toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika taʼminotini yanada yaxshilash toʻgʻrisida
Inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazaning tizimli shakllantirilishini tashkil etish, 2021 — 2023-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha kengashida Oʻzbekiston Respublikasining aʼzoligi samarali amalga oshirilishini taʼminlash doirasida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining moddiy-texnika taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida:
1. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tuzilmasida “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyatining 6 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga:
2 ta shtat birligidan iborat Inson huquqlari boʻyicha axborot-kutubxona markazi — “Inson huquqlari uyi” tashkil etilsin;
matbuot kotibi lavozimi negizida Matbuot xizmati tashkil etilsin va qoʻshimcha 2 ta shtat birligi kiritilsin;
Inson huquqlari sohasidagi taʼlim va maʼrifat boʻlimi hamda Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hamkorlik boʻlimiga qoʻshimcha 1 tadan shtat birligi kiritilsin.
2. Markazga quyidagi qoʻshimcha asosiy vazifalar yuklatilsin:
inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, oʻquv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi toʻplamlari doimiy chop etilishini taʼminlash;
inson huquqlarini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari boʻyicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish.
3. Yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan hamda Markaz faoliyati samaradorligini oshirishga katta hissa qoʻshayotgan xodimlarni yanada ragʻbatlantirish maqsadida Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yillik mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi tashkil etilsin.
Belgilansinki, maxsus fond mablagʻlari Markaz direktorining buyrugʻiga binoan Markazning boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga ularning mehnatga haq toʻlash fondining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar belgilash uchun yoʻnaltiriladi.
Markaz (A.X. Saidov) Adliya vazirligi (R.K. Davletov) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda maxsus fond mablagʻlaridan foydalanish tartibi, shuningdek, Markaz xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlarini tasdiqlasin.
4. Markaz direktoriga belgilangan mehnatga haq toʻlash fondidan tejab qolingan, shuningdek, tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari toʻldirilmaganligi sababli boʻshab qolgan mablagʻlarni Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish huquqi berilsin.
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Islom Karimov koʻchasi, 15-uy manzilida joylashgan Markaz binosining “B” korpusini rekonstruksiya qilish ishlarini tashkillashtirsin;
Markazni Inson huquqlari boʻyicha axborot-kutubxona markazi — “Inson huquqlari uyi” faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan axborot-kutubxona dasturiy taʼminoti, multimedia mahsulotlari, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Markaz direktori A.X. Saidov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-mart,
PQ-180-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4056-son qarorida:
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, oʻquv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi toʻplamlari doimiy chop etilishini taʼminlash;
inson huquqlarini taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari boʻyicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish”;
b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “35 nafar” soʻzlari “41 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidan “va koʻp yillik xizmatlari uchun qoʻshimcha haq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “1,7” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“belgilangan mehnatga haq toʻlash fondidan tejab qolingan mablagʻlarni, shuningdek, tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan birliklar toʻldirilmaganligi sababli boʻshab qolgan mablagʻlarni Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun sarflash”;
uchinchi xatboshi tegishincha toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining
TASHKILIY TUZILMASI

Direktor

Yordamchi

Direktorning birinchi oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Inson huquqlari sohasidagi tahlil va tadqiqotlar boʻlimi

4

Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hamkorlik boʻlimi

5

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni implementatsiya qilish boʻlimi

4

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

4

Bosh yuriskonsult

1

Matbuot xizmati

3

Inson huquqlari sohasidagi taʼlim va maʼrifat boʻlimi

4

Tahririyat-nashriyot boʻlimi

2

“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati

Umumiy boʻlim

3

Hisob-kitob boʻlimi

2

Axborot-resurs multimedia boʻlimi

3

Inson huquqlari boʻyicha axborot-kutubxona markazi — “Inson huquqlari uyi”

2

 

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 41 nafar.
Izoh: texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning soni meʼyorlar boʻyicha belgilanadi”.
quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi koʻrib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish”;
oʻninchi — yigirma toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oʻn ikkinchi — oʻttiz birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
“211. Yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan, Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga hissa qoʻshayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yillik mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus fond) tashkil etiladi.
Bunda:
Maxsus fond mablagʻlari Markaz direktorining buyrugʻiga binoan Markazning boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga ularning mehnatga haq toʻlash fondining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar belgilash uchun yoʻnaltiriladi;
Maxsus fond mablagʻlaridan foydalanish tartibi, shuningdek, Markaz xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari Markaz direktori tomonidan belgilanadi”;
231-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“231. Markaz xodimlarining, shu jumladan yordamchi xodimlarning lavozim maoshiga ragʻbatlantirish koeffitsiyenti va Maxsus fonddan har oylik ustamalar hisobga olingan holda, davlat organlaridagi koʻp yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan 20 yilgacha — 0,4; 20 yildan ortiq — 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar toʻlanadi. Bunda, qonunchilik hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6012-son Farmonida belgilangan miqdordan yuqoriroq ustama belgilangan taqdirda, mazkur ustama yuqoriroq miqdor boʻyicha toʻlanadi”;
j) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari

Lavozimning nomlanishi

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

Direktor

19

Direktorning birinchi oʻrinbosari

18

Direktor oʻrinbosari

17

Matbuot kotibi

17

Direktor yordamchisi

15

Boʻlim boshligʻi

15

Bosh buxgalter

15

Bosh yuriskonsult

14

Bosh mutaxassis

12

Kadrlar boʻyicha bosh inspektor

12

Yetakchi mutaxassis

11

1-toifali ish yurituvchi

8

2-toifali ish yurituvchi

7

Gʻaznachi

7

Xoʻjalik ishlari mudiri

7

”.

2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyatining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 932-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “24 nafar” soʻzlari “18 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati
TUZILMASI

Bosh muharrir

Masʼul kotib

 

Bosh muharrir oʻrinbosari

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va bosma nashrlarning elektron shakli xizmati boʻlimi

2

Buxgalteriya

2

Tashkiliy ijodiy guruh

3

Kadrlar boʻyicha inspektor

Marketing, reklama va targʻibot boʻlimi

3

Tahririyatning texnik guruhi

3

 

Xoʻjalik ishlari mudiri

Tahririyat xodimlarining umumiy cheklangan soni 18 nafar”;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlari mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI

T/r

Lavozim

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

1.

Bosh muharrir

16

2.

Bosh muharrir oʻrinbosari

15

3.

Masʼul kotib

14

4.

Bosh hisobchi

13

5.

Ijodiy (texnik) guruh rahbari

13

6.

Boʻlim boshligʻi

13

7.

Katta tahrirchi

11

8.

Katta muharrir

11

9.

Tarjimon

11

11.

Bosh mutaxassis

11

12.

Yetakchi mutaxassis

10

13.

Mutaxassis (iqtisodchi)

9

14.

Texnik mutaxassis

6

15.

Kadrlar boʻyicha inspektor

4

16.

Xoʻjalik ishlari mudiri

3

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)