toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2023
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrug‘i
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 27-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3287-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 17-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3470, 31.10.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3287, 2021-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 10/21/3287/0153-son) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-yanvar,
1-mh-son
Kelishildi:
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
2022-yil 26-yanvar
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 27-yanvardagi 1-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
ilmiy ekspert — ilmiy tashkilot yoki oliy ta’lim muassasasining Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestriga kiritilgan vakili;
mustaqil ekspert — Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxs;”;
oltinchi xatboshi tegishli ravishda sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Korrupsiyaviy omillar ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Uslubiyot (bundan buyon matnda Uslubiyot deb yuritiladi) asosida aniqlanadi, bunda korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazilayotganda normativ-huquqiy hujjat yoki loyihaning har bir normasi yoxud qoidasining tahlili amalga oshiriladi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 121-band bilan to‘ldirilsin:
“121. Loyihalarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalari asosida ushbu Nizomning 41-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.”.
4. 13, 21 va 25-bandlardagi “Metodika” degan so‘z “Uslubiyot” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan to‘ldirilsin:
“201. Loyiha ishlab chiquvchi tomonidan cheklist to‘ldirilmagan holda adliya organlariga kiritilgan taqdirda, ushbu loyiha huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi.”.
6. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi har yili Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasiga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi PQ-4505-son “Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringi doirasida o‘tkaziladi.
Davlat organlari va tashkilotlar o‘zlarining tashabbuslari asosida ham amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishlari mumkin.”.
7. Quyidagi mazmundagi 261 — 264-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“261. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasida belgilangan muddatlarda davlat organlari va tashkilotlar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazadi hamda natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist va aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Adliya vazirligiga kiritadi.
262. Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari bo‘yicha aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni umumlashtiradi hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
263. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
264. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalari asosida ushbu Nizomning 41-bobida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.”.
8. 28-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
9. Quyidagi mazmundagi 41-bob bilan to‘ldirilsin:
“41-bob. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish
291. Mustaqil va ilmiy ekspertlar o‘z tashabbusiga ko‘ra, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi.
292. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi Uslubiyot asosida cheklistni to‘ldirish yoki xulosa tuzish orqali o‘tkaziladi.
293. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish:
davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalariga asosan amalga oshirilganda mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari bo‘yicha cheklist to‘ldiriladi;
mustaqil va ilmiy ekspertlarning o‘z tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilganda korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari bo‘yicha ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa tuziladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyaviy omillar aniqlangan taqdirda, cheklistda yoki xulosada ularni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar va choralar ko‘rsatilishi shart.
294. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmalariga asosan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist buyurtma bergan davlat organlari va tashkilotga yuboriladi.
295. Mustaqil va ilmiy ekspertlarning o‘z tashabbusiga asosan o‘tkazilgan korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari bo‘yicha tuzilgan xulosa:
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha ushbu normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadigan sohada yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organi va tashkilotga yuboriladi;
loyihalar bo‘yicha ushbu loyihalarni ishlab chiquvchilarga yuboriladi.
296. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist yoki xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlarga kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida majburiy ko‘rib chiqiladi.
Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha cheklist yoki xulosada ko‘rsatilgan har bir korrupsiyaviy omil qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi asoslantirilgan ma’lumotnoma tuziladi.
297. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist yoki xulosalarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan tuzilgan ma’lumotnoma imzolangan kuni ekspertiza o‘tkazgan mustaqil yoki ilmiy ekspertga va tegishli adliya organlariga yuboriladi.
298. Mustaqil va ilmiy ekspertlar tomonidan loyihalarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish natijalari bo‘yicha to‘ldirilgan cheklist yoki xulosalarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan tuzilgan ma’lumotnoma imzolangan kuni ekspertiza o‘tkazgan mustaqil yoki ilmiy ekspertga (barcha hollarda) hamda adliya organlariga (loyihani huquqiy ekspertiza uchun kiritish vaqtida) yuboriladi.
299. Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish jarayonlarini muvofiqlashtirish, loyiha ishlab chiquvchilari hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan mustaqil va ilmiy ekspertlarning hamkorligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritish Adliya vazirligining Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.”.
10. 5-bobning nomidagi “adliya organi xodimining” degan so‘zlar “davlat organlari va tashkilotlar, adliya organlari xodimlarining hamda mustaqil va ilmiy ekspertlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. 30 va 31-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “adliya organi xodimining” degan so‘zlar “davlat organlari va tashkilotlar, adliya organlari xodimlarining hamda mustaqil va ilmiy ekspertlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 32-banddan “mustaqil ekspertlar va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
13. 2-ilovaning nomidagi “METODIKASI” degan so‘z “USLUBIYOTI” degan so‘z bilan almashtirilsin.
14. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda 4-ilova bilan to‘ldirilsin.
15. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga
ILOVA
“Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini korrupsiyaga qarshi
‎mustaqil va ilmiy ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha
‎‎Xulosa

___________ yil

_______-son

Mustaqil (ilmiy) ekspert ___________________________________________________________________

(F.I.O.)

tomonidan _______________________________________________________________________________

(normativ-huquqiy hujjat (loyihasi) nomi (ishlab chiquvchi) va rekvizitlari)

korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi va natijasi bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

1. Normalarning barqarorligi va huquqiy muvofiqligi bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyaviy omillarning mavjudligi: mavjud / mavjud emas.

korrupsiyaviy omil mavjud norma: _____________________________________________________________.
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik: _______________________________________.
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omilni bartaraf etish bo‘yicha taklif: ______________________
‎___________________________________________________________________________________________
.
2. Vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyaviy omillarning mavjudligi: mavjud / mavjud emas.
korrupsiyaviy omil mavjud norma: _____________________________________________________________.
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik: _______________________________________.
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omilni bartaraf etish bo‘yicha taklif: ______________________
‎___________________________________________________________________________________________
.

3. Ma’muriy tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyaviy omillarning mavjudligi: mavjud / mavjud emas.

korrupsiyaviy omil mavjud norma: _____________________________________________________________.
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik: _______________________________________.

kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omilni bartaraf etish bo‘yicha taklif: ______________________
‎___________________________________________________________________________________________
.

4. Nazorat bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyaviy omillarning mavjudligi: mavjud / mavjud emas.
korrupsiyaviy omil mavjud norma: _____________________________________________________________.
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik: _______________________________________.
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omilni bartaraf etish bo‘yicha taklif: ______________________
‎____________________________________________________________________________________________
.
5. Boshqa turdagi korrupsiyaviy omillarning mavjudligi:
____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
Ekspert to‘g‘risidagi ma’lumotlar
FIO:

______________

(shaxsiy imzo)

Reyestr raqami:
Tel:
Elektron pochta manzili:”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3287-1/0075-son)