toggle_night_mode
Hujjat 28.02.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3226-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020-yil 11-fevraldagi 130-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3226, 2020-yil 16-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 10/20/3226/0313-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-fevral,
67-son
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2022-yil 10-fevraldagi 67-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Nomzod Saralash komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
tugʻilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
nomzod tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa-maʼlumotnoma.”.
2. 52-banddan “(Saralash komissiyasi bayonnomasidan koʻchirma, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma) nusxasi, narkologik, sil kasaliga qarshi kurash, teri-tanosil, psixonevrologik dispanserlar va OITSga qarshi kurash markazidan olingan maʼlumotnoma, soʻnggi besh yil ichidagi ambulator bemorning tibbiy kartasidan koʻchirma, majburiy diagnostika tadqiqotlarining natijalari bilan birga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 3-ilovaning 2-bandidagi “shaxsini tasdiqlovchi hujjatini” degan soʻzlar “biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 5-ilovaning 1-bandidagi “shaxsini tasdiqlovchi hujjatini” degan soʻzlar “biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/3226-1/0164-son)