1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat muassasalari faoliyatida zamonaviy boshqaruv usullari, ochiqlik, shaffoflik tamoyillarini joriy etish hamda xususiy kapital ishtiroki uchun keng imkoniyatlar yaratish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yaratish maqsadida:
1. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
a) bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalari tugatiladi yoki xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi]
b) davlat muassasalari majburiy tartibda Yagona gʻazna hisobvaragʻida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
v) 2022-yil 1-apreldan boshlab:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz rasmiy veb-saytlarida oʻzlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtiradi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
davlat muassasalarining hududlar va yuqori turuvchi organlari kesimidagi maʼlumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) veb-saytiga joylashtiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.01 Koʻchar va koʻchmas mol-mulk;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.06.00 Tugallanmagan qurilish. Konservatsiya]
Ochiq maʼlumotlar portalida foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda koʻrish imkoniyatini yaratgan holda muassasalarning yuqori turuvchi tashkiloti, koʻchmas mulk obyektlari, qurilishi tugallanmagan obyektlar va avtotransport vositalari, rejalashtirilgan va amalga oshirilgan xarajatlar tarkibi haqidagi va boshqa maʼlumotlarni (bundan tijorat siri mavjud yoki cheklangan holda tarqatiladigan maʼlumotlar mustasno) eʼlon qilish amaliyoti joriy etiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar]
g) davlat muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorda hamda muassasa ustavi (nizomi)da uning tashkiliy-huquqiy shakli “davlat muassasasi” ekanligi koʻrsatiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
d) xoʻjalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari, Markaziy bank hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli aksiyalar va ulushlar davlat ulushlari hisoblanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.11.00 Davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida]
e) davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlariga tegishli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushlar va aksiyalar davlat ulushi hisoblanmaydi.
2. Agentlik, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.06.00 Ayrim tashkilotlar auditining xususiyatlari]
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlgan davlat muassasalarini 2022-yil 1-martdan 2023-yil 1-avgustga qadar eksperiment tariqasida tashqi, shu jumladan mol-mulkning mavjudligi, majburiyatlar bajarilishining amaldagi holati va oqibatlarini oʻrganish masalalari yuzasidan auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat muassasalariga xoʻjalik jamiyatlarini taʼsis qilishni hamda ularning ustav fondi (ustav kapitali)da ishtirok etishni taqiqlash.
Adliya vazirligi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
3. Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) davlat muassasalarini (bundan xususiylashtirilmaydigan davlat muassasalari mustasno) xoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish, shuningdek, davlat muassasalarini tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uchun muassislarga koʻrsatma va takliflar kiritish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
a) bir oy muddatda faoliyat koʻrsatmayotganligi sababli tugatiladigan davlat muassasalari roʻyxati va ularni tugatish jadvalini tasdiqlasin;
b) 2022-yil 1-sentabrga qadar:
barcha davlat muassasalarini xatlovdan oʻtkazib, ularning daromad keltiradigan faoliyatini koʻrib chiqqan holda tashkiliy-huquqiy shakllari qonunchilik hujjatlariga mosligini oʻrganib chiqsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalarini va ularga tegishli nosohaviy aktivlarni xususiylashtirish yoki ularni belgilangan tartibda tugatish boʻyicha choralarni koʻrsin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish]
5. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yildan boshlab, har yili 1-mayga qadar davlat muassasalari faoliyatini tahlil qilib, bitta tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalarini xususiylashtirish yoki tugatish boʻyicha takliflarni Davlat komissiyasiga kiritib borsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
6. Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
ikki oy muddatda davlat moliyasini boshqarish axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — “DMBAT”) budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobi va hisoboti yuritilishini kompleks avtomatlashtirish uchun moʻljallangan dasturiy majmuaga (keyingi oʻrinlarda — “UzASBO”) integratsiya qilgan holda, ushbu tizimlardan mazkur qarorning 1-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar Ochiq maʼlumotlar portalida eʼlon qilinishini;
uch oy muddatda har bir davlat muassasasiga Yagona gʻazna hisobvaragʻida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochilishini;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
2022-yil 1-aprelga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Agentlik, Davlat xizmatlari agentligining maʼlumotlar bazalarini “DMBAT” va “UzASBO”ga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
7. Vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
2022-yil 1-aprelga qadar oʻz tarkibidagi davlat muassasalarining qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat boji undirilmasdan Davlat xizmatlari markazlarida roʻyxatdan oʻtkazilishini;
oʻz tarkibidagi davlat muassasalarining moliyaviy koʻrsatkichlari, jumladan mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorak yakunlari boʻyicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari boʻyicha esa keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar Agentlikning axborot tizimida joylashtirib borilishini taʼminlasin.
8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda tugatilgan davlat muassasalari va korxonalariga tegishli boʻlgan, Agentlik va Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi aksiya paketlari roʻyxatini tasdiqlasin.
9. Agentlik:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.04.00 Majburiy audit]
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar ushbu qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisidan kelib chiqib, eksperiment natijalarini puxta tahlil etgan holda davlat muassasalarini majburiy tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar davlat muassasalari toʻgʻrisidagi nizom loyihasini hamda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va javobgar etib Bosh vazirning oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-oktabrga qadar axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV