Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son “Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 10-noyabrdagi 28-son “Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2630, 2014-yil 9-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 596-modda).
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2016-yil 16-dekabrdagi 51-son “Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 11-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2630-1, 2016-yil 23-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 595-modda).
3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 12-iyuldagi 60-son “Tender boʻyicha takliflarni baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2630-2, 2017-yil 3-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 789-modda).