1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2000-yil 29-aprelda 87-son bilan “TASDIQLANGAN”
HAYDOVChILIK GUVOHNOMASIGA TALON BERISh VA ALMAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Yo‘riqnoma
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 9-iyunda 934-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-sonli “Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2240, 05.07.2011-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. Haydovchilik guvohnomasiga talon (1-ilova) berish Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘lim (bo‘linma) (keyingi o‘rinlarda — RIB (TRIB))lari orqali doimiy (vaqtinchalik) turar-joyga ega bo‘lgan, talon uchun belgilangan to‘lovni to‘lagan, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha nazariy imtihon topshirgan, o‘rnatilgan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslarga, ularning shaxsiy pasportlari (harbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet), transportni texpasporti, ishonch qog‘ozi (shaxsiy transport egalari uchun), ish joyidan ma’lumotnoma (yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan transport vositalari haydovchilari uchun) imtihon varaqasi va haydovchilik guvohnomalarini ko‘rib, ularning arizalari asosida beriladi.
1.1 Yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yozuvlari (muhrlari) noaniq holdagi talonlarni almashtirish faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘lim (bo‘linma) (keyingi o‘rinlarda — RIB (TRIB))lari orqali amalga oshiriladi.
1.2 Korxonalar, muassasalar va idoralarda haydovchi lavozimida ishlab turuvchi yoki O‘zbekiston Respublikasiga uch oydan ortiq muddatga xizmat safariga kelgan boshqa davlat fuqarolariga haydovchilik guvohnomasiga talon umumiy tartibda, ularni ishlab turgan joylaridan olingan yozma bayonotga asosan beriladi.
(1 va 1.1-bandlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
2. Haydovchilik guvohnomasi talonida MJtKning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan qoidabuzarliklardan uchtasi bir yil mobaynida qayd etilganda haydovchilik guvohnomasining taloni tuman (shahar) IIB avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmasi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektoriva Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’muriy amaliyot bo‘limi xodimlari tomonidan almashtirib beriladi.
Haydovchilik guvohnomasining talonini almashtirish uchun fuqaroning shaxsiy pasporti, imtihon varaqasi, belgilangan tartibdagi to‘lov kvitansiyasi, haydovchilik guvohnomasi va uning eski taloni taqdim etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
3. Haydovchilik guvohnomasiga berilgan talon yo‘qotilgan takdirda tiklanayotgan (ikkinchi) talon RIB (TRIB)lar tomonidan nazariy, agar 12 oy davomida haydovchi transport vositasini boshqarmagan bo‘lsa qo‘shimcha ravishda amaliy imtihon olingandan so‘ng beriladi.
3.1. Haydovchilik guvohnomasining yo‘qotilgan taloni o‘rniga yangisi berilishidan avval haydovchining yashash joyidagi (haydovchi lavozimida ishlayotgan shaxslar transport vositasining doimiy (vaqtinchalik) ro‘yxatga olingan joylardagi) shahar, tuman IIB avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmalaridan haydovchining bir yil davomida sodir etgan huquqbuzarliklari va ushbu bo‘linmalarda uning haydovchilik guvohnomasi taloni saqlanmayotganligi haqida ma’lumot talab etiladi.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
3.2 O‘rniga yangisi berilgan, yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi taloni topilgan taqdirda haqiqiy emas deb hisoblanadi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari RIB (TRIB)ida belgilangan tartibda dalolatnoma orqali yo‘q qilinadi.
(3.2-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
4. Haydovchilik guvohnomasi taloni RIB(TRIB)lar tomonidan almashtirib berilganda eski talonda qayd etilgan, bir yillik muddati o‘tmagan barcha huquqbuzarliklar haqidagi belgilar yangi talonga ko‘chirib yoziladi.
5. Haydovchilik guvohnomasiga talon berilganda va almashtirilganda, haydovchilik guvohnomasining alohida belgilari grafasiga va imtihon varaqasiga berilgan talonning seriyasi va raqamlari yozib qo‘yiladi.
6. Haydovchilik guvohnomasining talonini almashtirish uchun asos bo‘lgan hujjatlar ish jildiga tikilib, varaqlari raqamlanadi.
Ish jildining oxirgi varag‘ida “Ushbu ish jild, ___varaq, raqamlangan va muhrlangan” deb yozilib, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi tomonidan imzolanadi. Ish jildi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmasida (bo‘limida, boshqarmasida) 2 yil saqlanadi va muddati o‘tgandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
7. Haydovchilik guvohnomasiga berilgan talon haqidagi ma’lumotlar maxsus jurnalda (2-ilova) qayd etiladi. Taloni almashtirilayotgan shaxs mazkur jurnalga imzo chekkanidan so‘ng unga yangi talon beriladi. Jurnallar talon berilgan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati RIB (TRIB), tuman (shahar) IIB avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish qoida va me’yorlariga amal qilishning nazorati bo‘yicha bo‘linmalarida 60 yil davomida saqlanadi.
8. Haydovchilik guvohnomalari talonlari viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari RIB (TRIB) laridan ishonch qog‘ozi va nakladnoy orqali olinadi.
(7 va 8-bandlar O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
“Haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga 1-ILOVA
Haydovchilik guvohnomasining taloni to‘rtburchak shakldagi, o‘lchamlari 102 x 62 mm. bo‘lgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan va ultrabinafsha nurda ko‘rinmaydigan qog‘ozdan tayyorlanadi. Qog‘oz qatlami orasiga joylashgan, ultarabinafsha nurda ko‘rinadigan ko‘k va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanog‘i” ko‘rinishidagi uch o‘lchamli umumiy “suv belgi”si mavjud. Ofsetli yozuv, seriyasi “O’zR”, nomeri yettita raqamli.
Blanka quyidagi maxsus himoyalarga ega:
kimyoviy ta’sirga bardoshli poligraf bo‘yoqdan foydalanilgan, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilolanishi ta’minlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn ko‘rinadi, ultrabinafsha nurda ko‘rinmaydigan tasvirlar va yettita raqamli son ko‘rinadi. Maxsus qabariq va o‘yiqlar mavjud.
Lotin alifbosi harflaridagi o‘zbek tili qo‘llangan.
Talonning old tomonida berilgan haydovchilik guvohnomasining seriyasi va raqamlarini yozish uchun joy, blanka nomi va uning seriyasi hamda nomeri, egasi haqida ma’lumot, kim tomonidan qachon berilganligi, A, V, S, D va E toifalari ko‘rsatilgan, nurda aniq ko‘rinuvchi sakkiz qirrali yulduz rasmi va “UZ” yozuvi tushirilgan.
Haydovchilik guvohnomasi talonining orqa tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishlarini qayd etish uchun jadval, haydovchilik guvohnomasi kim tomonidan va qachon olib qo‘yilganligi to‘g‘risida belgilar uchun joy va muhr o‘rni ko‘rsatilgan. Toifalari bo‘yicha transport vositalarining surati tushirilgan.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2006-yil 30-dekabrdagi 266-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 933-2, 934-1, 11.01.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)
Yo‘riqnomaga 2-sonli ilova
Haydovchilik guvohnomasi talonini almashtirish
KITOBI
T/r
Ismi sharifi
Tug‘ilgan kuni va joyi
Turar joyi
Ish joyi, mansabi telefon
Transport vositasining rusumi Davlat belgisi Shaxsiy transport vositalari egalari uchun
Qaysi toifadagi transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi berilgan
Haydovchilik guvohnomasini seriyasi va raqami
Haydovchilik guvohnomasiga berilgan talon raqami va seriyasi
Boshlandi 200 ___ y. “____” __________________ Tugallandi 200 ___ y. “____” _________________
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son,O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 1-2-son, 19-modda)