Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining
1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son “Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Transport vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2022-yil 4-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1996-yil 11-oktabrda va “Oʻzavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tomonidan 1996-yil 16-oktabrda tasdiqlangan 1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
nizom (roʻyxat raqami 290, 1996-yil 10-dekabr).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2013-yil 10-dekabrdagi 01-02/12-32 va 17-son “1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 290-1, 2014-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 34-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2015-yil 10-iyuldagi 01-02/12-32 va 33-son “1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 290-2, 2015-yil 20-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 386-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2017-yil 6-martdagi 01-02/12-10 va 58-son “1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 290-3, 2017-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 179-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2018-yil 19-yanvardagi 01-02/12-4 va 3/189-255-son “1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 290-4, 2018-yil 27-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/290-4/0821-son).