toggle_night_mode
Hujjat 11.02.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
“Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 11 fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2630-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son “Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-fevral,
01-son

Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 1-fevraldagi 01-son buyrugʻiga

ILOVA

Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 10-noyabrdagi 28-son “Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2630, 2014-yil 9-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 596-modda).
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2016-yil 16-dekabrdagi 51-son “Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 11-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2630-1, 2016-yil 23-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 595-modda).
3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 12-iyuldagi 60-son “Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2630-2, 2017-yil 3-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 789-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2630-3/0135-son)