Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 7-sentabrdagi 170-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2015, 2009-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 451-modda) bilan tasdiqlangan Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.”.
2.
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Elektr uskunalarida bajariladigan ishlar xavfsizligini taʼminlovchi chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq bajariladi.”.
3.
40-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4.
78-banddagi “Davlat sanitar nazorati organlari” degan soʻzlar “sanitariya-epidemiologiya xizmatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.