Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 5-sentabrdagi 199-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2274, 2011-yil 4-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan Tozalangan tabiiy moy kislotalari ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
2.
33-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3.
58-banddagi “davlat sanitariya nazorati organlari” degan soʻzlar “sanitariya-epidemiologiya xizmatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
82-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“82. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.”.
5.
166-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“166. Analizatorlarning oʻlchov asboblari, avtomatik gazoanalizatorlar va unga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi boʻlgan xonalarda va ochiq portlash xavfi boʻlgan qurilmalarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini hisobga olgan holda qulflanadigan shkaflarda joylashtirilishi kerak.”.