Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikaning chekka hududlaridagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni jadallashtirish, sogʻlom, faol, barkamol, ijtimoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash, kelgusida muvaffaqiyatli oʻquv faoliyati uchun shart-sharoitlarni shakllantirish va ularni boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-martdagi 132-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
“tayyorlov guruhlarida oʻquv yili joriy yilning 2-sentabridan keyingi yilning 31-mayigacha boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi”.
2.
1-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
b)
6-banddagi “tegishli yilning 1-sentabrida 5 yoshu 6 oylik boʻlgan” soʻzlari “kelgusi yilda yetti yoshga toʻladigan” soʻzlari bilan almashtirilsin.