Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Yer uchastkalarini olib qoʻyish masalalarida nizoli vaziyatlarning oldini olish va ushbu sohadagi nizolarni samarali hal etish, yer uchastkalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Bayonnomada investitsiya loyihalari ushbu hududda amalga oshirilishiga rozilik bergan yoki qarshi boʻlgan mulkdorlar koʻrsatilishi shart”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Ochiq muhokama davomida investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan yer uchastkasida investitsiya loyihasi amalga oshirilishiga bitta mulkdor qarshi boʻlgan taqdirda ham mazkur hududda ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
2.
47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“47. Olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining 75 foizidan yozma rozilik olinganda (Kelishuv tuzilganda), biroq qolgan mulkdorlarning roziligini olish imkoni boʻlmaganda (Kelishuvga erishilmaganda) tashabbuskor ularning koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha beriladigan kompensatsiya miqdori, turlari va muddatini belgilash toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqli”.