Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzurida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi Vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-dekabrdagi 1041-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
1. Qarorning
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandning
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakolatxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 1 — 3-ilovalarning
nomlarida “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakolatxonasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakolatxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.