingan axborot xatini tahlil qiladi, respublika darajasida hal qilinadigan masalalarni oʻrganadi.
Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining topshiriq xati yuboriladi.
(53-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
54. Vazirlar Mahkamasi tahliliy maʼlumot va takliflarni koʻrib chiqadi hamda zarurat boʻlgan hollarda, “Ayollar daftari”ning yuritilishi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilishga materiallar tayyorlaydi.
55. Barcha muammolar bartaraf etilib, individual dasturda qayd etilgan chora-tadbirlar toʻliq bajarilgandan soʻng “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va masʼullar tomonidan tasdiqlanib, xotin-qizlar roʻyxati xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Ayollar daftari”dan chiqarish uchun kiritiladi.
56. “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi natijasi boʻyicha hisobot berish Nizomning 3b-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
57. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari axborot tizimida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bogʻliq masalalarni toʻliq aks ettirib borilishini taʼminlaydi.
58. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:
mahalla darajasida — tuman (shahar) sektorlari rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshligʻi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari;
tuman (shahar) darajasida — viloyat sektorlari rahbarlari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hududiy kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari;
(58-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
viloyat darajasida — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar;
(58-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
59. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari mazkur Nizom doirasida amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
60. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1a-ILOVA
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1b-ILOVA
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN ____________NING (F.I.O.) INDIVIDUAL DASTURI
_________ MFY “mahalla yettiligi”
(individual dasturni tuzish uchun vakolatli organ (tashkilot)
Koʻrsatilishi lozim boʻlgan birlamchi va ikkilamchi (qoʻshimcha) ijtimoiy xizmatlar (yordamlar) turlari:
T/r
Birlamchi va ikkilamchi (qoʻshimcha) ijtimoiy xizmatlar (yordamlar) turlari
Koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi va manbai
Xizmat koʻrsatish davriyligi
Xizmat koʻrsatish vaqti
Ijro uchun masʼul tashkilot
Tashkilot rahbarining F.I.O.
Imzo
Asosiy yordam turlari
1.
2.
Qoʻshimcha yordam turlari
3
Izoh: Koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmat hajmi oʻlchov birligida koʻrsatish mumkin boʻlgan holatlarda, tegishli oʻlchov birligida (m2, dona va boshqa) koʻrsatiladi.
________________
(fuqaroning F.I.O.)
Belgilangan yordam turlari mazmuniga rozilik bildiraman:
(imzo)
______________ tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi:
______________
(F.I.O.)
(imzo va muhr)
__________-sektor rahbari:
_______________
(F.I.O.)
(imzo va muhr)
4.
“Ayollar daftari”ga kiritishning asosi:
“Mahalla yettiligi”ning “___” ________ __________ yildagi __________-son qarori
II. “AYOLLAR DAFTARI” TIZIMI DOIRASIDA KOʻRSATILGAN YORDAM CHORALARI HAQIDA MAʼLUMOTLAR
1. Koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar (yordamlar):
T/r
Koʻrsatilgan yordam turi va manbai
Ijro uchunmasʼul tashkilot
Tashkilot rahbarining F.I.O.
Sana
Imzo
Asosiy yordam turlari
1.
2.
Qoʻshimcha yordam turlari
3.
4.
Berilgan yordam turlari haqqoniyligini tasdiqlayman:
________________________________
_____________________
(imzo)
(fuqaroning F.I.O.)
_________________ tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi:
________________________________
_____________________
(imzo va muhr)
(F.I.O.)
_________-sektor rahbari:
________________________________
_____________________
(imzo va muhr)
(F.I.O.)
2.
“Ayollar daftari”dan chiqarishning asosi:
Xalq deputatlari._________________ tuman (shahar) MFY
Kengashining “___” ________ ___________ yildagi ___________-son qarori
(1b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1v-ILOVA
_____________________ tumanda (shaharda) “Ayollar daftari”ga kiritilishi taklif etilayotgan xotin-qizlar
Izoh. Mahallada ham mazkur namuna asosida roʻyxatlar shakllantiriladi, sektor rahbarlari oʻrniga tegishlicha “mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosi tomonidan imzolanib, sektorga topshiriladi.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1g-ILOVA
Respublika boʻyicha “Ayollar daftari”ni yuritish
SXEMASI
Bosqich
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Muddat
Masʼullar
Mahalla
Tuman, shahar
Viloyat
Respublika
1-bosqich
“Mahalla yettiligi” sektorlar ishchi guruhlari bilan birgalikda uyma-uy yurish orqali, shuningdek xotin-qizlarning murojaatlari, shu jumladan, “mahalla yettiligi”ga murojaatlari, xotin-qizlar.uz elektron platformasi va “Ayollar daftari” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini oʻrganadi.
har yili yanvar oyi davomida
“Mahalla yettiligi”,
Sektor ishchi guruhlari
Sektor rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi,
boshqa mutasaddi idoralar
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi,
boshqa mutasaddi tashkilotlar
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,
boshqa mutasaddi tashkilotlar
2-bosqich
“Mahalla yettiligi” xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi)ni aniqlaydi, “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlarini shakllantiradi yoki asoslantirilgan holda “Ayollar daftari”ga kiritishni rad etadi, individual dastur ishlab chiqadi va sektorga taqdim etadi.
3 kun muddatda
“Mahalla yettiligi”, Sektor ishchi guruhlari
Tuman (shahar) hokimligi, sektorlar rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Kambagʻallik-ni qisqartirish va bandlik boʻlimi, tijorat banklari, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi, tibbiyot muassasalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, tijorat banklari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi, sogʻliqni saqlash boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, AT “Xalq banki”, “Mikrokredit-bank” ATB, “Agrobank” ATB, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar
3-bosqich
Sektor rahbarlari hamda Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi tomonidan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.
3 kundan oshmagan muddatda
Sektor ishchi guruhlari, “Mahalla yettiligi”
Tuman (shahar) hokimligi, sektorlar rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Kambagʻallik-ni qisqartirish va bandlik boʻlimi, tijorat banklari, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi, tibbiyot muassasalari va boshqa mutasaddi tashkilotlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Kambagʻallik-ni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, tijorat banklari, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, AT “Xalq banki”, “Mikrokredit-bank” ATB, “Agrobank” ATB, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar
4-bosqich
Tasdiqlangan roʻyxatlar sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.
3 kundan oshmagan muddatda
Sektor shtabi kotibi
Sektor rahbari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi
Sektorlar rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
5-bosqich
Individual dasturda xotin-qizlarga belgilangan xizmatlar (yordamlar) koʻrsatiladi.
Belgilan-gan muddatlarda
“Mahalla yettiligi”, sektor ishchi guruhi
Tuman (shahar) hokimligi, sektorlar rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Kambagʻallik-ni qisqartirish va bandlik boʻlimi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB filiallari, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi, Savdo-sanoat palatasi, tibbiyot muassasalari, iqtisodiyot va moliya, adliya, ichki ishlar organlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Kambagʻallik-ni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB filiallari, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi, ichki ishlar boshqarmasi, adliya boshqarmasi, iqtisodiyot va moliya boshqarmasi, boshqa mutasaddi idoralar
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, AT Xalq banki, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi idoralar
6-bosqich
Sektorlar rahbarlari, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari axborot tizimida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bogʻliq masalalarni toʻliq aks ettirib borilishini taʼminlaydi.
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan har bir xotin-qizning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar axborot tizimiga kiritib boriladi.
Har kuni soat 18-00 gacha
Masʼul tashkilotlar xodimlari, sektor shtabi kotibi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari
Sektor rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, AT “Xalq banki”, “Mikrokredit-bank” ATB, “Agrobank” ATB, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar
8-bosqich
1.Sektorlar rahbarlari, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, masʼul tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi boʻyicha tegishli Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga axborot berib boradi.
2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida sektorlar, idora va tashkilotlar rahbari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.
har chorak yakunida
“Mahalla yettiligi”
Sektor rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, masʼul tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi
Sektorlar rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi va boshqa mutasaddi idoralar
9-bosqich
Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, “Mahalla yettiligi” bilan kelishilgan holda, “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni xalq deputatlari tumanlar (shaharlar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi.
Yil yakuni dekabr oyida
“Mahalla yettiligi”, sektor ishchi guruhi
Sektor rahbari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
10-bosqich
“Ayollar daftari”dan chiqarish boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Yil yakuni dekabr oyida
“Mahalla yettiligi”
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
11-bosqich
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sektorlar shtablari kotiblari tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.
Sektorlar rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
12-bosqich
“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tomonidan bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Qaror qabul qilingan-dan soʻng 5 kun ichida
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari
tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar boʻlimi
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
(1g-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun beriladigan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlarining
I. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar uchun
1.
Ikki haftalik, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikvazirligi bilan kelishilgan holda, oʻn bir oygacha band boʻlmagan aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish.
mehnat shartnomasiga asosan belgilanadigan miqdorda
Jamoat ishlari jamgʻarmasi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikvazirligi
Hokim yordamchisi
2.
Ish beruvchilarga — aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun toʻlovni amalga oshirish
har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligivazirligi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari
3.
Kasb-hunarga ega boʻlmagan ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish kurslariga jalb etish.
Hisob-kitobga koʻra
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Xotin-qizlar faoli
4.
Tadbirkorlik subyektlariga ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun subsidiya ajratish.
har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligivazirligi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari
II. Tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun
6.
Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun tijorat banki kreditini ajratish.
33 million soʻmgacha
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasidagi resurslar
Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank
Hokim yordamchisi
7.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirish uchun bank kreditini ajratish.
225 million soʻmdan 1 milliard soʻmgacha
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasidagi resurslar
Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank
Hokim yordamchisi
8.
Tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kredit ajratish.
33 million soʻmgacha
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Hokim yordamchisi
9.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarni maxsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitilishini taʼminlash.
Hisob-kitobga koʻra
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
III. Boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun
10.
Bir martalik moddiy yordam berish
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
IV. Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
12.
Bir martalik moddiy yordam berish
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
V. Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun
14.
Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash.
turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Xotin-qizlar faoli
15.
Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarori talablari asosida boshlangʻich badalni toʻlash: uy-joyning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasi)
Xotin-qizlar faoli
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarori talablari asosida belgilangan miqdorda foiz toʻlovlarining bir qismi
Davlat budjeti mablagʻlari
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori talablari asosida boshlangʻich badalni toʻlash: uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida
Davlat budjeti mablagʻlari
Tuman (shahar) hokimligi
(subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish komissiya)
Xotin-qizlar faoli
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori talablari asosida belgilangan miqdorda foiz toʻlovlarining bir qismi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni talablari asosida boshlangʻich badalni toʻlash: 32 million soʻm
Davlat budjeti mablagʻlari
Adliya vazirligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Xotin-qizlar faoli
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni talablari asosida belgilangan miqdorda foiz toʻlovlarining bir qismi
Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori talablari asosida boshlangʻich badalni toʻlash: uy-joyning hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
16.
Uy-joy bilan taʼminlash.
Hisob-kitobga koʻra
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) mahalliy budjetlari mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari
Xotin-qizlar faoli
Hisob-kitobga koʻra
Homiylik mablagʻlari hisobidan
Sektor rahbari
Xotin-qizlar faoli
VI. Qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun
18.
Bir martalik moddiy yordam berish.
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
19.
Sektor rahbari xulosasi asosida, tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish, jumladan, quyidagi maqsadlar uchun kredit ajratish:
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish;
parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yoʻlga qoʻyish;
dehqonchilik bilan shugʻullanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarini tashkil etish;
“Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala doʻkonlari”ni tashkil etish.
jismoniy shaxslarga 33 million soʻmgacha, fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga 225 million soʻmgacha
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
Hokim yordamchisi
fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga 225 million soʻmdan yuqori
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
Hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
“Ayollar daftari”ga kiritilgan barcha xotin-qizlar uchun
28.
Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, shuningdek sugʻorish vositalarini xarid qilish hamda urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya ajratish.
1. Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha;
2. Sugʻorish vositalarini xarid qilish uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha;
3. Urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha.
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Hokim yordamchisi
32.
Kasb-hunar taʼlimi muassasalariga — band boʻlmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun grant ajratish.
har bir ishsiz fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligivazirligi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari
33.
Kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun grant ajratish.
har bir ishsiz fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligivazirligi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari
34.
Tibbiy yordam koʻrsatish zarurati boʻlganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy sanitariya muassasasi tomonidan statsionar yoki ambulator davolash.
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida
Davlat budjeti mablagʻlari
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Xotin-qizlar faoli
35.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼiy nazar) farzandlarini oʻrnatilgan tartibda elektron navbatga qoʻyish orqali viloyat yoki respublika darajasida tibbiy muassasalarda davolash.
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doiras?da
Davlat budjeti mablagʻlari
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Xotin-qizlar faoli
37.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar va ularning farzandlarini reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash.
Hisob-kitobga koʻra
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
40.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun madaniy-maʼrifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etish.
Shakllantirilgan xarajatlar smetasida miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 3a-ILOVA
Respublika boʻyicha “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan yordamlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r
Hududlar nomi
Reja va ijro
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammosi hal etilganligi
shundan:
1-toifa
2-toifa
3-toifa
4-toifa
5-toifa
6-toifa
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar
Tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar
Boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar
Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar
Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar
Qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar
Jami
Reja
Amalda
Foiz
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
reja
amalda
foiz
2.
Andijon viloyati
reja
amalda
foiz
3.
Buxoro viloyati
reja
amalda
foiz
4.
Jizzax viloyati
reja
amalda
foiz
5.
Qashqadaryo viloyati
reja
amalda
foiz
6.
Navoiy viloyati
reja
amalda
foiz
7.
Namangan viloyati
reja
amalda
foiz
8.
Samarqand viloyati
reja
amalda
foiz
9.
Sirdaryo viloyati
reja
amalda
foiz
10.
Surxondaryo viloyati
reja
amalda
foiz
11.
Toshkent viloyati
reja
amalda
foiz
12.
Fargʻona viloyati
reja
amalda
foiz
13.
Xorazm viloyati
reja
amalda
foiz
14.
Toshkent shahar
reja
amalda
foiz
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 3b-ILOVA
Respublika boʻyicha “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi natijasi boʻyicha hisobot berish
1. Individual dasturlar tuman (shahar) “mahalla yettiligi” tomonidan yuritiladi.
yildavomida
Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar hududiy boʻlinmalari
2. Individual dasturda koʻrsatilgan tegishli chora-tadbirlar belgilangan masʼullar tomonidan ijrosi taʼminlanadi hamda individual dasturga qayd etib boriladi.
individual dasturda belgilangan muddatlarda
3. Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari, sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizlarning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar axborot tizimiga kiritib boriladi
har ish kuni soat 18.00 gacha
2-bosqich
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va tahlil qiladi hamda maʼlumotlarning asosliligini oʻrganish uchun sektorlar rahbarlariga taqdim qiladi.
har 10 kunda
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar hududiy boʻlinmalari
3-bosqich
Sektorlar rahbarlari taqdim qilingan maʼlumotlarni hamda amalga oshirilgan ishlarni tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda “mahalla yettiligi” bilan tahlil qiladi, muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi hamda amalga oshirilgan ishlarni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga kiritadi.
har oyning 1-sanasiga qadar
Sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, hokim yordamchilari
4-bosqich
1. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, masʼul tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi boʻyicha tegishli Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib boradi.
2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida sektorlar, idora va tashkilotlar rahbari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.
3. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi yakuniy maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga taqdim qiladi.
har chorak yakunida
Sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, idora va tashkilotlar rahbari
5-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi maʼlumotlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga taqdim qiladi
keyingi oyning 5-sanasiga kadar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
6-bosqich
1. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalardan olingan maʼlumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan tahlil qiladi.
har oyda
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar
2. “Oila 'va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi “Ayollar daftari”ning yuritilishi boʻyicha mutasaddi boʻlgan vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini har chorak yakuni bilan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
har chorakda
7-bosqich
1. Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati taqdim qilingan axborot xatini tahlil qiladi, respublika darajasida hap qilinadigan masalalarni oʻrganadi.
2. Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining topshiriq xati yuboriladi.
har chorakda
Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati
8-bosqich
Vazirlar Mahkamasi tahliliy maʼlumot va takliflarni koʻrib chiqadi hamda zarurat boʻlgan hollarda “Ayollar daftari”ning yuritilishi ijrosini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilishga materiallar tayyorlaydi.
zarur hollarda
Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati
9-bosqich
Barcha muammolar bartaraf etilib, individual dasturda qayd etilgan chora-tadbirlar toʻliq bajarilganidan soʻng “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va masʼullar tomonidan tasdiqlanib, xotin-qizlar roʻyxati xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Ayollar daftari”dan chiqarish uchun kiritiladi.
har yili dekabr oyida
Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari
(3b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga 2-ILOVA
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur nizom “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi) faoliyatini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlariga ijtimoiy yordamlar koʻrsatilishini moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq “Ayollar daftari” jamgʻarmasi tashkil etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
3. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari tuman (shahar) hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklidagi ochilgan gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
2-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish
4. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlari qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandida belgilangan tushumlarning mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq miqdordagi qismi;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
41. Mazkur Nizom 4-bandining uchinchi xatboshisida belgilangan mablagʻlar tuman (shahar)lar kesimida ulardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxatiga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllaniladi:
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
42. Mazkur Nizomning 41-bandiga muvofiq taqsimlangan mablagʻlar Vasiylik kengashi tomonidan mahallalardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda mahallalar kesimida qayta taqsimlanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
3-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish
ushbu Nizomga 1 — 7-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlarni koʻrsatishga;
qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq xotin-qizlar uchun madaniy-maʼrifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Bunda ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Vasiylik kengashi tomonidan quyidagilar hisobidan ajratiladi:
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllangan, biroq tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlanmagan mablagʻlar;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllanib, muqaddam tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlangan boʻlsada, biroq ushbu mablagʻlar taqsimlangan oyda foydalanilmagan qoldiq mablagʻlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
6. Jamgʻarma mablagʻlarini ushbu nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan maqsadlarga yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlariga — individual reja asosida;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlariga — “mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturlari asosida Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq sarflanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
8. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu nizomga ilovaga muvofiq manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Vasiylik kengashi raisi, tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimining xodimi Vasiylik kengashi masʼul kotibi hisoblanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Vasiylik kengashi tarkibi tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Vasiylik kengashi raisi va aʼzolari “Ayollar daftari” jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Vasiylik kengashi raisi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqaruvchi hisoblanadi.
9. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining ishchi organi — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi hisoblanadi.
10. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash Vasiylik kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
Vasiylik kengashi yigʻilishlari kengash raisi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi ishchi organi tashabbusiga koʻra hamda zaruratga koʻra, ammo bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
11. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi yigʻilishlariga raislik qiladi.
12. Vasiylik kengashlarining qarorlari Vasiylik kengash yigʻilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
13. Vasiylik kengashi:
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha umumiy rahbarlik qiladi va bu boradagi faoliyatni nazorat qiladi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarining mahallalardagi aholi soni, nogironligi boʻlgan shaxslar soni va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar sonidan kelib chiqib, har bir mahalla kesimida taqsimlanishini, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
“Ayollar daftari” jamgʻarmasiga homiylik xayriyalari, shuningdek, xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlarini jalb qilishga koʻmaklashadi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasiga yuklanilgan vazifalarni kengash aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
14. “Ayollar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi:
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
Vasiylik kengashi yigʻilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yigʻilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Vasiylik kengashi aʼzolariga Vasiylik kengashi yigʻilishining vaqti va oʻtkaziladigan joyi toʻgʻrisida xabar beradi;
davlat tomonidan berilgan ijtimoiy koʻmak va moddiy yordam toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturida qayd etib boradi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi murojaatlari bilan ishlaydi va koʻrib chiqish uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi;
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida “mahalla yettiligi” orqali murojaatchiga xabar yuboradi;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Vasiylik kengashi qarori bilan Ishchi organga qoʻshimcha vazifalar yuklanishi mumkin.
4-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobot
15. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar tumanlar (shaharlar) hokimliklari hisobot boʻlimlari tomonidan yuritiladi.
16. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 163-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan budjet ijrosi hisobotini shakllantirish davrida “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisoboti ham qabul qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
18. Vasiylik kengashi raisi har oyda “Ayollar daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.
19. “Ayollar daftari” jamgʻarmasining joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi va tuman (shahar) mahalliy budjetiga olib qoʻyilmaydi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi mazkur Nizom doirasida shahar va tumanlarda amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablagʻlar samarali va maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat oʻrnatadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashining
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Vasiylik kengashi raisi
2.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari
3.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, Vasiylik kengashi aʼzosi
4.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, Vasiylik kengashi aʼzosi
5.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi, Vasiylik kengashi aʼzosi
6.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi, Vasiylik kengashi aʼzosi
AT “Xalq banki” tuman (shahar) filiali boshqaruvchisi, Vasiylik kengashi aʼzosi
8.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Vasiylik kengashi aʼzosi
9.
Lavozimiga koʻra
—
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) boʻlimi rahbari (kelishuvga koʻra), Vasiylik kengashi aʼzosi
10.
Lavozimiga koʻra
—
Ommaviy axborot vositalari vakili, Vasiylik kengashi aʼzosi (kelishuv asosida)
11.
Lavozimiga koʻra
—
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati (kelishuv asosida)
12.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi xodimi, Vasiylik kengashi masʼul kotibi
Izoh: *Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Vasiylik kengashi tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
**AT “Xalq banki” filiali mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda Vasiylik kengashi tarkibiga “Mikrokreditbank” ATB yoki “Agrobank” ATB filiali boshqaruvchisi yoxud AT “Xalq banki”ning viloyat filialining masʼul xodimi kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha va uni amalga oshirish natijasida olinadigan natijalar toʻgʻrisida maʼlumot;
ijtimoiy loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar hisob-kitobi (smeta).
4.
Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:
Ijtimoiy yordam tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi rahbarligidagi komissiya* tomonidan har yili oʻtkaziladigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladi. Bunda:
“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish, shu jumladan ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolib loyihalarni tanlash tartibi Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovi yakuni boʻyicha gʻolib deb topilgan ijtimoiy loyihalar har yili 8-mart — “Xotin-qizlar kuni”da eʼlon qilinadi.
5.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:
Bir yilda bir marta
6.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:
Mazkur yordam:
jismoniy shaxslarga ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur asbob-uskuna, jihozlar, xomashyo yoki xizmatlar xarid qilib berish orqali ajratiladi;
nodavlat tashkilotlarga ish oʻrinlarini yaratish, ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) koʻlamini kengaytirish, xomashyo xarid qilish, loyiha doirasida ishga qabul qilingan shaxslarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida oʻqitish xarajatlarini qoplash uchun ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga shartnomaga muvofiq oʻtkazib beriladi.
7.
Izoh:
“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovida qatnashadigan ijtimoiy loyihalar quyidagi tartibda shakllantiriladi va koʻrib chiqiladi:
har bir mahallada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan ijtimoiy loyihalar har yili yanvar oyi yakuniga qadar ushbu mahallada faoliyat yurituvchi xotin-qizlar faoliga taqdim etiladi;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan hamda xotin-qizlar faoli tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan mahallada amalga oshirilishi rejalashtirish ijtimoiy loyihalar ushbu “mahalla yettiligi” tomonidan har yili fevral oyining 20-sanasiga qadar koʻrib chiqiladi hamda eng yaxshi deb topilgan 3 ta loyiha tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi rahbarligidagi komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritiladi;
tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi rahbarligidagi komissiya tomonidan har yili 8-martga qadar mahallalar tomonidan taqdim etilgan loyihalar orasidan mahallalar kesimida har bir mahallada yashovchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning kamida 3 nafar xotin-qizlarining bandligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bitta loyiha gʻolib deb topiladi.
Bunda mazkur pozitsiyaning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish va gʻolibni aniqlashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlarini** doimiy ish joyi bilan taʼminlashga yoki ularni ijtimoiy faolligini oshirishga (tadbirkorlik faoliyatini boshlash, sport bilan shugʻullanish, sanʼat va madaniy faoliyat bilan shugʻullanish) qaratilganligi;
loyihani amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurs, dastgoh, uskuna va jihozlarga ega boʻlish;
loyihaning mahallani ixtisoslashuviga mosligi, dolzarbligi, bozorbop va daromadliligi, ijtimoiy jozibadorligi;
jismoniy va yuridik shaxslarning amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy loyiha boʻyicha tajribaga egaligi;
xodimlar uchun zarur mehnat sharoitlari yaratish va munosib ish haqi toʻlashga qobiliyatliligi;
ish bilan taʼminlash bilan bir qatorda malakasi yetarli boʻlmagan xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish yoki malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash imkoniyati mavjudligi.
* Mazkur komissiya tarkibi Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish tartibida belgilanadi.
** Ijtimoiy loyihani amalga oshirish natijasida birinchi navbatda quyidagi toifaga mansub Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlarini bandiligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirish talab etiladi:
ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlar;
xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan xotin-qizlar;
nogironligi boʻlgan mehnatga layoqatli ishsiz xotin-qizlar (ularning mehnat muhofazasi talablariga mos ravishda bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish);
norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, daromad topayotgan xotin-qizlar (ularning bandligini taʼminlash boʻyicha ushbu xotin-qizlarni shugʻullanib kelayotgan faoliyat turlarini hamda ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda, oʻqitish va bandligini taʼminlash);
odam savdosidan hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, ogʻir iqtisodiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalarini tugatgan, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan yoki oliy taʼlimda oʻqish uchun imkoniyati boʻlmagan ishsiz xotin-qizlar (mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblarga va IT texnologiyalariga oʻqitib, ularning bandligini taʼminlash);
muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik roʻyxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan xotin-qizlar yoki ularning ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga toʻlov-kontraktini toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI
1.
Ijtimoiy yordam miqdori:
Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda
2.
Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning 30 yoshdan katta xotin-qizlari va ularning farzandlari
3.
Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning 30 yoshdan katta xotin-qizlari yoki ularning farzandlarining oliy taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirganligi haqidagi oliy taʼlim tashkiloti buyrugʻi;
toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish toʻgʻrisidagi shartnoma.
4.
Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:
Mazkur yordam quyidagilarga taqdim etiladi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning xotin-qizlari oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat yoki magistratura yoʻnalishning kunduzgi shaklida taʼlim olayotganda bevosita ushbu shaxslarga;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning xotin-qizlarning ikki yoki undan ortiq farzandlari oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat yoki magistratura yoʻnalishning kunduzgi shaklida taʼlim olayotganda mazkur farzandlarning bir nafariga.
5.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:
Oliy taʼlim tashkilotini tugatgunga qadar bir marotaba
6.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:
Oliy taʼlim tashkilotiga toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish toʻgʻrisidagi shartnoma muvofiq oʻtkaziladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha;
jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida.
2.
Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan katta xotin-qizlari;
oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan katta xotin-qizlari.
3.
Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Yordam oluvchining kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma.
4.
Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:
a) oila Ijtimoiy reyestrda turganda yoki soliq organlarining maʼlumotiga koʻra oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha jami daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan oshmaganda;
b) yordam oluvchining kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muassasalarda davolanishlarini taʼminlaydigan, tibbiy xizmatning qiymati koʻrsatilgan hamda matritsali shtrix kod (QR-kod)ga ega boʻlgan yoʻllanma (keyingi oʻrinlarda — yoʻllanma)ga koʻra, tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha navbat kamida ikki oy va undan ortiq boʻlganda. Bunda navbat muddati avvalgi bir oyda navbati kelgan bemorlar sonidan kelib chiqib Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hisoblanadi.
5.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:
Bir yilda bir marta
6.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:
Mazkur yordamni koʻrsatish boʻyicha mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkazib beriladi. Bunda:
yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlangan hamda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatilgan tibbiy yordam xarajatlarini qoplash boʻyicha shartnoma tuzilgan tibbiyot tashkiloti (davlat yoki nodavlat) tomonidan yoʻllanma asosida amalga oshiriladi;
yordam koʻrsatiladigan shaxslar Sogʻliqni saqlash vazirligining imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida boshqa shaxslardan alohida tarzda yuritiladigan navbat asosida davolanadi;
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni har oyga alohida rejalashtiradi;
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi har oyning 5 sanasiga qadar mazkur oyda “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga taqdim etadi;
yordam koʻrsatiladigan shaxslar Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida boshqa shaxslardan alohida tarzda yuritiladigan navbat asosida davolanadi, bunda rejalashtirilgan mablagʻlar miqdori yordam koʻrsatiladigan shaxs jarrohlik amaliyotisiz davolanadigan holatda BHMning 50 baravaridan kam boʻlsa, jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladigan holatda ushbu amaliyotni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxdan kam boʻlsa, yoʻllanmani tasdiqlash rad etiladi va bemor davolanish uchun navbatdagi oyda murojaat qiladi;
yordam koʻrsatiladigan shaxsni jarrohlik amaliyotisiz davolash yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganidan soʻng Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining talabnomasiga muvofiq tegishli xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar 3 ish kuni ichida Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati tomonidan tegishli mablagʻlar tibbiyot tashkilotiga oʻtkazib beriladi.
7.
Izoh:
a) mazkur yordam uni oluvchilar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq Davlat tibbiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatilmagan yoki ushbu yordam xarajatlari boshqa manbalar (“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va boshqa manbalar) hisobidan qoplanmagan holatlarda koʻrsatiladi.
b) Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Ijro etuvchi apparati tomonidan “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiyot tashkilotlariga oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha alohida hisob-kitob yuritiladi.
v) yordam oluvchilarning hisobi Sogʻliqni saqlash vazirligining Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllashning elektron axborot tizimida alohida yuritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ijara toʻlovining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha (Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha)
2.
Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar
3.
Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi oʻrtasida tuzilgan turarjoy ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma
4.
Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:
-
5.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:
Cheklanmagan muddatga
6.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:
Turar joy ijarasi toʻgʻrisidagi uch tomonlama shartnomaga muvofiq toʻlab beriladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar;
oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar.
3.
Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
-
4.
Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:
-
5.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:
Bir marta
6.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:
Uy-joyni taʼmirlash uchun zarur boʻlgan qurilish materiallarini xarid qilish uchun tegishli tovarlarni (xizmatlar va ishlar)ni yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq toʻlanadi.
7.
Izoh:
a) mazkur yordamdan foydalanish uchun unga haqiqatda muhtojlik mavjudligi “mahalla yettiligi” tomonidan yordam oluvchilarga mulk huquqi yoki boshqa huquqlar asosida tegishli boʻlgan uy-joylarga borgan holda oʻrganish oʻtkazilib, dalolatnoma tuziladi.
Bunda, mazkur dalolatnomada yordam oluvchiga tegishli uy-joyni taʼmirlanishi lozim boʻlgan qismlari hamda yangisiga almashtirilishi lozim boʻlgan jihozlar (eshik-rom, shifer va boshqalar) aniq koʻrsatiladi;
b) yordam oluvchiga tegishli uy-joyni taʼmirlash uchun xarid qilinadigan tovarlar, shu jumladan qurilish mollari xaridini amalga oshirishda tovar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchilarni maxsus axborot portalida eʼlon joylashtirmasdan va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aniqlanadi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Bir martalik moddiy yordam koʻrsatish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI
1.
Ijtimoiy yordam miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha
2.
Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:
“Ayollar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar uchun beriladi:
boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar.
3.
Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlardan — boquvchisini yoʻqotganligini yoki boquvchisi sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb eʼlon qilingan yoxud vafot etgan deb topilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (oʻlim haqidagi guvohnoma, sud hal qiluv qarori yoki boshqa hujjatlar);
b) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlardan:
I va II guruh nogironlik belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
tezkor tibbiy muolajaga muhtojlikni tasdiqlovchi hujjat yoki maʼlumotnoma;
v) qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlardan — farzandi nogironligi boʻlgan bola ekanligi yoki farzandiga I va II guruh nogironlik belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
4.
Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:
-
5.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:
Bir marta
6.
Izoh:
a) mazkur yordam “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida yordam koʻrsatish uchun belgilangan tartib-taomillar asosida taqdim etiladi;
b) mazkur pasportning 3-pozitsiyasida nazarda tutilgan hujjatlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi. Agarda tegishli hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik orqali olish imkoniyati boʻlmaganda, ular mazkur pasportning 2-pozitsiyasiga muvofiq tegishli toifadagi xotin qizlardan soʻrab olinadi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 09/25/462/0650-son)
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlganda toʻliq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori boʻlgan hollarda esa — xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.
2.
Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 30 yoshdan oshgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlar.
3.
Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
-
4.
Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:
a) oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud boʻlmasligi.
b) yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi;
v) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlishi.
5.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:
Faqat bir marotaba
6.
Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:
Mazkur yordam boʻyicha tegishli mablagʻlar yordam oluvchining bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.
7.
Izoh:
Yordam oluvchi shaxslarga bir martalik toʻlov 14 — 30 yoshdagi shaxslar uchun “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari,
30 yoshdan katta boʻlgan xotin-qizlar uchun “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari, boshqa ehtiyojmand shaxslar uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, biroq “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan shaxslar xotin-qizlar faoli yoki yoshlar yetakchisi tomonidan bir oy muddatda “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”ga kiritiladi hamda ularga bir martalik toʻlov amalda oshiriladi.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)