Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 7-sentabrdagi 169-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2016, 2009-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 452-modda) bilan tasdiqlangan Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
2.
28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Elektr uskunalarda bajariladigan ishlar xavfsizligini taʼminlovchi chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq bajariladi.”.
3.
42-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4.
86-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“86. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishining elektr simlari va elektr qurilmalari, elektr tarmoqlarini montaj qilish va foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarida belgilangan xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilinishi lozim.”.
5.
113-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“113. Analizatorlarning oʻlchov asboblari, avtomatik gazoanalizatorlar va unga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi boʻlgan xonalarda va ochiq portlash xavfi boʻlgan qurilmalarda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablarini hisobga olgan holda qulflanadigan shkaflarda joylashtirilishi kerak.”.