1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlar bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarida yuridik shaxs boʻlmagan, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklidagi “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish, ushbu xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish, mazkur chora-tadbirlar ijrosi ustidan monitoring oʻrnatish hamda “Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarish tartibini nazarda tutuvchi “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) 1-ilovaga muvofiq;
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlarini moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa masʼul vazirlik va idoralarga “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagi vazifalarni ustuvor ravishda amalga oshirish yuklatilsin:
ijtimoiy uylarga joylashtirish va ularning uy-joylarini taʼmirlashga koʻmaklashish;
tibbiy, huquqiy va psixologik yordam koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratsin.
4. Belgilansinki:
a) “Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarini va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, yillik ish rejalarini tasdiqlash hamda jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlar “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda daromad va xarajatlarning yillik parametrlari mahallabay taqsimlanadi;
b) Vasiylik kengashi aʼzolari jamgʻarmani boshqarish boʻyicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;
v) “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllanishi va sarflanishi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlari hamda sektorlar rahbarlari bilan hamkorlikda xotin-qizlar bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari:
har chorakda mahalliy budjet prognozining ortiqcha bajarilgan qismining kamida 15 foizi, biroq “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari xarajatlarini moliyalashtirishga yetarli boʻlgan miqdorda “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishini taʼminlasin;
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan va uy-joyini taʼmirlashga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joyini tizimli ravishda taʼmirlash ishlarini amalga oshirsin.
Bunda har bir uy-joyni taʼmirlash ishlariga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratilishi nazarda tutilsin.
7. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlari yoshidan qatʼi nazar) farzandlariga davolash, dori vositalari olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablagʻ zarur boʻlgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi va sektor rahbari tavsiyasi bilan tibbiy muolaja xarajatlarini “Ayollar daftari” jamgʻarmasi va Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab berish tartibi joriy etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda:
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mazkur qaror bilan joriy etilgan yangi tartibni amaliyotga joriy etish choralarini koʻrsin;
jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, xususan, ayollarga tushuntirish, shuningdek, “Ayollar daftari” bilan ishlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirsin.
10. Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan:
“Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz hamda zoʻravonlikka uchragan ayollar muammolarini aniqlash va hal qilish boʻyicha masʼul idora va rahbarlarning natijaga yoʻnaltirilgan faoliyati yoʻlga qoʻyilishi va muvofiqlashtirilishi;
sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari tomonidan joylardagi xotin-qizlar muammolarini hal etish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilib, amalga oshirilishi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida har oyda hisobot berishini yoʻlga qoʻyish tashkil etilishi belgilansin.
11. “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimi Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash Davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilishi yoʻlga qoʻyilsin va ushbu tizim orqali quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilsin:
ijtimoiy-himoyaga muhtoj xotin-qizning “Ayollar daftari”ga kiritish haqidagi murojaatini toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilish;
ushbu murojaatni koʻrib chiqish natijalari, agarda murojaatni qanoatlantirish rad etilgan boʻlsa, rad etish asoslari;
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarga koʻrsatiladigan yordam turlari;
“Ayollar daftari” orqali yordam koʻrsatilayotgan xotin-qizlarning roʻyxati va ularning har biriga koʻrsatilgan yordamlarning aniq turlari, hajmi hamda kelgusida rejalashtirilayotgan tadbirlar.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar “Ayollar daftari” bilan ishlash elektron tizimi toʻliq ishga tushirilishi hamda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
2022-yil 1-sentabrga qadar “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish hamda ushbu chora-tadbirlarning ijrosini monitoring qilish, “Ayollar daftari”dan chiqarishda imkon qadar inson omilini kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-mart,
145-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga 1-ILOVA
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) kam taʼminlangan va ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini mahallabay oʻrganish va hal etish hamda ularni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash tartibini belgilaydi.
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
“Ayollar daftari” tizimi — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
“Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish boʻyicha maʼlumotlar bazasi;
“Ayollar maslahat kengashi” — ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va hal etishga koʻmaklashish, oilalarni mustahkamlash va ularning farzand tarbiyasidagi rolini hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan maslahatlar berish, “odobli qiz”, “iffatli kelin” va “maʼrifatli ayol” gʻoyalarini keng targʻib etish maqsadida har bir fuqarolar yigʻinida tashkil etiladigan va jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan tuzilma;
“Individual dastur” — “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan har bir xotin-qiz hamda ularga koʻrsatiladigan amaliy yordam turlari, davri (sanasi), miqdori (summasi, foizi va boshqalar) va amaliy yordamlar monitoringi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmui;
sektorlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarining tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining koʻmaklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi;
sektorlar ishchi guruhi — sektor rahbari boshchiligida iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, qishloq xoʻjaligi sohasi, davlat boshqaruvi organlari tuman (shahar)lar tuzilmalarining malakali mutaxassislari va tijorat banklari xodimlaridan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus ishchi guruhlar.
3. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
2-bob. “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish
4. “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
1) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — bandligi Taʼminlanmagan, ishlash istagida boʻlgan va daromad manbaiga ega boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
2) tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar — bandligi taʼminlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
3) boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar — boquvchisi vafot etgan, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, ruhiy kasallikka chalingan, I-II guruh nogironligi boʻlgan hamda doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan, bedarak yoʻqolgan (sud qaroriga asosan) ehtiyojmand xotin-qizlar, shuningdek, nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar va ehtiyojmand yolgʻiz onalar (FHDY organlarining maʼlumotnomasi asosida);
4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — mehnatga layoqatsiz, oʻzgalar parvarishiga, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
5) uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi boʻlmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam boʻlgan), biroq oʻzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud boʻlmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
6) qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar — nogironligi boʻlgan voyaga yetmagan (I guruh nogironligi boʻlgan farzandi yoshidan qatʼiy nazar) farzandini bevosita parvarishlayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar.
Bunda “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlar yuqoridagi toifalardan faqat biriga kiritilishi mumkin.
5. “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi boʻyicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi boʻyicha doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turmasligi “Ayollar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
6. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda oʻrganiladi:
sektorlar ishchi guruhlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda fuqarolar yigʻinlari raislari va faollari bilan birgalikda barcha yoʻnalishdagi muammolarni har yili yanvar oyida uyma-uy yurish orqali;
xotin-qizlarning murojaatlari, shu jumladan, “Ayollar maslahat kengashi” va “Ayollar daftari” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali.
“Ayollar maslahat kengashi”ga va axborot tizimi orqali murojaat qilingan holatda, anketa-soʻrovnomalar mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan toʻldirilib, sektor ishchi guruhiga taqdim qilinadi. Sektorlar rahbarlari va tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari birgalikda muammolarning haqqoniyligini oʻrganadi va har oyda oʻrganilgan va “Ayollar daftari”ga kiritilishi kerak boʻlgan xotin-qizlar roʻyxatini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga taqdim etadi.
Oʻrganish davomida xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari Nizomga 1a-ilovaga muvofiq anketa-soʻrovnomalar orqali aniqlanadi.
7. Anketa-soʻrovnomalar toʻldirilgandan soʻng 3 kun muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va boshqa tashkilotlarning maʼlumotlari bilan solishtiriladi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanib, sektorlar rahbarlari hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi tomonidan Nizomga 1b-ilovaga muvofiq ularning individual dasturlari shakllantiriladi.
8. Individual dasturlar asosida sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari 1v-ilovaga muvofiq hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” loyihasi, imzolangan holda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
9. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar, farzandi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ilgari “Ayollar daftari”ga kiritilib, bandligi taʼminlangan yoki tadbirkorligi yoʻlga qoʻyilgan xotin-qizlar takroran “Ayollar daftari”ga kiritilmaydi.
“Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirishda ustuvorlik ilgari “Ayollar daftari”ga kiritilmagan xotin-qizlarga beriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatga olingan oilalardagi xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning faqat “ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar”, “tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar” va “uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar” toifalariga kiritilishi mumkin.
10. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari va “Yoʻl xaritasi” belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.
11. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida tasdiqlangan roʻyxatlar sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi.
Sektorlar rahbarlari, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari “Ayollar daftari”ga maʼlumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordam berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar axborot tizimiga kiritiladi va shundan soʻng bajarilgan hisoblanadi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan tartibda yordam koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan barcha hisobotlar axborot tizimida shakllantiriladi.
12. “Ayollar daftari” ushbu Nizomga 1g-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
3-bob. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash
13. “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun beriladigan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlarining roʻyxati 2-ilovaga asosan belgilanadi.
14. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar uchun:
bandligini taʼminlash;
zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam berish;
2) tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
3) boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
bir martalik moddiy yordam berish;
zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida ogʻir turmush sharoitidagi (uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash;
4) ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
bir martalik moddiy yordam berish;
zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida ogʻir turmush sharoitidagi (uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash;
tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun zarur tibbiy yordamlar koʻrsatish;
ijara kompensatsiyasini toʻlash, ijtimoiy uylarga joylashtirish, uy-joy bilan taʼminlash;
zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam berish;
6) qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
bir martalik moddiy yordam berish;
zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish.
15. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan:
barcha xotin-qizlarga ularning murojaatiga asosan huquqiy, tibbiy va psixologik yordam koʻrsatiladi;
zaxiraga qaytarilgan yoki yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlari dehqon xoʻjaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun dehqonchilik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga 0,10 gektardan 1 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda belgilangan tartibda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga beriladi.
dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda oʻz tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilikda yaxshi natijalarga erishgan, ushbu sohalardan birida tayanch mutaxassislikka ega boʻlgan, “Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand xotin-qizlarga alohida ustuvorlik beriladi.
Zarur hollarda, mazkur bandning uchinchi kichik bandida nazarda tutilgan maqsadlar uchun ajratiladigan subsidiya mablagʻlari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartib asosida tegishli buyurtma ijrochilarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi.
4-bob. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarga amaliy yordam berish tartibi
1-§. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash
16. Xotin-qizlarning bandligiga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:
a) sektorlar rahbarlari tuman (shahar) investitsiya boʻlimlari, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, tijorat banklari hamkorlikda tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
b) sektorlar rahbarlari tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
g) tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, Davlat soliq inspeksiyalari tomonidan kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish.
Ushbu bandda koʻrsatilgan koʻmaklashish choralari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-§. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish
17. Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
a) Savdo-sanoat palatasi, AT “Xalq banki”, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda hududiy xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari va tegishli nodavlat oʻquv markazlari joylarda oʻquv kurslarini tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga koʻmaklashadi;
b) “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari orqali tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kredit ajratiladi.
AT “Xalq banki” “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga kredit olishda koʻmaklashish, bu masalada respublikada ajratilgan kreditlarning statistik hisobotini yuritish va kredit ajratilgandan soʻng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish ishlari samaradorligini oʻrganadi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
18. Kreditlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Bunda kreditlar 33 million soʻmgacha miqdorda hokimlar yordamchilarining tavsiyalari asosida ajratiladi.
Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, maʼmuriy xarajatlarni toʻlashga, jumladan, avtotransport vositasining taʼminoti, mebel, aloqa xizmatlari toʻlovi va uyali telefon sotib olishga hamda qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning qoidalariga koʻra taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kreditlar 14 foizlik stavkada:
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga — 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
chorvachilik (chetdan keltirilgan naslli qoʻy va echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yoʻnalishi) uchun — 1 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga ajratiladi.
19. Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisobvaragʻidan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan ajratiladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan va oʻzini oʻzi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln soʻmgacha miqdorida kredit mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin.
Kreditlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari tomonidan “Ayollar daftari”da hisobda turgan xotin-qizlarning murojaat qilish qatʼiy navbati asosida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.
20. “Ayollar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasidagi resurslar hisobidan yillik 14 foizlik stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin.
Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasidagi resurslar hisobidan 225 million soʻmdan ortiq, biroq 1 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan taʼminlanadigan har bir xotin-qiz uchun 33 million soʻmgacha miqdorga mutanosib ravishda belgilanadi.
3-§.”Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilish uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiya ajratish
21. “Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, toʻqimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xoʻjaligi (motokultivator, oʻt oʻrish oʻroq mashinasi, payvandlash apparati, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda yoki 10 million soʻmgacha “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi.
22. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi orqali asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish maqsadida subsidiya ajratiladigan hollarda, ariza beruvchi Vasiylik kengashi raisi nomiga (arizada fuqaro oʻz faoliyatini boshlashi uchun kerak boʻladigan asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va turi, soni, taxminiy xarid narxi va boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim) taqdim etadi.
Ariza beruvchining qolgan barcha maʼlumotlari (elektron shakldagi fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, tadbirkor sifatida davlat xizmatlari markazida davlat roʻyxatidan oʻtganligi yoki oʻzini oʻzi band qilgan sifatida faoliyat turlari boʻyicha soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat) axborot tizimi orqali inson omilisiz aniqlab olinadi.
23. Vasiylik kengashi tomonidan fuqaroning murojaatini 3 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oʻrganib chiqiladi hamda hokim yordamchisi tavsiyasi asosida subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
24. Arizani koʻrib chiqish natijasida hujjatlar toʻliq taqdim etilgan va unda kamchiliklar yoki yolgʻon maʼlumotlar aniqlanmagan taqdirda, murojaat qiluvchiga oʻz faoliyatini boshlashiga kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida Vasiylik kengashining qarori rasmiylashtiriladi.
25. Vasiylik kengashi qarorida asbob-uskuna, mehnat qurollarining nomi va ularni xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdori koʻrsatiladi.
26. Arizani koʻrib chiqish natijasida hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganligi yoki unda kamchiliklar mavjudligi yoxud yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilganligi aniqlangan taqdirda, murojaat qiluvchiga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda xabar beriladi.
27. Vasiylik kengashining ishchi organi — Oila va xotin-qizlar boʻlimi Vasiylik kengashi qarori rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimi orqali qarorda koʻrsatilgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini belgilangan tartibda xarid qilish choralarini koʻradi.
28. Buyurtma asosida asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari yetkazib berilganda, bu haqda Vasiylik kengashining ishchi organi qabul qilib olgan kundan boshlab 1 ish kunidan kechiktirmay ariza beruvchini xabardor qiladi.
29. Tegishli asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollari ariza beruvchiga Vasiylik kengashi aʼzolari va ariza beruvchi oʻrtasida tuziladigan dalolatnoma asosida topshiriladi. Dalolatnomada ariza beruvchiga taqdim etilayotgan asbob-uskuna va (yoki) mehnat qurollarining xususiyatidan kelib chiqib nomi, turi, markasi, kafolat muddati, xarid qilingan narxi va vaqti koʻrsatilishi kerak.
30. Ariza beruvchiga ajratilgan subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan samarali foydalanilayotganligi, ularning texnik holati sozligi kafolat muddati davomida sektor shtabi kotibi tomonidan oʻrganiladi.
4-§. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish
31. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda hokim yordamchilari bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yoʻlga qoʻyish;
dehqonchilik bilan shugʻullanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida har tomonlama koʻmaklashish;
“Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala doʻkonlari”ni tashkil etish.
32. Mazkur nizomning 31-bandida belgilangan maqsadlar uchun subsidiyalar va kreditlarini ajratish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
5-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatish
33. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatlar asosida “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bir martalik moddiy yordam beriladi.
a) mahallalardagi xotin-qizlar faollari sektorlar rahbarlari bilan birgalikda, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari (summasi) koʻrsatilgan roʻyxatni (har bir xotin-qizning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti seriyasi yoki identifikatsiyalovchi ID — kartasi raqami koʻrsatilgan holda) tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga taqdim etadi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromadlari va tushumlari prognozidan kelib chiqib, tuman (shahar) moliya boʻlimi bilan kelishilgan holda, bir martalik moddiy yordamni oyma-oy toʻlash grafigini shakllantiradi hamda Vasiylik kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi. Bunda tasdiqlangan oyma-oy toʻlash grafigining nusxasi mahallalardagi xotin-qizlar faollariga ham taqdim etiladi;
tasdiqlangan grafikka asosan har oyning 5 — sanasiga qadar mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlar asosida toʻlov vedomostlarini shakllantirib, tumanlar (shaharlar) va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tegishli boʻlimiga (filialiga) taqdim etadi;
v) tumanlar (shaharlar) hokimliklarining buxgalteriya boʻlimlari tasdiqlangan oyma-oy toʻlash grafigi hamda toʻlov vedomostlari asosida “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zarur mablagʻlarni xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tegishli boʻlimiga (filialiga) koʻchiradi;
g) xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankining tegishli boʻlimi (filiali) tomonidan bir martalik moddiy yordam toʻlovlari har oyning 5 — 27-sanalarida amalga oshiriladi. Oyning oxirgi ish kunida vedomostlar yopiladi. Oyning 27 sanasiga qadar tayinlangan, biroq oʻz vaqtida talab qilib olinmagan moddiy yordamga yoʻnaltirilgan mablagʻlar “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga oʻtkaziladi va oluvchining birinchi talabiga koʻra toʻlanadi. Yopilgan vedomostning bir nusxasi tuman (shahar) hokimligi hamda oila va xotin-qizlar boʻlimiga taqdim etiladi;
d) tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi muhtoj xotin-qizlarga toʻlangan bir martalik moddiy yordam toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritadi hamda yopilgan vedomostning nusxasini tegishli mahallalardagi xotin-qizlar faollariga taqdim etadi.
Bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.
Sektor rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar, shuningdek, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi bor yolgʻiz onalarga qoʻshimcha moddiy yordam berish choralarini koʻrib boradi.
6-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasini toʻlash
34. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda fuqarolarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari “xonadonbay” hamda ularning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻinlari raislari va xotin-qizlar faollari tomonidan turar joy uchun ijara kompensatsiyasini toʻlab berish boʻyicha talabnomalar shakllantiriladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijara kompensatsiyasi mazkur talabnomalar hamda sektorlar rahbarlari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻining xulosasi asosida belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 637-son “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Bunda:
turar joy ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi oʻrtasida tegishli yilning soʻnggi kunigacha boʻlgan muddatga tuziladi;
turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha boʻlgan qismi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Turar joy ijarasi uchun toʻlovlar ijaraga beruvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlanadi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning birga yashaydigan oila aʼzolari boshqa dasturlar doirasida, homiylik yoki boshqa mablagʻlar hisobidan uy-joy bilan taʼminlangan yoxud uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ijtimoiy yordam (koʻmak) olgan yoki imtiyozlardan foydalangan xotin-qizlarga mazkur Nizom asosida turar joy ijara kompensatsiyasi ajratilmaydi.
Turar joy ijara kompensatsiyasi toʻlab turilgan davrda uy-joy bilan taʼminlangan yoki ijtimoiy uy-joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga yangi turar joyga koʻchib oʻtgan oydan boshlab keyingi oyning birinchi sanasidan turar joy ijara kompensatsiyasi toʻxtatiladi. Mazkur tartib ajratilgan turar joy yashash uchun sharoiti mavjud boʻlgan holda xotin-qizlar tomonidan koʻchib oʻtish rad etilgan taqdirda ham qoʻllaniladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirilishi yoki homiylar tomonidan mulk huquqi asosida uy-joy bilan taʼminlanishi mumkin.
Ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xotin-qizlarga ijtimoiy kontrakt asosida kasb oʻrganish, mehnat qilish imkoniga ega boʻlsa, mustaqil yoki aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashish boʻyicha ijtimoiy majburiyatlar yuklanadi.
7-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash
35. Sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyi holati oʻrganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda taʼmirlash yoki qurilish materiallarini olib berish boʻyicha smeta ishlab chiqilib, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
Har bir uy-joyni taʼmirlash ishlariga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda mablagʻ ajratiladi.
36. Vasiylik kengashi tomonidan taʼmirlash smetasi boʻyicha tegishli qaror qabul qilinib, mablagʻ ajratiladi hamda qurilish tashkilotiga (pudratchiga) yoki qurilish materiallari yetkazib beruvchi korxonaga oʻtkazib beriladi.
Bunda qurilish tashkilotga (pudratchi) yoki qurilish materiallari yetkazib beruvchi korxona davlat xaridlarining elektron tizimi orqali aniqlanadi.
37. Sektorlar rahbarlari tumanlar (shaharlar) qurilish boʻlimlari bilan birgalikda mablagʻ ajratilgan vaqtdan boshlab taʼmirlash ishlari sifatli bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi.
8-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tibbiy xizmat koʻrsatish
38. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlariga tibbiy yordam koʻrsatish zarurati sektor ishchi guruhi tomonidan aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi.
Oʻrganish natijasiga koʻra tibbiy yordam koʻrsatish zarurati tibbiyot xodimi tomonidan aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasiga yoʻnaltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kirmaydigan, ammo birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasi tomonidan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlarining davolanishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar, sektorlar rahbarlari xulosasiga asosan “Ayollar daftari” jamgʻarmasi va Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qoʻyilishi taʼminlanadi.
Nogironlik belgilari aniq namoyon boʻlgan bemorlar belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.
39. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlariga davolash, dori vositalarini olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablagʻ zarur boʻlgan holatlarda, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan tibbiy muolaja xarajatlari “Ayollar daftari” jamgʻarmasi, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.
Bunda dori-darmon olib berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdordagi xarajatlar “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi boʻlgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlarining, shuningdek, lozim boʻlganda I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga davolanish uchun borish-kelish yoʻl xarajatlari sektorlar rahbarlari xulosasiga asosan “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi.
Bunda xotin-qizlar yoʻl xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga taqdim etadi.
Yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmaganda, yoʻlkiraga haq toʻlash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Bemorni maxsus transport vositasida tibbiy muassasaga yetkazish lozim boʻlgan taqdirda, yoʻl xarajatlarini toʻlab berish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi olinadi.
9-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish
40. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatiladi:
prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish;
ichki ishlar organlari — tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish, takroriy zoʻravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik suhbatdan oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan oʻtish boʻyicha vakolatli organga yuborish, himoya orderi talablarining ijrosini nazorat qilish hamda uning talablarini buzib zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan vakolati doirasida chora koʻrish;
adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish.
10-§. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik yordam koʻrsatish
41. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga “Ayollar maslahat kengashi”, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, uning hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi huzuridagi “Xotin-qizlar huquqiy, psixologik maslahatxonasi”, taʼlim muassasalarining, malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar berib boriladi.
5-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish
42. Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash homiylik, xalqaro moliya institutlari grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagai boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
Tuman (shahar)lar kesimida ajratiladigan mablagʻlar taqsimoti har chorak uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki” tomonidan har chorakdan oldingi oyning 20-sanasiga qadar tuman (shahar)lar hokimliklariga yetkaziladi.
sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilganda.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturga kiritilgan masalalari toʻliq hal etilgunga qadar ularni “Ayollar daftari”dan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib oʻtganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi boʻyicha roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmasdan “Ayollar daftari”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
45. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari bilan kelishilgan holda, mazkur Nizomning 44-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni har yili dekabr oyida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi.
46. Xotin-qizlarni “Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarish, “Yoʻl xaritasi” va individual dasturlarga oʻzgartirishlar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida kiritiladi.
47. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sektorlar shtablari kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi.
“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan 5 kun ichida bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
7-bob. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosining monitoringi
48. “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi monitoringi ularning individual dasturlari orqali monitoring qilinadi.
Individual dasturlar tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan yuritiladi.
Anketa-soʻrovnomalar va individual dasturlarning asl nusxalari tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarida 5 yil muddat davomida saqlanadi.
49. Individual dasturda koʻrsatilgan tegishli chora-tadbirlar ijrosi belgilangan masʼullar tomonidan taʼminlanadi hamda individual dasturda qayd etib boriladi.
Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari, sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar har ish kuni soat 18.00 gacha axborot tizimiga kiritib boriladi.
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va tahlil qiladi hamda maʼlumotlarning asosliligini oʻrganish uchun har 10 kunda sektorlar rahbarlariga taqdim qiladi.
50. Sektorlar rahbarlari har oyning 1-sanasiga qadar taqdim qilingan maʼlumotlarni hamda amalga oshirilgan ishlarni tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda hokim yordamchilari bilan tahlil qiladi, muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi hamda amalga oshirilgan ishlarni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga kiritadi.
51. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, masʼul tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi boʻyicha har oy yakunida tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib boradi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida sektorlar, idora va tashkilotlar rahbari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi har oyda yakuniy maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga taqdim qiladi.
52. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar maʼlumotlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga taqdim qiladi.
53. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi har oyda hududiy boshqarmalardan olingan maʼlumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan tahlil qiladi.
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi “Ayollar daftari”ning yuritish uchun masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini har chorak yakuni bilan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati taqdim qilingan axborot xatini tahlil qiladi, respublika darajasida hal qilinadigan masalalarni oʻrganadi.
Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining topshiriq xati yuboriladi.
54. Vazirlar Mahkamasi tahliliy maʼlumot va takliflarni koʻrib chiqadi hamda zarurat boʻlgan hollarda, “Ayollar daftari”ning yuritilishi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilishga materiallar tayyorlaydi.
55. Barcha muammolar bartaraf etilib, individual dasturda qayd etilgan chora-tadbirlar toʻliq bajarilgandan soʻng “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va masʼullar tomonidan tasdiqlanib, xotin-qizlar roʻyxati xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Ayollar daftari”dan chiqarish uchun kiritiladi.
56. “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi natijasi boʻyicha hisobot berish Nizomning 3b-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
57. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari axborot tizimida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bogʻliq masalalarni toʻliq aks ettirib borilishini taʼminlaydi.
58. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:
mahalla darajasida — tuman (shahar) sektorlari rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshligʻi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari;
tuman (shahar) darajasida — viloyat sektorlari rahbarlari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hududiy kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari;
59. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari mazkur Nizom doirasida amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi.
60. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1a-ILOVA
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1b-ILOVA
“AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN _____________________________________NING (F.I.O.) INDIVIDUAL DASTURI
_____________________tuman(shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi
(individual dasturni tuzish uchun vakolatli organ (tashkilot)
№ ______
Dastur toʻldirilgan sana: __________ “_____”__________
Koʻrsatilishi lozim boʻlgan birlamchi va ikkilamchi (qoʻshimcha) ijtimoiy xizmatlar (yordamlar) turlari:
T/r
Birlamchi va ikkilamchi (qoʻshimcha) ijtimoiy xizmatlar (yordamlar) turlari
Koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi va manbai
Xizmat koʻrsatish davriyligi
Xizmat koʻrsatish vaqti
Ijro uchun masʼul tashkilot
Tashkilot rahbarining F.I.O.
Imzo
Asosiy yordam turlari
1.
2.
3.
Qoʻshimcha yordam turlari
4.
5.
6.
Izoh: Koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmat hajmi oʻlchov birligida koʻrsatish mumkin boʻlgan holatlarda, tegishli oʻlchov birligida (m2, dona va boshqa) koʻrsatiladi.
Belgilangan yordam turlari mazmuniga rozilik bildiraman:
_________________________________
(imzo)
(fuqaroning F.I.O.)
______________ tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi:
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1v-ILOVA
_____________________ tumanda (shaharda) “Ayollar daftari”ga kiritilishi taklif etilayotgan xotin-qizlar
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1g-ILOVA
Respublika boʻyicha “Ayollar daftari”ni yuritish
SXEMASI
Bosqich
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Muddat
Masʼul
Mahalla
Tuman, shahar
Viloyat
Respublika
1-bosqich
Sektorlar ishchi guruhlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollari tomonidan mahallala yigʻinlari raisi va faollari bilan birgalikda barcha yoʻnalishdagi muammolarni uyma-uy yurish orqali, shuningdek xotin-qizlarning murojaatlari, shu jumladan, xotin-qizlarning “Ayollar maslahat kengashi”ga va “Ayollar daftari” axborot tizimi orqali murojaatlari asosida anketa-soʻrovnomalariga orqali muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari oʻrganiladi.
har yili yanvar oyi davomida
Sektor ishchi guruhlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari,
fuqarolar yigʻinlari raislari va faollari,
“Ayollar maslahat kengashi”
Sektor rahbarlari, oila va xotin-qizlar boʻlimi,
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi,
boshqa mutasaddi idoralar
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi,
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, boshqa mutasaddi tashkilotlar
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar
2-bosqich
Anketa-soʻrovnomalar toʻldirilgandan soʻng Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va boshqa tashkilotlarning maʼlumotlari bilan solishtiriladi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanib, sektorlar rahbarlari hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi tomonidan ularning individual dasturlari shakllantiriladi.
3 kun muddatda
Sektor ishchi guruhlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari,
“Ayollar maslahat kengashi”
Tuman (shahar) hokimligi, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boʻlimi, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, tijorat banklari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi, tibbiyot muassasalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, tijorat banklari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi, sogʻliqni saqlash boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar
3-bosqich
Individual dasturlar asosida sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi tomonidan “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlarini hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” loyihasini, imzolangan holda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi
3 kundan oshmagan muddatda
Sektor ishchi guruhlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari,
“Ayollar maslahat kengashi”
Tuman (shahar) hokimligi, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boʻlimi, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, tijorat banklari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi, tibbiyot muassasalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, tijorat banklari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi, sogʻliqni saqlash boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar
4-bosqich
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari va “Yoʻl xaritasi” belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.
Belgilangan muddatda
Sektor ishchi guruhlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari,
“Ayollar maslahat kengashi”
Tuman (shahar) hokimligi, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boʻlimi, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, tijorat banklari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi, tibbiyot muassasalari, xalq deputatlari mahalliy kengashlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, tijorat banklari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi, sogʻliqni saqlash boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar
5-bosqich
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashida tasdiqlangan roʻyxatlar sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan axborot tizimiga kiritiladi.
3 kundan oshmagan muddatda
Sektor shtabi kotibi
Sektor rahbari, oila va xotin-qizlar boʻlimi
Sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
6-bosqich
Individual dasturda xotin-qizlarga belgilangan xizmatlar (yordamlar) koʻrsatiladi.
Belgilangan muddatlarda
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, sektor ishchi guruhi, mahalla fuqarolar yigʻini raisi
Tuman (shahar) hokimligi, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boʻlimi, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB filiallari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) kengashi, savdo-sanoat palatasi, tibbiyot muassasalari, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, moliya, adliya, ichki ishlar organlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB filiallari, sogʻliqni saqlash boshqarmasi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hududiy kengashi, ichki ishlar boshqarmasi, adliya boshqarmasi, moliya boshqarmasi, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, boshqa mutasaddi idoralar
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, AT Xalq banki, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh Prokuratura, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar
7-bosqich
Sektorlar rahbarlari, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari “Ayollar daftari axborot tizimida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bogʻliq masalalarni toʻliq aks ettirib borilishini taʼminlaydi.
Muntazam ravishda
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari
Sektor rahbari, oila va xotin-qizlar boʻlimi
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
8-bosqich
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan har bir xotin-qizning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar axborot tizimiga kiritib boriladi.
Har kuni soat 18-00 gacha
Masʼul tashkilotlar xodimlari, sektor shtabi kotibi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari
Sektor rahbarlari, oila va xotin-qizlar boʻlimi
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa mutasaddi tashkilotlar
9-bosqich
1. Sektorlar rahbarlari, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, masʼul tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi boʻyicha tegishli Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga axborot berib boradi.
2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida sektorlar, idora va tashkilotlar rahbari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.
har oy yakunida
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari
Sektor rahbarlari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, masʼul tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi
Sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi va boshqa mutasaddi idoralar
10-bosqich
Sektorlar rahbarlari, tumanlar (shaharlar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari bilan kelishilgan holda, “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni har yili dekabr oyida xalq deputatlari tumanlar (shaharlar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi
Har yili dekabr oyida
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, sektor ishchi guruhi, mahalla fuqarolar yigʻini raisi
Sektor rahbari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi
Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
11-bosqich
“Ayollar daftari”dan chiqarish boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Zaruratga koʻra
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
12-bosqich
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Ayollar daftari” dan chiqarilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sektorlar shtablari kotiblari tomonidan 3 kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi
Sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
13-bosqich
“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar tumanlar (shaharlar) oila va xotin qizlar boʻlimlari tomonidan bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun beriladigan kredit, subsidiya, grant va moddiy yordam turlarining
ROʻYXATI
T/r
Kredit, subsidiya, grant yoki moddiy yordam turi
Mablagʻ miqdori
Moliyalashtirish manbasi
Murojaat etiladigan organ
Mablagʻ ajratilishiga koʻmaklashuvchi masʼul
I. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar uchun
1.
Ikki haftalik, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda, oʻn bir oygacha band boʻlmagan aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish.
mehnat shartnomasiga asosan belgilanadigan miqdorda
Jamoat ishlari jamgʻarmasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Hokim yordamchisi
2.
Ish beruvchilarga — aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun toʻlovni amalga oshirish
har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari
3.
Kasb-hunarga ega boʻlmagan ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish kurslariga jalb etish.
har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari
5.
Zarur hollarda, sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish.
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi
Xalq deputatlari mahalliy kengashi
Xotin-qizlar faoli
II. Tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun
6.
Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun tijorat banki kreditini ajratish.
33 million soʻmgacha
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasidagi resurslar
Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank
Hokim yordamchisi
7.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirish uchun bank kreditini ajratish.
225 million soʻmdan 1 milliard soʻmgacha
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish Davlat dasturlari doirasidagi resurslar
Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank
Hokim yordamchisi
8.
Tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kredit ajratish.
33 million soʻmgacha
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Hokim yordamchisi
9.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarni maxsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitilishini taʼminlash.
Hisob-kitobga koʻra
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
III. Boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun
10.
Bir martalik moddiy yordam berish
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi
Xalq deputatlari mahalliy kengashi
Xotin-qizlar faoli
11.
Sektor rahbari xulosasi asosida, ogʻir turmush sharoitidagi (uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash
bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
IV. Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun:
12.
Bir martalik moddiy yordam berish
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi
Xalq deputatlari mahalliy kengashi
Xotin-qizlar faoli
13.
Sektor rahbari xulosasi asosida, ogʻir turmush sharoitidagi (uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash
bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
IV. Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun
14.
Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash.
turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Xotin-qizlar faoli
15.
Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarori talablari asosida boshlangʻich badalni toʻlash: uy-joyning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
(Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasi)
Xotin-qizlar faoli
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarori talablari asosida belgilangan miqdorda foiz toʻlovlarining bir qismi
Davlat budjeti mablagʻlari
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori talablari asosida boshlangʻich badalni toʻlash: uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida
Davlat budjeti mablagʻlari
Tuman (shahar) hokimligi
(subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish komissiya)
Xotin-qizlar faoli
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori talablari asosida belgilangan miqdorda foiz toʻlovlarining bir qismi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni talablari asosida boshlangʻich badalni toʻlash: 32 million soʻm
Davlat budjeti mablagʻlari
Davlat xizmatlari agentligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Xotin-qizlar faoli
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni talablari asosida belgilangan miqdorda foiz toʻlovlarining bir qismi
Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori talablari asosida boshlangʻich badalni toʻlash: uy-joyning hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
16.
Uy-joy bilan taʼminlash.
Hisob-kitobga koʻra
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) mahalliy budjetlari mablagʻlari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari
Xotin-qizlar faoli
Hisob-kitobga koʻra
Homiylik mablagʻlari hisobidan
Sektor rahbari
Xotin-qizlar faoli
17.
Sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish.
bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi
Xalq deputatlari mahalliy kengashi
Xotin-qizlar faoli
VI. Qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar uchun
18.
Bir martalik moddiy yordam berish.
bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi
Xalq deputatlari mahalliy kengashi
Xotin-qizlar faoli
19.
Sektor rahbari xulosasi asosida, tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish, jumladan, quyidagi maqsadlar uchun kredit ajratish:
yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish;
parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yoʻlga qoʻyish;
dehqonchilik bilan shugʻullanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarini tashkil etish;
“Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala doʻkonlari”ni tashkil etish.
jismoniy shaxslarga 33 million soʻmgacha, fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga 225 million soʻmgacha
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
Hokim yordamchisi
fermer, dehqon xoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga 225 million soʻmdan yuqori
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
Hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
“Ayollar daftari”ga kiritilgan barcha xotin-qizlar uchun
20.
Hokim yordamchilari tavsiyasi asosida yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlaridan ajratilgan yer maydonlarini sugʻorish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sugʻorish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan taʼminlash, berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun (yer haydash, urugʻlik koʻchat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish.
Tadbirkorlik qilishni xohlovchi aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan, ishsiz xotin-qizlarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun sarflanadigan xarajatlarni toʻlashda bir martalik subsidiyalar berish.
Belgilangan summalar
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Hokim yordamchisi
23.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish.
har bir dastgoh uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Hokim yordamchisi
24.
“Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan subsidiya ajratish.
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Hokim yordamchisi
25.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi uchun subsidiya ajratish.
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha va uch oyga teng taqsimlangan holda har bir oy uchun toʻlab beriladi
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Hokim yordamchisi
26.
Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish.
aʼzolik badali miqdorida
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Hokim yordamchisi
27.
Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish.
6 oy davomida oʻrtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobaridan oshmagan miqdorda
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Hokim yordamchisi
28.
Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, shuningdek sugʻorish vositalarini xarid qilish hamda urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya ajratish.
1. Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha;
2. Sugʻorish vositalarini xarid qilish uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha;
3. Urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha.
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Hokim yordamchisi
29.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun subsidiya ajratish.
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Hokim yordamchisi
30.
Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz xotin-qizlarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyalar ajratish.
7 million soʻmgacha
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
Hokim yordamchisi
31.
Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, toʻqimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xoʻjaligi (motokultivator, oʻt oʻrish oʻroq mashinasi, payvandlash apparati, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmasi) va hokazo sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlari)ni xarid qilish uchun subsidiya ajratish.
10 million soʻmgacha
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Hokim yordamchisi
32.
Kasb-hunar taʼlimi muassasalariga — band boʻlmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun grant ajratish.
har bir ishsiz fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari
33.
Kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy oʻquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun grant ajratish.
har bir ishsiz fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari
34.
Tibbiy yordam koʻrsatish zarurati boʻlganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy sanitariya muassasasi tomonidan statsionar yoki ambulator davolash.
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida
Davlat budjeti mablagʻlari
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Xotin-qizlar faoli
35.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼiy nazar) farzandlarini oʻrnatilgan tartibda elektron navbatga qoʻyish orqali viloyat yoki respublika darajasida tibbiy muassasalarda davolash.
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida
Davlat budjeti mablagʻlari
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Xotin-qizlar faoli
36.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼiy nazar) farzandlariga davolash, dori-darmon olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablagʻ zarur boʻlgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan tibbiy muolaja xarajatlarini toʻlab berish.
dori-darmon olib berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha;
murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
Xotin-qizlar faoli
37.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar va ularning farzandlarini reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash.
Hisob-kitobga koʻra
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 3a-ILOVA
Respublika boʻyicha “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan yordamlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r
Hududlar nomi
Reja va ijro
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammosi hal etilganligi
shundan:
1-toifa
2-toifa
3-toifa
4-toifa
5-toifa
6-toifa
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar
Tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar
Boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar
Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar
Uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar
Qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar
Jami
Reja
Amalda
Foiz
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
reja
amalda
foiz
2.
Andijon viloyati
reja
amalda
foiz
3.
Buxoro viloyati
reja
amalda
foiz
4.
Jizzax viloyati
reja
amalda
foiz
5.
Qashqadaryo viloyati
reja
amalda
foiz
6.
Navoiy viloyati
reja
amalda
foiz
7.
Namangan viloyati
reja
amalda
foiz
8.
Samarqand viloyati
reja
amalda
foiz
9.
Sirdaryo viloyati
reja
amalda
foiz
10.
Surxondaryo viloyati
reja
amalda
foiz
11.
Toshkent viloyati
reja
amalda
foiz
12.
Fargʻona viloyati
reja
amalda
foiz
13.
Xorazm viloyati
reja
amalda
foiz
14.
Toshkent shahar
reja
amalda
foiz
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida nizomga 3b-ILOVA
Respublika boʻyicha “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi natijasi boʻyicha hisobot berish
SXEMASI
Bosqichlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Muddatlar
Masʼullar
1-bosqich
1. Individual dasturlar tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan yuritiladi.
yildavomida
Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar hududiy boʻlinmalari
2. Individual dasturda koʻrsatilgan tegishli chora-tadbirlar belgilangan masʼullar tomonidan ijrosi taʼminlanadi hamda individual dasturga qayd etib boriladi.
individual dasturda belgilangan muddatlarda
3. Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari, sektorlar shtablarining kotiblari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizlarning aniqlangan muammolari bartaraf etilganligi haqidagi hisobotlar axborot tizimiga kiritib boriladi
har ish kuni soat 18.00 gacha
2-bosqich
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va tahlil qiladi hamda maʼlumotlarning asosliligini oʻrganish uchun sektorlar rahbarlariga taqdim qiladi.
har 10 kunda
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar hududiy boʻlinmalari
3-bosqich
Sektorlar rahbarlari taqdim qilingan maʼlumotlarni hamda amalga oshirilgan ishlarni tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda hokim yordamchilari bilan tahlil qiladi, muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi hamda amalga oshirilgan ishlarni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga kiritadi.
har oyning 1-sanasiga qadar
Sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, hokim yordamchilari
4-bosqich
1. Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, masʼul tashkilotlar rahbarlari individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosi va uning haqqoniyligi boʻyicha tegishli Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib boradi.
2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida sektorlar, idora va tashkilotlar rahbari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.
3. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi yakuniy maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga taqdim qiladi.
har oy yakunida
Sektorlar rahbarlari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, idora va tashkilotlar rahbari
5-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi maʼlumotlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga taqdim qiladi
keyingi oyning 5-sanasiga kadar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
6-bosqich
1. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalardan olingan maʼlumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan tahlil qiladi.
har oyda
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, tegishli vazirliklar va idoralar
2. “Oila 'va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi “Ayollar daftari”ning yuritilishi boʻyicha mutasaddi boʻlgan vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobdorligini har chorak yakuni bilan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
har chorakda
7-bosqich
1. Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati taqdim qilingan axborot xatini tahlil qiladi, respublika darajasida hap qilinadigan masalalarni oʻrganadi.
2. Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining topshiriq xati yuboriladi.
har chorakda
Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi, Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati
8-bosqich
Vazirlar Mahkamasi tahliliy maʼlumot va takliflarni koʻrib chiqadi hamda zarurat boʻlgan hollarda “Ayollar daftari”ning yuritilishi ijrosini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilishga materiallar tayyorlaydi.
zarur hollarda
Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati
9-bosqich
Barcha muammolar bartaraf etilib, individual dasturda qayd etilgan chora-tadbirlar toʻliq bajarilganidan soʻng “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va masʼullar tomonidan tasdiqlanib, xotin-qizlar roʻyxati xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Ayollar daftari”dan chiqarish uchun kiritiladi.
har yili dekabr oyida
Sektorlar rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga 2-ILOVA
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur nizom “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi) faoliyatini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
2. “Ayollar daftari” tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq “Ayollar daftari” jamgʻarmasi tashkil etiladi.
3. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari tuman (shahar) hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklidagi ochilgan gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
2-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish
4. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) mahalliy budjeti prognozining ortiqcha bajarilgan qismining kamida 15 foizi miqdorida har chorakda ajratiladigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandida belgilangan tushumlarning mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq miqdordagi qismi;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish
5. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz xotin-qizlarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 10 million soʻmgacha subsidiya ajratishga;
dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sugʻorish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan taʼminlash, berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun (yer haydash, urugʻlik koʻchat xarid qilish va boshqalar) bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravarigacha miqdorda moddiy yordam ajratishga;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizini, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha toʻlab berishga;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash xarajatlarini bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda toʻlab berishga;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning voyaga yetmagan farzandlariga (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) davolash, dori vositalarini olib berish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda xarajatlarni toʻlab berishga;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi boʻlgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlarining, lozim boʻlganda I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga davolanish uchun borish-kelish yoʻl xarajatlarini toʻlab berishga;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolaridan kelib chiqib, huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar, jumladan tugʻilganlik haqida guvohnoma va fuqarolik pasportini olish, sudga daʼvo arizasi kiritgani uchun undiriladigan davlat boji toʻlovlari va boshqa xarajatlarni (advokatlarning xizmati uchun toʻlovlar bundan mustasno) sektor rahbari xulosasiga asosan toʻlab berishga;
Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan (taʼlim shaklidan qatʼi nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy taʼlimda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmagan miqdorgacha “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan sektorlar rahbarlari xulosasi asosida bir marotaba toʻlov-kontraktini toʻlab berishga;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ehtiyojlari va xohish-istaklarini oʻrganish natijalari boʻyicha ularni qoʻllab-quvvatlash doirasidagi madaniy-maʼrifiy, sport, turizm va boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga;
“Ayollar daftari”ni yuritish jarayonida foydalaniladigan anketa-soʻrovnomalar va individual dasturlarni chop etish va koʻpaytirish xarajatlarini toʻlab berishga yoʻnaltiriladi.
6. Jamgʻarma mablagʻlarini ushbu nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan maqsadlarga yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturlari asosida Vasiylik kengashi qarori asosida sarflanadi.
8. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu nizomga ilovaga muvofiq manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Vasiylik kengashi raisi, tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassisi Vasiylik kengashi masʼul kotibi hisoblanadi.
Vasiylik kengashi tarkibi tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Vasiylik kengashi raisi va aʼzolari “Ayollar daftari” jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Vasiylik kengashi raisi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqaruvchi hisoblanadi.
9. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining ishchi organi — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi hisoblanadi.
10. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash Vasiylik kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
Vasiylik kengashi yigʻilishlari kengash raisi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi ishchi organi tashabbusiga koʻra hamda zaruratga koʻra, ammo bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
11. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi yigʻilishlariga raislik qiladi.
12. Vasiylik kengashlarining qarorlari Vasiylik kengash yigʻilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
13. Vasiylik kengashi:
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha umumiy rahbarlik qiladi va bu boradagi faoliyatni nazorat qiladi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari tavsiyalari asosida har bir mahalla kesimida taqsimlanishini, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga yuklanilgan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasiga homiylik xayriyalari, shuningdek, xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlarini jalb qilishga koʻmaklashadi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasiga yuklanilgan vazifalarni kengash aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga aloqador boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
14. “Ayollar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi:
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
Vasiylik kengashi yigʻilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yigʻilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Vasiylik kengashi aʼzolariga Vasiylik kengashi yigʻilishining vaqti va oʻtkaziladigan joyi toʻgʻrisida xabar beradi;
davlat tomonidan berilgan ijtimoiy koʻmak va moddiy yordam toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturida qayd etib boradi;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlaydi va koʻrib chiqish uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi;
Vasiylik kengashi qarori bilan Ishchi organga qoʻshimcha vazifalar yuklanishi mumkin.
4-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobot
15. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar tumanlar (shaharlar) hokimliklari hisobot boʻlimlari tomonidan yuritiladi.
16. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 163-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Tumanlar (shaharlar) moliya organlari tomonidan budjet ijrosi hisobotini shakllantirish davrida “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisoboti ham qabul qilinadi.
18. Vasiylik kengashi raisi har oyda “Ayollar daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.
19. “Ayollar daftari” jamgʻarmasining joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi va tuman (shahar) mahalliy budjetiga olib qoʻyilmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi mazkur Nizom doirasida shahar va tumanlarda amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablagʻlar samarali va maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat oʻrnatadi.
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashining
TARKIBI
1.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Vasiylik kengashi raisi
2.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari
3.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, Vasiylik kengashi aʼzosi
4.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, Vasiylik kengashi aʼzosi
5.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) moliya boʻlimi boshligʻi, Vasiylik kengashi aʼzosi
6.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori, Vasiylik kengashi aʼzosi
AT “Xalq banki” tuman (shahar) filiali boshqaruvchisi, Vasiylik kengashi aʼzosi
8.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Vasiylik kengashi aʼzosi
9.
Lavozimiga koʻra
—
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman (shahar) boʻlimi rahbari (kelishuvga koʻra), Vasiylik kengashi aʼzosi
10.
Lavozimiga koʻra
—
Ommaviy axborot vositalari vakili, Vasiylik kengashi aʼzosi (kelishuv asosida)
11.
Lavozimiga koʻra
—
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati (kelishuv asosida)
12.
Lavozimiga koʻra
—
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi xodimi, Vasiylik kengashi masʼul kotibi
Izoh: *Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Vasiylik kengashi tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
**AT “Xalq banki” filiali mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda Vasiylik kengashi tarkibiga “Mikrokreditbank” ATB yoki “Agrobank” ATB filiali boshqaruvchisi yoxud AT “Xalq banki”ning viloyat filialining masʼul xodimi kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga 3-ILOVA
Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
1.
Q.M. Rafikov
—
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, komissiya raisi
2.
Z.B. Maxkamova
—
Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi, komissiya raisining oʻrinbosari
3.
O.A. Saliyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)
4.
M.A. Kadirxanova
—
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)
5.
G.M. Marufova
—
Oliy Majlis Senati qoʻmita aʼzosi (kelishuv asosida)
6.
N.S. Narmatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi (kelishuv asosida)
7.
M.Z. Isayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi (kelishuv asosida)
8.
T.B. Safarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi (kelishuv asosida)
9.
R.A. Maxmudova
—
Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari (kelishuv asosida)
10.
S.B. Artikova
—
Bosh prokuror oʻrinbosari (kelishuv asosida)
11.
A.A. Xaitov
—
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
12.
M.M. Ubaydullayev
—
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori
13.
E.M. Muxitdinov
—
bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari
14.
R.R. Xakimov
—
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari
15.
U.U. Sharifxodjayev
—
xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari
16.
D.K. Adilov
—
qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari
17.
L.Sh. Kudratov
—
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
18.
Sh.J. Teshayev
—
qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
19.
A.S. Nazarov
—
suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari
20.
I.I. Basitxanova
—
sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari
21.
Sh.U. Turdikulova
—
innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari
22.
B.T. Abdullayev
—
ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
23.
A.N. Karimov
—
adliya vaziri oʻrinbosari
24.
J.I. Abruyev
—
moliya vaziri oʻrinbosari
25.
N.H. Muslitdinov
—
maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari
26.
U.A. Qoʻqonboyev
—
madaniyat vaziri oʻrinbosari
27.
U.A. Azamov
—
turizm va madaniy meros vazirining birinchi oʻrinbosari
28.
J.T. Maxsudov
—
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari
29.
S.T. Eshmatov
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
30.
A.A. Kamalov
—
Markaziy bank raisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)
31.
D.M. Gʻulomova
—
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari
32.
F.F. Abduxalikov
—
Kinematografiya agentligi bosh direktori
33.
M.M. Hojimatov
—
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori
34.
F.Sh. Maxmudov
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari
35.
I.K. Djasimov
—
Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari
36.
Sh.X. Atabayev
—
Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi raisi
37.
R.Oʻ. Mamatqulov
—
Aksiyadorlik tijorat “Agrobank” boshqaruvi raisi
38.
O.A. Boʻtayev
—
Aksiyadorlik tijorat “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi
39.
G.A. Rashidova
—
Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi raisi oʻrinbosari
40.
X.N. Xasilov
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi
41.
G.Gʻ. Maxmudova
—
“Tadbirkor ayol” Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi (kelishuv asosida)
42.
Z.N. Axmedova
—
Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi
43.
A.A. Abdumuxtorov
—
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari, komissiyasi shtabi rahbari
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning oʻrniga yangi tayinlangan (saylangan) yoki uning vazifasi yuklatilgan rahbar komissiya aʼzosi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Yoshlar ishlari agentligi, tegishli vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
“Yoshlar daftari”ni yuritish hamda unga kiritiladigan yoshlar bilan ishlash boʻyicha tartibni, hisobot berish va maʼlumotlarni taqdim qilish shaklini amaliyotga joriy etish;
jamiyatda yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka, yoshlarga tushuntirish, shuningdek, “Yoshlar daftari” bilan ishlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirib borish choralarini koʻrsin”.