

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;01.07.2003
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-589172" id="onLBC-589172">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6095"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.11.00 Xalqaro va xorijiy NNT;</span></div><div id="LBC7302"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-589172" id="onLS-589172">[<b>TSZ:</b><div id="LS3684"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar;</span></div><div id="LS3702"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-589186" id="-589186">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-589188" id="-589188">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-589191" id="-589191">“USTOZ” RESPUBLIKA JAMFARMASI FAOLIYATINI TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-589868" id="-589868">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-iyuldagi PF-3272-sonli “Istiqbolli yosh pedagoglarni va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va tajriba orttirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-484629">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-589192" id="-589192"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589197" id="-589197">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-179650">Farmonini </a>hamda Kadrlar tayyorlash <a href="/mact/-230304">milliy dasturini </a>hayotga tatbiq etish, taʼlim muassasalari, birinchi navbatda oliy taʼlim muassasalari professor-pedagog xodimlari safidan yetuk oʻqituvchilar tayyorlash, ularning rivojlangan, demokratik xorijiy mamlakatlar taʼlimidagi ijobiy tajribalarni oʻrganishi, oʻqitishning yangi pedagogik texnologiyalari bilan tanishishi va chet ellarda tajriba orttirishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589199" id="-589199">1. “Ustoz” respublika jamgʻarmasi tashkil etilganligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganligi inobatga olinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589202" id="-589202">2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston banklar uyushmasi, vazirliklar va idoralar, kompaniyalar, qoʻshma korxonalar, jamgʻarmalar, oliy oʻquv yurtlari va boshqa tashkilotlarning “Ustoz” respublika jamgʻarmasi muassislari sifatida ishtirok etishlari eʼtiborga olinsin (<a href="/mact/-589172#-589288">1-ilova</a>) hamda ularning Jamgʻarmaga moliyaviy, moddiy-texnikaviy yordam koʻrsatish haqidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589206" id="-589206">Jamgʻarma barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar, uyushmalar, jamgʻarmalar va fuqarolar uchun ochiq deb eʼlon qilingani maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589209" id="-589209">3. “Ustoz” respublika jamgʻarmasining boshqaruv tarkibi 2-ilovaga<a href="/mact/-589172#-1171285">*</a>, Jamgʻarmaning <a href="/mact/-589172#-589447">Nizomi</a> va uning <a href="/mact/-589172#-589856">tuzilmasi</a> 3 — 4-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1171285" id="-1171285">* 2-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589213" id="-589213">4. Quyidagilar “Ustoz” respublika jamgʻarmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589215" id="-589215">Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim muassasalari, birinchi navbatda oliy taʼlim tizimi professor-pedagog xodimlari safidan yetuk oʻqituvchi kadrlar tayyorlashga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589218" id="-589218">iqtidorli yosh pedagoglarni aniqlash, ularning qobiliyati, ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish, kasb malakasini yuksaltirish, rivojlangan demokratik davlatlarning yetuk oʻquv yurtlarida va markazlarida tajriba orttirishiga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589221" id="-589221">professor-pedagog kadrlarni xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirishga yuborish maqsadida tanlovlar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589223" id="-589223">xorijda malaka oshirayotgan va tajriba orttirayotgan professor-pedagoglarning taʼlim olish jarayoni, shuningdek, oʻqishdan keyingi mehnat faoliyati monitoringini olib borish, ularning ilmiy-pedagogik salohiyatidan samarali foydalanishga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589226" id="-589226">Jamgʻarmaning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan mukofotlarini taʼsis etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589228" id="-589228">professor-pedagog va oʻqituvchilarning malakasini oshirish maqsadida homiylar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ichki hamda chet ellik sarmoyadorlarning investitsiyalarini yuqori malakali professor-pedagog va oʻqituvchi kadrlar tayyorlashga jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589230" id="-589230">taʼlimga doir xalqaro loyiha va dasturlarda ishtirok etish, uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimiga rivojlangan demokratik mamlakatlar taʼlim tizimining ilgʻor tajribalarini yoyish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589233" id="-589233">5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589236" id="-589236">rivojlangan demokratik mamlakatlarning taʼlim tizimidagi ijobiy tajribalari oʻrganiladigan chet el taʼlim muassasalari va markazlarini aniqlashda Jamgʻarmaga koʻmaklashsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589239" id="-589239">chet elda bilim olayotgan va malaka oshirayotgan professor-pedagog kadrlarni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotiga oid zarur axborot manbalari bilan uzluksiz taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589244" id="-589244">6. Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish uchun 25 mln. soʻm mablagʻ ajratsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589248" id="-589248">7. Pul-kredit siyosati boʻyicha Respublika komissiyasi Jamgʻarma faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar konvertatsiyasini ustuvor tarzda taʼminlasin (matbuotda berilmaydi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589252" id="-589252">8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Jamgʻarmani oʻz binosiga joylashtirsin hamda kompyuter texnikasi va ofis jihozlari bilan taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589256" id="-589256">9. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari Jamgʻarma faoliyatini muntazam yoritib borishni taʼminlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589259" id="-589259">10. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Jamgʻarmani aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589263" id="-589263">11. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi Jamgʻarmaga xizmat koʻrsatish uchun ikkita yengil avtomobil, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uning xarajatlari uchun zarur boʻlgan limit ajratsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589268" id="-589268">12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-589272" id="-589272">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-589274" id="-589274">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-589279" id="-589279">1997-yil 30-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-589282" id="-589282">576-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-589288" id="-589288"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-589291" id="-589291">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-dekabrdagi 576-son <a href="/mact/-589172">qaroriga</a><br />1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-589294" id="-589294">“Ustoz” respublika jamgʻarmasi muassislarining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-589338" id="-589338">ROʻYXATI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-589333" id="-589333"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589341" id="-589341">1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589344" id="-589344">2. Xalq taʼlimi vazirligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589349" id="-589349">3. Tashqi ishlar vazirligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589352" id="-589352">4. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589355" id="-589355">5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589357" id="-589357">6. Fan va texnika davlat qoʻmitasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589360" id="-589360">7. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589362" id="-589362">8. Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589364" id="-589364">9. Oʻzbekiston banklar uyushmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589367" id="-589367">10. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589369" id="-589369">11. Respublika aksiyadorlik-tijorat sanoat-qurilish banki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589371" id="-589371">12. Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat “Paxta-bank”</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589374" id="-589374">13. Ixtisoslashtirilgan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589376" id="-589376">14. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589379" id="-589379">15. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589381" id="-589381">16. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589384" id="-589384">17. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589387" id="-589387">18. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589389" id="-589389">19. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589393" id="-589393">20. “Oʻzbekinvest” eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589396" id="-589396">21. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589399" id="-589399">22. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589406" id="-589406">23. Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589408" id="-589408">24. “Oʻzbektelekom” konserni</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589411" id="-589411">25. “Zarafshon-Nyumont” Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589413" id="-589413">26. “Oʻzplastital” Oʻzbekiston — Italiya qoʻshma korxonasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589415" id="-589415">27. “Oʻzdunrobita” Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589417" id="-589417">28. “OʻzDEUavto” Oʻzbekiston — Koreya qoʻshma korxonasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589418" id="-589418">29. “Biznes-fond”</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589419" id="-589419">30. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589420" id="-589420">31. Toshkent davlat universiteti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589421" id="-589421">32. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589422" id="-589422">33. Toshkent davlat texnika universiteti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589423" id="-589423">34. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589424" id="-589424">35. Qoraqalpogʻiston davlat universiteti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589425" id="-589425">36. Samarqand davlat universiteti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589426" id="-589426">37. Fargʻona davlat universiteti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589427" id="-589427">Ushbu roʻyxat, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, “Ustoz” jamgʻarmasiga muassis va homiy boʻlish istagini bildirgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, jumladan, xorijiy korxonalar va tashkilotlar bilan toʻldirilishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-589447" id="-589447"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-589449" id="-589449">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-dekabrdagi 576-son <a href="/mact/-589172">qaroriga</a><br />3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-589450" id="-589450">“Ustoz” respublika jamgʻarmasi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-589453" id="-589453">NIZOMI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-589455" id="-589455"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-589456" id="-589456">I. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589458" id="-589458">1. “Ustoz” respublika jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-179650">Farmoniga </a>muvofiq tashkil etilgan boʻlib, taʼlim muassasalari, birinchi navbatda, oliy taʼlim muassasalari professor-pedagog xodimlari safidan yetuk oʻqituvchi kadrlar tayyorlash, ularning rivojlangan xorijiy mamlakatlar taʼlimidagi ijobiy tajribalarni oʻrganishi, oʻqitishning yangi pedagogik texnologiyalari bilan tanishishi va chet ellarda tajriba orttirishini taʼminlash maqsadini koʻzda tutgan notijorat xayriya jamgʻarmasi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589460" id="-589460">2. Jamgʻarma oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasiga</a>, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589461" id="-589461">3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan muhrga, shtamplarga, blanklarga va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boshqa rekvizitlarga ega boʻladi hamda banklarda oʻz hisob raqamini ochadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589462" id="-589462">4. Jamgʻarma muassislarning ixtiyoriy badallari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi va oʻz faoliyatini amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589463" id="-589463">5. Jamgʻarmaning manzili — Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 45-uy.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-589464" id="-589464">II. JAMGʻARMANING MAQSADI VA VAZIFALARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589465" id="-589465">Jamgʻarmaning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589466" id="-589466">Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim muassasalari, birinchi navbatda, oliy taʼlim muassasalari professor-pedagog xodimlari safidan yetuk oʻqituvchi kadrlar tayyorlashga koʻmaklashish, shu maqsadda taʼlim tizimi professor-pedagoglarining rivojlangan demokratik mamlakatlar taʼlimidagi ijobiy tajribalar, oʻqitishning yangi pedagogik texnologiyalarini oʻrganishini va chet ellarda malaka oshirishini tashkil qilish va taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589469" id="-589469">oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari uchun professor-oʻqituvchi kadrlarni chet eldagi yetakchi oʻquv va ilmiy markazlarda tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589474" id="-589474">iqtidorli yosh pedagoglarni aniqlash, ularning qobiliyati, ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish maqsadida kasb malakasini yuksaltirishga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589476" id="-589476">professor-pedagog kadrlarni xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirishga yuborish maqsadida tanlovlar oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589477" id="-589477">xorijda malaka oshirayotgan va tajriba orttirayotgan professor-pedagoglarning taʼlim olish jarayoni, shuningdek, oʻqishdan keyingi mehnat faoliyati monitoringini olib borish, ularning ilmiy-pedagogik salohiyatidan samarali foydalanishga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589480" id="-589480">Jamgʻarmaning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan mukofotlarini taʼsis etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589481" id="-589481">pedagogik faoliyatning ijtimoiy maqomi va obroʻ-eʼtiborini oshirish borasida faoliyat koʻrsatish, chunonchi, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”, “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi”, “Yilning eng yaxshi ilmiy rahbari” kabi Jamgʻarma sovrindorlarini aniqlash uchun koʻrik-tanlovlarni tayyorlash va oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589484" id="-589484">Professor-pedagog va oʻqituvchilarning malakasini oshirish maqsadida homiylar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ichki hamda chet ellik sarmoyadorlarning investitsiyalarini yuqori malakali professor-pedagog va oʻqituvchi kadrlar tayyorlashga jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589486" id="-589486">taʼlimga doir xalqaro loyiha va dasturlarda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589487" id="-589487">uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimiga rivojlangan demokratik mamlakatlar taʼlim tizimining ilgʻor tajribalarini yoyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589489" id="-589489">taʼlimni axborot bilan taʼminlash tizimini rivojlantirish, uzluksiz taʼlim tizimini jahon axborot tarmogʻi bilan ilgʻor axborot texnologiyalari asosida bogʻlashga koʻmaklashish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yuqori malakali chet el mutaxassislarini jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589490" id="-589490">Oʻzbekistonlik yetakchi professor-pedagoglar, olimlar va mutaxassislarning oʻquv-uslubiy, ilmiy asarlarini nashr etishga koʻmaklashish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589491" id="-589491">Jamgʻarma oʻqituvchi, professor-pedagog xodimlarning chet ellardagi yetakchi oʻquv muassasalari va markazlarida tajriba orttirishlariga oid dasturlar, loyihalar tuzadi, ularni shu maqsadda jamlangan mablagʻlar hisobiga amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-589494" id="-589494">III. MALAKA OShIRISh ShAKLLARI VA MUDDATLARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589496" id="-589496">Jamgʻarma yoʻllanmasi boʻyicha professor-pedagoglarni malakasini oshirish quyidagi shaklda olib boriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589498" id="-589498">professor-pedagoglarni qayta tayyorlash (6 oygacha);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589500" id="-589500">malaka oshirish (3 oygacha);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589502" id="-589502">tajriba almashish (2 oygacha).</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-589510" id="-589510">IV. JAMGʻARMA GRANTLARINI OLISh TANLOVI TARTIBI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589512" id="-589512">1. “Ustoz” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimidagi professor-pedagoglarning rivojlangan demokratik mamlakatlar taʼlimidagi ijobiy tajribalarni, oʻqitishning yangi pedagogik texnologiyalarini oʻrganishi, chet ellarda malaka oshirish va mutaxassislarni qayta tayyorlash boʻyicha tanlovlarni tashkil etadi hamda ular haqidagi axborotlarni matbuotda muntazam ravishda eʼlon qilib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589513" id="-589513">Tanlov gʻoliblarining Jamgʻarma grantlari boʻyicha xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi (qayta tayyorlash) shartnoma asosida olib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589514" id="-589514">Tanlovning asosiy maqsadi obyektivlik, oshkoralik, keng qamrovlilikni taʼminlash, jamoatchilikning fikrini inobatga olgan holda vatanparvar, yuqori malakali, madaniyatli, jiddiy ilmiy talablarga javob bera oladigan, oʻz sohasining yetuk mutaxassislarini saralab olishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589516" id="-589516">2. “Ustoz” jamgʻarmasi grantlarini olish tanlovlarida Oʻzbekiston fuqaroligiga ega boʻlgan, oliy maʼlumotli, taʼlim muassasalarining, birinchi navbatda oliy taʼlim muassasalarining quyidagi tanlov mezonlariga munosib boʻlgan professor-pedagoglari va xodimlari ishtirok etishlari mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589519" id="-589519">tanlagan mutaxassisligi boʻyicha 5 yildan kam boʻlmagan uzluksiz mehnat tajribasiga ega boʻlgan va oʻz sohasini mukammal oʻzlashtirgan pedagoglar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589522" id="-589522">uzluksiz taʼlim sohasining tashabbuskori va ijodkorlari, yilning eng yaxshi oʻqituvchisi, yilning eng yaxshi tarbiyachisi, yilning eng yaxshi ilmiy rahbari kabi respublika va viloyatlar koʻrik-tanlovlari gʻoliblari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589524" id="-589524">ilmiy-uslubiy sohada izlanuvchan, uslubiy tavsiyalar, dasturlar, qoʻllanmalar, darsliklar, maqolalar, ixtirolar, yangi pedagogik texnologiyalarning mualliflari, taʼlim-tarbiya sohasida doktorlik ilmiy izlanishi olib borayotgan pedagog-xodimlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589528" id="-589528">yuqori saviyada ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy bilimlarga ega boʻlgan pedagog-xodimlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589531" id="-589531">oʻz sohasida xorijiy ilgʻor tajribalarni oʻrganishga istak bildirgan va shu mamlakat tilini biladigan, sogʻlom, vatanparvar, yuksak milliy madaniyat sohiblari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589533" id="-589533">3. Tanlovga quyidagi hujjatlar topshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589535" id="-589535">tanlov komissiyasi nomiga ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589537" id="-589537">oʻquv muassasasi tavsiyanomasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589539" id="-589539">taʼlim, ilmiy daraja va unvonlar toʻgʻrisidagi hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589542" id="-589542">mazkur hujjatlarning xorijiy taʼlim olib boriladigan tildagi tarjimasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589544" id="-589544">chop etilgan uslubiy tavsiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy asarlar va ixtirolar roʻyxati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589546" id="-589546">rasmiy anketa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589548" id="-589548">mehnat daftarchasidan koʻchirma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589550" id="-589550">tibbiy maʼlumotnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589552" id="-589552">fotosurat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589555" id="-589555">yuqori malaka mutaxassisligini belgilaydigan boshqa hujjatlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589557" id="-589557">4. Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589559" id="-589559">Birinchi bosqich Respublika Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari hamkorligida tashkil etiladigan joylardagi tanlov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga “Ustoz” jamgʻarmasi vakili kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589562" id="-589562">Komissiya tanlovda qatnashish istagini bildirgan pedagoglar, tarbiyachilar va professor-oʻqituvchilarning hujjatlarini oʻquv muassasalari tavsiyasiga asosan qabul qiladi va tanlovni tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589564" id="-589564">Tanlovning mazkur bosqichi yuqorida keltirilgan mezonlar boʻyicha tuzilgan maxsus testlar asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589566" id="-589566">Ikkinchi bosqich “Ustoz” jamgʻarmasi huzuridagi markaziy tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi va sohalar yoʻnalishlari boʻyicha hamda chet tili boʻyicha sinov-suhbatlar shaklida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589570" id="-589570">Markaziy tanlov komissiyasi tarkibi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589732" id="-589732">5. Tanlovlar “Ustoz” jamgʻarmasi boshqaruvi tasdiqlagan jadval asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589734" id="-589734">6. Tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar oʻz sohalari va toifalariga muvofiq “Ustoz” jamgʻarmasi rejasi asosida xorijga borishga yoʻllanmalar oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589736" id="-589736">7. “Ustoz” jamgʻarmasi tanlovidan oʻtgan va oʻqishga jalb etilgan nomzodlarning asosiy ish joylaridagi lavozimlari va maoshlari saqlanib qoladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-589741" id="-589741">V. JAMGʻARMANING HUQUQLARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589744" id="-589744">Jamgʻarma quyidagi huquqlarga egadir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589747" id="-589747">1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va xorijiy mamlakatlarda oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻz vakolati doirasida shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlar tuzish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589750" id="-589750">2. Nizom maqsadlari doirasida respublika hududida va uning tashqarisida koʻrgazmalar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar majmuini tayyorlash va oʻtkazish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589752" id="-589752">3. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga rioya qilgan holda, Nizom maqsadlarini bajarish uchun zarur boʻlgan taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatishni uyushtiradigan kichik va qoʻshma korxonalar, markazlar taʼsischisi boʻlish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589756" id="-589756">4. Mavjud qonunchilik doirasida noshirlik faoliyatini amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589758" id="-589758">5. Nizom maqsadlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va Nizomga zid boʻlmagan tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqa faoliyatlarni amalga oshirish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-589760" id="-589760">VI. JAMGʻARMANING BOShQARUV ORGANI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589762" id="-589762">1. Jamgʻarmaning rahbar organi Boshqaruv boʻlib, u Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasiga hisobot beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589764" id="-589764">2. Boshqaruv Jamgʻarmaning hayʼat organi boʻlib, uning tarkibi va raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv yigʻilishlariga Rais rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589767" id="-589767">Rais oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589771" id="-589771">Boshqaruv yigʻilishlari zaruriyatga koʻra (kamida 6 oyda bir marta) oʻtkaziladi, Boshqaruv qarorlari Rais imzosi bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589774" id="-589774">Boshqaruvning vazifalari doirasiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589778" id="-589778">Jamgʻarma faoliyatining uning maqsadlariga doir yoʻnalishlarini ishlab chiqish va nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589780" id="-589780">yetakchi professor-oʻqituvchi kadrlar tayyorlash maqsadida rivojlangan demokratik davlatlardagi ilgʻor taʼlim muassasalari va markazlarini aniqlash hamda ular bilan hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589782" id="-589782">Jamgʻarma homiylari bilan aloqalar oʻrnatish va hamkorlik qilish, moliyaviy mablagʻlar, shuningdek, chet el investitsiyalarini izlab topish va yuqori malakali chet el mutaxassislarini yetakchi professor-pedagog va oʻqituvchi kadrlarni tayyorlash jarayoniga jalb etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589785" id="-589785">Jamgʻarma grantlarining har yillik sonini belgilash hamda ularni taqsimlash, Markaziy tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589787" id="-589787">joylardagi Jamgʻarma tanlov komissiyalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589790" id="-589790">chet ellarda malakasini oshirgan hamda qayta tayyorlangan professor-pedagoglar va oʻqituvchilarning mehnat faoliyati monitoringini olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589794" id="-589794">ijro etuvchi direktor tomonidan taqdim qilingan Jamgʻarma faoliyatining har yillik rejalarini tasdiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589796" id="-589796">Jamgʻarmaning yillik hisobotini muhokama qilish va tasdiqlash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589798" id="-589798">3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Rais oʻrinbosari — ijro etuvchi direktor Jamgʻarmaning joriy faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan barcha masalalarni amalga oshirishga rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589801" id="-589801">Ijro etuvchi direktor vazifalari doirasiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589804" id="-589804">Jamgʻarma faoliyatining uning maqsadlari asosida belgilangan yoʻnalishlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589806" id="-589806">Boshqaruv qarorlarini hayotga tatbiq etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589809" id="-589809">respublika mintaqalari boʻyicha chet el tajribalarini oʻrganishga va malakasini oshirishga munosib professor-pedagog kadrlarni aniqlashga doir tanlovlarni tashkil qilish va natijalarini umumlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589811" id="-589811">tanlov natijasida belgilangan Jamgʻarma grantlari boʻyicha grant sovrindori bilan chet davlatda malaka oshirish (qayta tayyorlash) yuzasidan shartnoma tuzish va uning bajarilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589813" id="-589813">Jamgʻarma vazifalarini amalga oshirish uchun yetakchi mutaxassislardan iborat ishchi va ekspert guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyatini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589816" id="-589816">taʼlimning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tajriba orttirayotgan va malaka oshirayotgan professor-oʻqituvchilarning xizmat va ijtimoiy faoliyatlariga doir monitoringni amalga oshirish, ular bilan doimiy aloqada boʻlish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589819" id="-589819">4. Ijro etuvchi direktor Jamgʻarma xodimlarining ishini tashkil qiladi va boshqaradi, Jamgʻarma nomidan faoliyat koʻrsatadi, shu jumladan, uning moliyaviy-xoʻjalik ishlarini amalga oshiradi, Jamgʻarma nomidan bitimlar tuzadi, Jamgʻarma xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi. Ijro etuvchi direktor Jamgʻarmaning Nizom doirasidagi barcha faoliyati uchun masʼuldir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589821" id="-589821">5. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori maqomiga koʻra, mehnatga haq toʻlash, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, ijro etuvchi direktor oʻrinbosari esa vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-589824" id="-589824">VII. JAMGʻARMANING MOL-MULKI VA MOLIYAVIY MABLAGʻLARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589828" id="-589828">1. Jamgʻarmaning mol-mulki asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va shu kabilar)dan, aylanma mablagʻlardan, shuningdek, mablagʻ bilan taʼminlashning barcha manbalari hisobiga olingan moliyaviy resurslar va boshqa moddiy boyliklardan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589831" id="-589831">Jamgʻarma mol-mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589834" id="-589834">2. Jamgʻarma mablagʻlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589842" id="-589842">Jamgʻarmaning Nizomdagi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan budjet ajratmalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589844" id="-589844">muassislar ajratmalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589845" id="-589845">xayriya, homiylik tushumlari, xolisona tushumlar, shu jumladan, chet el investitsiyalari, grantlari va boshqa Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan mablagʻlari hisobiga shakllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589846" id="-589846">3. Jamgʻarmaning xayriya, homiylik tushumlari va xolisona tushumlar hisobiga sotib olgan mol-mulklari, chet el investitsiyalari, grantlari Jamgʻarmaning oʻz mulki hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589848" id="-589848">4. Jamgʻarma asosiy fondlarni va boshqa moddiy boyliklarni qonunchilikda belgilangan tartibda tasarruf etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589849" id="-589849">5. Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga biriktirilgan, amaldagi qonunchilikka muvofiq toʻlov undirib olinishi mumkin boʻlgan mol-mulk bilan javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-589850" id="-589850">VIII. HISOB VA HISOBOT</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589851" id="-589851">Jamgʻarma oʻz faoliyati natijalarini amaldagi qonun va qoidalarga binoan tezkorlik bilan tahlil qiladi va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, hisobot maʼlumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini taʼminlaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-589852" id="-589852">IX. JAMGʻARMA FAOLIYATINI TOʻXTATISh VA QAYTA TAShKIL ETISh</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-589854" id="-589854">Jamgʻarma faoliyatini toʻxtatish yoki qayta tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga binoan amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-589856" id="-589856"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-589857" id="-589857">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-dekabrdagi 576-son <a href="/mact/-589172">qaroriga</a><br />4-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-589858" id="-589858">“Ustoz” respublika jamgʻarmasi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-589859" id="-589859">TUZILMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-589860" id="-589860"></div></div><div class="BY_DEFAULT" id="theDefCssID"><div name="-589861" id="-589861" class="tabBox"><table id="theTableID" style="PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 2px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 100%; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TOP: 0px; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" cellspacing="1" cols="2" border="1">
<colgroup>
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="WIDTH: auto; BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td>
<td style="WIDTH: auto; BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">‎</td></tr>
<tr>
<td>
<p align="center"><font size="2">Lavozimlar‎</font></p></td>
<td>
<p align="center"><font size="2">Soni‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">1. Ijro etuvchi direktor‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">1‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">2. Ijro etuvchi direktor‎ oʻrinbosari‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">1‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">3. Bosh mutaxassis‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">1‎‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">4. Etakchi mutaxassis‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">1‎‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">5. Buxgalter-hisobchi‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">1‎‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">6. Ishlar boshqaruvchisi‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">1‎‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">7. Referent-ish yurituvchi‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">1‎‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><strong><font size="2">Jami:‎</font></strong></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><strong><font size="2">7‎</font></strong></p></td></tr></tbody></table></div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
