1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.15.00 Bank omonati;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.02.00 Tovar belgisi (Xizmat ko‘rsatish belgisi);
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘i / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
6.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.02.00 Bojxona bojlari. Boj tarifi;
7.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
8.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari;
9.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari;
10.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang));
11.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang);
12.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
13.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar;
14.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish;
15.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar;
16.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
4.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.;
5.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
6.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
7.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari;
8.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya;
9.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
10.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar);
11.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari;
12.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvi;
13.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ma’muriy javobgarlik;
14.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik;
15.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
I. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda):
“22-modda. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish shartlari
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib boriladi.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning atrof muhitga xavfsizligi uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari hal qiladi”;
2) 45 va 46-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45-modda. Tabiatni chiqindilar bilan ifloslanishdan muhofaza qilish
Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda, suvni muhofaza qilish zonalari va suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari doirasida, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda obyektlarga tahdid kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
Alohida hollarda, maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini ta’minlash talablariga rioya etgan holda chiqindilarni yer ostiga ko‘mib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
Chiqindilarni qayta ishlash, ularni poligonlarda ko‘mib tashlash va saqlash tabiatni muhofaza qilish davlat organlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
46-modda. Ekologik sertifikatlash
Ekologik yoki gigiyenik sertifikatlarga ega bo‘lmagan, shuningdek ularda belgilangan talab ko‘rsatkichlaridan chetlangan holda xomashyo va materiallardan foydalanish, texnologiya jarayonlarini joriy etish hamda tayyor mahsulotlar (shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari) chiqarish taqiqlanadi. Ekologik sertifikatlash qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ham o‘tkaziladi.
Ekologik sertifikatlash tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi”.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.01.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
II. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 74-modda) 9-moddasining sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatga olish hamda EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga bo‘lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Patent idorasiga to‘lanadi. Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash muddatlari, ularni to‘lashdan ozod qilish, to‘lovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
III. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda) sakkizinchi bo‘limidagi “Xaridor yoki buyurtmachilarni aldashdagi ancha miqdor — eng kam oylik ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha bo‘lgan miqdor”, “Xaridor yoki buyurtmachilarni aldashdagi ko‘p miqdor — eng kam ish haqining besh baravari va undan ortiq miqdor”, “Xaridor yoki buyurtmachilarni aldashdagi katta bo‘lmagan miqdor — eng kam oylik ish haqining o‘ndan bir baravaridan bir baravarigacha bo‘lgan miqdor” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11 va 23-moddalar, № 9-10, 165 va 182-moddalar) 345-moddasining:
beshinchi qismidagi “176 — 181, 184, 185, 1851, 188 — 192” raqamlari chiqarib tashlansin;
oltinchi qismi “167” raqamidan keyin “176 — 181, 184, 185, 1851, 188 — 192” raqamlari bilan to‘ldirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ma’muriy javobgarlik]
V. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165 va 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda):
1) 1754-moddasining dispozitsiyasidagi “(alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari, shuningdek ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa tovarlar tarzida)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 224-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirishga hamda ularda yashashga oid qoidalarni buzgan fuqarolarning bunday joylarda yashashiga yo‘l qo‘yish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) 245-moddasining birinchi qismidagi “186, 1861-moddalari” degan so‘zlar “186-moddalarida, 1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlarni realizatsiya qilish hollaridan tashqari)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 248-moddasining ikkinchi qismidagi 4-band “223-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlardan keyin “224-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
5) 264-moddasining birinchi qismi “1791-moddalarida” degan so‘zlardan keyin “1861-moddasida (aksiz markalari bilan markalanmagan tovarlar realizatsiya qilingan hollarda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
1-bandidagi “164-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar “164-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin, “176-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar “176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o‘zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining uchinchi qismida, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 198-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — davlat soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan”;
7) 288-moddasining uchinchi qismidagi “164-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar “164-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 289-moddasining uchinchi qismi “soliq organlarining” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
9) 290-moddasining uchinchi qismi “Bojxona qoidalari” degan so‘zlardan keyin “yoki soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
10) 291-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi “d” bandi bilan to‘ldirilsin:
“d) ushbu Kodeksning 164, 166, 167, 168, 172, 173, 176, 1861-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan”.
(VI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.15.00 Bank omonati]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda hamda 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova; № 11-12; 1997-yil № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) 762-moddasi:
uchinchi qismidagi “omonatchi talab qilishi bilanoq” degan so‘zlar “omonatchining talabi bilan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Bank omonati shartnomasining fuqaro omonatni talab qilishi bilanoq olish huquqidan, muddatli yoki boshqa omonatni esa xabardor etishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati o‘tganidan keyin olish huquqidan voz kechish haqidagi sharti o‘z-o‘zidan haqiqiy emas”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Agar omonatchi muddatli yoki boshqa omonatni, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoxud bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo‘lsa, u o‘zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi shart”;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
“Muddatli yoki boshqa omonat, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonat bundan mustasno, muddat tugagunga qadar yoxud bank omonati shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar omonatchining talabi bilan unga qaytarilgan hollarda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat yuzasidan foizlar to‘lanmaydi”.
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
(X bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.]
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 10-modda):
1) quyidagi mazmundagi 41-modda bilan to‘ldirilsin:
“41-modda. Monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi
Ommaviy axborot vositalarining ishlab chiqarilishi hamda tarqatilishi sohasida monopollashtirishga va insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bironta ham yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositalarining tegishli markaziy yoki mahalliy bozoriga chiqariladigan ommaviy axborot vositalarining yigirma besh foizidan ortig‘iga muassis (hammuassis) bo‘lishga va (yoki) ularni shuncha miqdorda o‘z mulkida, egaligida, foydalanishida, tasarrufida, yurituvida yoxud boshqaruvida (bevosita yoki affillangan shaxslar orqali) saqlashga haqli emas”;
2) 6-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu modda talablarini buzganlikda aybdor shaxslar, shu jumladan muharrir (bosh muharrir), jurnalist, boshqa shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar”;
3) 11-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Quyidagilar muassis bo‘lishi mumkin emas:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar;
faoliyati qonun bilan taqiqlangan jamoat birlashmalari.
Ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi o‘ttiz foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarning ommaviy axborot vositalarini tashkil etishiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
4) quyidagi mazmundagi 111, 112, 113 va 114-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“111-modda. Ta’sis hujjatlari
Ta’sis shartnomasi va ustav (nizom) ommaviy axborot vositasining ta’sis hujjatlari hisoblanadi.
Bir nechta muassis o‘rtasida tuziladigan ta’sis shartnomasida quyidagi ma’lumotlar bo‘ladi:
muassislarning nomi haqidagi;
ta’sis etilayotgan ommaviy axborot vositasining turi, faoliyati predmeti va maqsadi, chiqish davriyligi haqidagi;
ta’sis etilayotgan ommaviy axborot vositasining nomi, pochta manzili haqidagi;
ommaviy axborot vositasining ustav fondi miqdori, moliyalashtirish manbalari va uni hosil qilish tartibi haqidagi;
muassislarning ommaviy axborot vositasi faoliyatida ishtirok etishiga doir huquqlari va majburiyatlari haqidagi;
ommaviy axborot vositasi faoliyatini boshqarish tartibi haqidagi;
foydani taqsimlash tartibi haqidagi;
ommaviy axborot vositasini qayta tashkil etish, tugatish (ommaviy axborot vositasining faoliyatini tugatish) tartibi haqidagi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar to‘g‘risidagi.
Agar bir shaxs muassis hisoblansa, u ro‘yxatga oluvchi organga ustavini taqdim etadi.
112-modda. Muassis bilan tahririyat o‘rtasidagi shartnoma
Muassis bilan tahririyat o‘zaro huquqlar va majburiyatlar, javobgarlik, nizolarni hal etish tartibi va boshqa shartlar to‘g‘risida, shuningdek uchinchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida shartnoma tuzadilar.
113-modda. Muassisning huquqlari va majburiyatlari
Muassis quyidagi huquqlarga ega:
ta’sis shartnomasi, ustav (nizom) va qonun hujjatlarida, shuningdek u bilan tahririyat o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan vakolatlari doirasida ommaviy axborot vositasining ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq ravishda foyda va zararlar taqsimotida ishtirok etish;
ommaviy axborot vositasini muassis yoki uning tomonidan ko‘rsatilgan uchinchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab qonun hujjatlariga muvofiq boshqaruvni amalga oshirishi lozim bo‘lgan boshqa shaxsga (ishonchli boshqaruvchiga) mulkiy majmui sifatida ishonchli boshqaruvga topshirish;
ommaviy axborot vositasi muharririni (bosh muharririni), shuningdek tahrir hay’ati a’zolarini tayinlash va ozod qilish;
eng katta hajmi va e’lon qilish muddati tahririyat ustavida (nizomida) yoki ta’sis shartnomasida belgilanadigan xabarni yoki reklama tusida bo‘lmagan materialni o‘z nomidan bepul joylashtirish;
ommaviy axborot vositasi tugatilgan yoki ommaviy axborot vositasining faoliyati tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.
Muassis quyidagilarni bajarishi shart:
ommaviy axborot vositasining ustavini (nizomini) tasdiqlash;
ommaviy axborot vositasi tahririyati bilan shartnoma tuzish;
ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash.
Muassis senzurani amalga oshirishga, retsenziyadan o‘tkazishga yoki tahririyatning ijodiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ommaviy axborot vositasining ishlab chiqarilishi va tarqatilishi masalalariga aralashishga haqli emas, ta’sis shartnomasida yoki ustavda (nizomda) nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Qonun hujjatlariga muvofiq muassis boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
114-modda. Muassis huquqlari va majburiyatlarining tugatilishi
Muassisning huquqlari va majburiyatlari quyidagi hollarda tugatiladi:
ommaviy axborot vositasi uchinchi shaxs foydasini ko‘zlab boshqa shaxsga o‘tkazilganda;
muassis — yuridik shaxs bankrotga uchraganda yoki tugatilganda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sud hukmi bilan sudlanganda;
vafot etganda.
Muassisning huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham tugatilishi mumkin”;
6) 16-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Ommaviy axborot vositasini chiqarish yoki nashr etish muassisning yoki sudning qarori bilan tugatilishi (yoki to‘xtatilishi) mumkin.
Ommaviy axborot vositasi ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muntazam rioya etmay kelgan taqdirda vakolatli organ ommaviy axborot vositasini tugatish (uning faoliyatini tugatish) haqida sudga murojaat etishga haqli”;
(XII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda) 5-moddasi birinchi qismining o‘n sakkizinchi xatboshisidagi “ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini” degan so‘zlar “chiqindilarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 87-modda) 17-moddasi:
birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “uning ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi xarajatlarini qoplash uchun” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash muddatlari, ularni to‘lashdan ozod qilish, to‘lovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.02.00 Tovar belgisi (Xizmat ko‘rsatish belgisi)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
XV. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda) 33-moddasi:
birinchi qismining ikkinchi jumlasidagi “uning ushbu Qonunda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishga doir xarajatlarini qoplash uchun” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash muddatlari, ularni to‘lashdan ozod qilish, to‘lovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 30-avgust,
405-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)