Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikada quyonchilik sohasini sanoat usulida yanada rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash va toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar hajmini oshirish, sohada import qilinayotgan mahsulotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyonchilik xoʻjaliklari tomonidan shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan uskunalar, qishloq xoʻjaligi texnikalari, butlovchi buyumlar va materiallar, naslli quyon hamda ozuqa qoʻshimchalari, istisno tariqasida, 3 yil muddatga bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin hamda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻini 1 yil muddatga kechiktirib toʻlashga ruxsat berilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar
roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. Quyidagi mazmundagi 791-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
2. 89-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin: