Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son
qarorini bajarish hamda “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati ustav sarmoyasini aktivlarning bozor qiymati bilan muvofiqlashtirish, jamiyatning aksiyadorlik sarmoyasini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining va “V.P. Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” DAJ boshqa aksiyadorlarining jamiyat ustav sarmoyasini aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoʻli bilan 21005,6 mln soʻmgacha (qayta baholash sanasida 246,4 mln AQSh dollariga teng) koʻpaytirish hamda shu munosabat bilan aksiyalar paketlarini quyidagicha ulushlarda qayta taqsimlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
2. “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” DAJ ustav sarmoyasi 1996-yilda jamiyatga davlat tomonidan budjet hisobidan berilgan aylanma mablagʻlar hamda asosiy vositalar qiymatini toʻliq baholab chiqish hisobiga koʻpaytirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-apreldagi 156-son qarorining 2-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi masalalari” toʻgʻrisida 1993-yil 25-maydagi 250-son
qarori;
Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 31-avgustdagi 442-son
qarori;
Vazirlar Mahkamasining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 7-martdagi 85-son
qarori.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.