1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolarni doimiy yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-apreldagi PF-5984-son Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun etib belgilanganligi;
doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish bir kun ichida rasmiylashtirilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda, avvalgi doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqish tartibi bekor qilinganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishni rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga roʻyxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilinganligi;
harbiy xizmatga majburlarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda, mudofaa ishlari boʻlimlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi davlat soliq xizmati organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida maʼlumot taqdim etganda, uni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishda uy-joy egasining roziligi talab etilmasligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq:
2021-yil 1-iyundan boshlab fuqarolarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishda fuqarolardan, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlaridan manzil-maʼlumot axborotini, fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligini, turar joyning maydonini, nikoh qayd etilganligini, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligini tasdiqlovchi hujjatlarni hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini, shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati, kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini talab qilish bekor qilinganligi;
davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda, mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlar masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olishi joriy etilganligi;
mazkur bandning “b” kichik bandida koʻrsatilgan hujjat yoki maʼlumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan biometrik pasport yoki ID-karta olinganda, almashtirilganda, “Manzil” axborot tizimida fuqarolarning doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish maʼlumotlari avtomatik tarzda yangilanishini taʼminlasin;
bir oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda, ariza beruvchilardan davlat boji toʻlovlarini Yagona billing tizimi orqali qabul qilish tartibini joriy qilsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-dekabr,
785-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 785-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qaroriga 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar) Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda (keyingi oʻrinlarda — viloyatlar) (Toshkent viloyatidan tashqari) doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi alohida normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vasiylik — oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni taʼminlash, ularga tarbiya va taʼlim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;
davolash muassasalari — sanatoriylar, davolash pansionatlari, davlat tasarrufidagi va xususiy klinikalar, shifoxonalar, kasalxonalar va boshqa tibbiy muassasalar;
joylashtirish vositalari — mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar kompleksi (rezidensiya), spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar, turistik lagerlar, dam olish uylari va zonalari, turistik qishloqlar, kempinglar, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish zonalari va uylari (markazlari), turizm va sport bazalari, palatkali (kemping) lagerlar va komplekslar, oilaviy mehmon uylari, oʻtov va palatkali lagerlar va boshqa obyektlar, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportlari;
harbiy hisob hujjatlari — chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchilar uchun), harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun);
homiylik — oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni taʼminlash, ularga tarbiya va taʼlim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;
YIDXP — Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
“E-mehmon” dasturi — mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarni hisobga olishning maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturi.
3. Fuqarolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq doimiy yashash joylari va (yoki) vaqtincha turgan joylari boʻyicha roʻyxatga olinishlari shart.
Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinmaganligi fuqaroga xizmat koʻrsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanishi mumkin emas.
Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — MvaFRB), Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Tugʻilgan bola Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda — FHDY) tomonidan unga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish chogʻida otasi yoki onasining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manziliga idoralararo elektron hamkorlik orqali maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan doimiy roʻyxatga olinadi.
Oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqaro ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyxatga olingan manzilda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi shart.
4. Fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish, doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilish va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish xizmatlari ularga qulay boʻlgan MvaFRB, Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali amalga oshiriladi hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, aholi migratsiyasini hisobga olish maqsadida fuqaroning viloyat hududining muayyan joyida yashash yoki vaqtincha boʻlish holatini aniqlashni nazarda tutadi.
5. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun davlat boji “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga:
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi;
b) MvaFRBga oʻzi kelib murojaat etganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi;
v) Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.
YIDXP orqali murojaat etganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda va xodimlarni ragʻbatlantirishda foydalaniladi.
2-bob. Fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi
6. Fuqarolar doimiy roʻyxatga oʻtishni rasmiylashtirish uchun oʻzlariga qulay boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari yoxud YIDXPdan foydalanishlari mumkin.
Fuqaro viloyatlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmasa;
doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga (keyingi oʻrinlarda — doimiy roʻyxat) olinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (keyingi oʻrinlarda — pasport) yoki identifikatsiya ID-kartasi, harbiy hisob hujjatlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
nikoh tuzilganligi yoki bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, shuningdek, vasiylikni (homiylikni) tasdiqlovchi hujjatlar hamda oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv.
7. Voyaga yetmaganlar doimiy roʻyxatga olingan, biroq “Manzil” tizimiga kiritilmagan hollarda, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjat asosida yangi yashash joyidagi MvaFRB tomonidan “Manzil” tizimiga kiritiladi.
Doimiy roʻyxatga olinayotgan voyaga yetmaganlar avvalgi yashash joyi boʻyicha MvaFRBning doimiy roʻyxatga olinmaganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotnomasi asosida roʻyxatga olinadi.
8. Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va haqiqiyligi tekshirilib, shu kunning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) MvaFRB va Davlat xizmatlari markazi masʼul xodimi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq doimiy roʻyxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron soʻrovnoma shakllantiriladi.
Fuqaroning soʻroviga koʻra doimiy roʻyxatga olish rasmiylashtirilganda, ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq QR-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻi taqdim etiladi yoki ariza beruvchining elektron manziliga yuborilib, shu kunning oʻzida ariza beruvchi bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilinadi.
9. Mulkdor oʻz oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni doimiy roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga ega.
Quyidagi fuqarolarni doimiy roʻyxatga olishda, Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanilmaydi:
er-xotin — bir-birining doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
ota-onalar, farzandlar — bir-birining doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
bobo-buvi, nevaralar — bir-birining doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
vasiylikdagi (homiylikdagi) hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (homiy), tutingan ota yoki ona doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
voyaga yetmagan, ota-onasi boʻlmagan tugʻishgan aka-ukalar,
opa-singillar, shuningdek, mehnatga layoqatsiz tugʻishgan aka-ukalar,
opa-singillar, agar ularning oʻz oilalari boʻlmasa, yoshidan qatʼi nazar, akasi, ukasi, opasi, singlisining roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
doimiy roʻyxatga olingan tugʻishgan aka-ukalar, opa-singillar — bir-birining doimiy roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga;
ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi bilan ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaxslar, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq vaqtincha boshqa joyga ketganda, uy-joydan foydalanish huquqi saqlab qolinadigan fuqarolar — oldingi istiqomat joyiga yoki qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslar — oldingi istiqomat joyiga, oʻz oila aʼzolarining, qarindoshlari yoki hukm qilingunga qadar yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
muddatli harbiy xizmat tugagandan soʻng Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar — oldingi istiqomat joyiga, ota-onasi yoki boshqa qarindoshlarining uy-joy maydoniga.
10. Tarbiyalash, davolash va boshqa muassasalardagi yetim bolalar, ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalar, shuningdek, qariyalar uylaridagi shaxslar koʻrsatib oʻtilgan muassasalar tomonidan berilgan turar joy maydoniga doimiy roʻyxatga olinadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan fuqaroga tegishli boʻlgan uy-joy maydoniga doimiy roʻyxatga olish uchun uning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan roziligi talab etiladi.
Fuqaro “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi Konvensiyaga (Minsk, 1993-yil 22-yanvar) hamda “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida”gi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) aʼzo davlatlar hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida boʻlgan taqdirda, uning roziligi tegishli davlat qonunchiligiga muvofiq tasdiqlanishi mumkin.
Fuqaro Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiyaga (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) aʼzo davlat hududida boʻlganda, uning roziligi ushbu Konvensiya talablariga muvofiq apostil belgisi orqali tasdiqlanishi mumkin.
12. Doimiy roʻyxatga olish uchun mulkdor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma elektron shaklda toʻldiriladi.
Soʻrovnoma quyidagi hujjatlarga asosan toʻldiriladi:
mulkdor va doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki harbiy hisob hujjatlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (F.I.O., tugʻilgan sanasi va vaqti, hujjat seriyasi va raqami) oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar uchun — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki identifikatsiya ID-kartasi;
YIDXP orqali xizmat koʻrsatilganda, zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng mulkdor uni oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali xizmat koʻrsatilganda, vakolatli organ tomonidan zarur boʻlgan maʼlumotlar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olinadi.
13. Doimiy roʻyxatga olish mazkur Nizomga 4 va 5-ilovalarga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
14. Taqdim etilgan hujjatlarning va soʻrovnomadagi maʼlumotlarning toʻliq boʻlmasligi, ularda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, doimiy roʻyxatga olish uchun davlat boji toʻlamaslik doimiy roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Doimiy roʻyxatga olishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Doimiy roʻyxatga olishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
3-bob. Doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilish tartibi
15. Fuqaroning doimiy roʻyxatga olinganligi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy roʻyxatga olinganda;
mulkdorning arizasiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi qoidalar asosida doimiy roʻyxatga olingan fuqarolar;
mulkdor oʻzgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan, shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish va koʻchirish haqidagi qarori asosida;
fuqaro qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganda;
soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq boʻlmagan hujjatlar asosida doimiy roʻyxatga olinganligi aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
vafot etganda — FHDY organining oʻlim haqidagi guvohnomasi yoki maʼlumotnomasi asosida.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning doimiy roʻyxatini bekor qilish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yoʻqotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
16. Mulkdor (mulkdorlar) fuqaroning doimiy roʻyxatga olinganligini bekor qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) MvaFRBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mulkdor (mulkdorlar)ning yoki qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketgan shaxsning erkin tarzda yozilgan arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmasa;
uy-joyga egalik qilishini tasdiqlovchi va ushbu Nizomning 16-bandiga asosan roʻyxatga olishni bekor qilish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
Fuqaro xorijga doimiy yashashga ketayotganda, fuqarodan qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan oʻz ota-onasining va turmush oʻrtogʻining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalari boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush oʻrtogʻining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan hollarda esa — vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi talab etiladi.
Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaro yozma ravishda ogohlantiriladi.
Fuqaroning doimiy roʻyxatga olinganligi hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng bir kun ichida bekor qilinadi.
17. Quyidagi maʼlumotlar idoralararo maʼlumot almashish tizimi orqali olinadi (agar ular tizimda mavjud boʻlsa):
tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi yoki ajrashganlik, oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomalar — “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan;
uy-joy va fuqaro haqidagi maʼlumotlar — koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan;
vasiylik va homiylikni hamda patronatni tasdiqlovchi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining elektron bazasidan.
18. Doimiy roʻyxatga olish va doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilish uchun asos boʻlgan hujjatlar nomenklatura boʻyicha yigʻmajildlarga tikiladi hamda MvaFRBda besh yil davomida saqlanadi.
19. Doimiy roʻyxatga olishni bekor qilish rad etilgan taqdirda, fuqaroga shu kunning oʻzida asoslantirilgan javob xati beriladi.
20. Fuqaroning pasportida mavjud boʻlgan oldingi yashash manzili boʻyicha doimiy roʻyxatga olinganligi mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shtamp asosida bekor qilinadi.
4-bob. Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi
21. Fuqaroni viloyatlarda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga (keyingi oʻrinlarda — vaqtincha roʻyxat) olish fuqaroning doimiy roʻyxatini bekor qilmagan holda, mulkdorning arizasida yoki soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasida koʻrsatilgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Doimiy roʻyxatga olinmaganlik vaqtincha roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
22. Viloyatlardagi joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga kelgan fuqaroni vaqtincha roʻyxatga olish ushbu muassasalarning maʼmuriyati tomonidan shu kunning oʻzida bu yerda boʻlish muddatidan va kelishining davriyligidan qatʼi nazar, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida “E-mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
23. Viloyatlarda vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab oʻn besh kun muddatda xohishiga koʻra, oʻziga qulay manzildagi MvaFRBga yoki Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali mustaqil ravishda hisobga turish uchun murojaat qilishi mumkin.
24. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilingan hollarda, turar joy egasi nomidan Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma elektron tarzda toʻldiriladi.
Soʻrovnoma quyidagi hujjatlarga asosan toʻldiriladi:
mulkdor va doimiy roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;
oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar uchun — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki identifikatsiya ID-kartasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari.
YIDXP orqali xizmat koʻrsatilganda, vakolatli organ tomonidan lozim boʻlgan maʼlumotlar idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.
Davlat soliq xizmati organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida maʼlumot taqdim etilganda, mulkdorning roziligi talab etilmaydi va soʻrovnoma vaqtincha roʻyxatdan oʻtuvchi fuqaro tomonidan toʻldirilishi mumkin.
25. Mulkdor (mulkdorlar) nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali harakatlanayotgan shaxslar fuqaroni vaqtincha roʻyxatga olish uchun MvaFRBga murojaat qiladi.
26. Zarur maʼlumotlar YIDXPda soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazi orqali soʻrovnoma toʻldirilib, elektron raqamli imzosi boʻlmagan hollarda, shaxsiy imzo yoki identifikatsiyalashning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
27. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi (kadastr raqami, pasport, ID-karta maʼlumotlari, notarial tasdiqlangan rozilik xati), shuningdek, vaqtincha roʻyxatga olish uchun davlat bojini toʻlamaslik vaqtincha roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
28. Davlat xizmatlari markazlarida soʻrovnoma toʻldirilgach, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) elektron tizim orqali yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
29. Soʻrovnoma vakolatli organning elektron tizimiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga kelib tushgan vaqtda onlayn tarzda koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi maʼlumotlar tekshiriladi.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri bazasidan uy-joy va fuqaro haqidagi maʼlumotlar aniqlanmagan hollarda, mazkur maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bir kun ichida idoralararo maʼlumot almashish orqali taqdim etiladi.
Tekshirish natijasiga koʻra ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻini (keyingi oʻrinlarda — vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi) tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
30. Davlat xizmatlari markazi vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi kelib tushgandan soʻng uni fuqaroning elektron manziliga yuboradi va bu haqda uni shu kunning oʻzida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Fuqaroning soʻroviga koʻra vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi qogʻoz shaklda murojaat qilingan Davlat xizmatlari markazi tomonidan taqdim etiladi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasida axborot almashish elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat himoyalangan idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali vaqtincha roʻyxatga olish xizmati mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
31. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun MvaFRBga murojaat qilgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mulkdor arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan oʻzi borish imkoni mavjud boʻlmasa;
mulkdor va vaqtincha roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;
oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar uchun — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki identifikatsiya ID-kartasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
harbiy hisob hujjatlari.
Soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida maʼlumot taqdim etilganda mulkdorning turar joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) talab etilmaydi.
Viloyatlarga respublikaning boshqa hududlaridan mavsumiy ish bilan shugʻullanishga (qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi boʻlsa, ushbu bandning ikkinchi xatboshidagi hujjatlar talab etilmaydi.
32. Ushbu Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan keyin MvaFRB inspektori taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, shu kunning oʻzida ariza beruvchiga vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini beradi.
Vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi fuqaroning turgan joyida vaqtincha roʻyxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport yoki identifikatsiya ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) taqdim etilgan taqdirda, unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
MvaFRB inspektori vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta vaqtincha roʻyxatga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.
MvaFRB orqali vaqtincha roʻyxatga olish mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
33. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsni vaqtincha roʻyxatga olishni rasmiylashtirishda, uning shaxsini tasdiqlaganlik uchun javobgarlik ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs zimmasiga yuklanadi.
34. Roʻyxatga olinayotgan fuqaroning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasiga vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisida belgi qoʻyilmaydi.
35. Vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobga olingan fuqaro roʻyxatga olingan manzilida yashashi kerak.
36. Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan fuqarolar turar joyi (uy-joy maydoni) boʻyicha vaqtincha roʻyxatga olinadi. Bunda taʼlim muassasasi tomonidan fuqaroning oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidan nusxa (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, 35x45 mm oʻlchamli ikkita fotosurat) va taʼlim muassasasi tomonidan turar joy bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma hududiy MvaFRBga taqdim etiladi.
Fuqaro taʼlim muassasasining turar joyidan boshqa turar joyda yashash istagini bildirganda, mazkur Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar asosida fuqaro tanlagan joyidagi MvaFRB va Markazlarga murojaat qilishi hamda YIDXPdan foydalanishlari mumkin.
Oʻqish viloyatdan tashqarida joylashgan boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilgan, fuqaro akademik taʼtil olgan yoki taʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlatilgan taqdirda, ushbu muassasalar rahbariyati tegishli qaror qabul qilingan kunda bu haqda fuqaro turar joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga olingan hududdagi MvaFRBni xabardor qilishi shart.
37. Vaqtincha roʻyxatga olishni qayta rasmiylashtirish umumiy asosda amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi vaqtincha roʻyxatga olishni rasmiylashtirishni rad etish uchun asos boʻladi.
Fuqarolarni viloyatlarda vaqtincha roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda, MvaFRB inspektori tomonidan xulosa tuziladi. Ushbu xulosa MvaFRB boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Vaqtincha roʻyxatga olishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
38. Vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻi yoʻqolgan yoki buzilgan taqdirda, fuqaro tegishli MvaFRBga oʻz shaxsini tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etgan holda, vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻining yoʻqolish yoki buzilish holatlarini koʻrsatib, vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻining dublikatini rasmiylashtirish haqidagi arizani taqdim etadi.
MvaFRB inspektori arizada koʻrsatilgan joyda ushbu fuqaroning vaqtincha roʻyxatga olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligini tekshiradi. Ular tasdiqlangan taqdirda, ariza beruvchiga shu kunning oʻzida vaqtincha roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qayd varagʻining dublikatini rasmiylashtiradi.
Qayd varagʻining dublikati fuqaro tomonidan YIDXP orqali elektron shaklda ham olinishi mumkin.
39. Vaqtincha roʻyxatga olish taʼlim muassasasi rahbariyati va ish beruvchining bildirishnomasi, mulkdor yoki fuqaroning arizasiga asosan bekor qilinadi.
MvaFRB inspektori mulkdorning arizasi asosida yoki taʼlim muassasasining bildirishnomasi asosida fuqaroning vaqtincha roʻyxatga olinganligini bekor qiladi.
40. Ichki ishlar organi tayanch punktining profilaktika inspektorlari oʻzlari xizmat koʻrsatadigan hududda pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
41. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ichki ishlar organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
42. Fuqarolardan mazkur Nizomda koʻrsatilgandan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri bazasida mavjud boʻlmagan hamda kadastr raqami boʻlmagan turar joylarga doimiy va vaqtincha roʻyxatga olish qatʼiyan taqiqlanadi.
Fuqarolardan mazkur Nizomda koʻrsatilgandan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri bazasida mavjud boʻlmagan hamda kadastr raqami boʻlmagan turar joylarga doimiy va vaqtincha roʻyxatga olish qatʼiyan taqiqlanadi.
43. Fuqaroni doimiy va vaqtincha roʻyxatga olishda, uning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlariga oid maʼlumot davlat reyestri bazasidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya va (yoki) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamlari orqali olinadi. Mazkur raqam orqali tegishli maʼlumotning olinishi imkoni boʻlmaganda, fuqarodan kadastr raqamini taqdim qilish talab etiladi.
44. Noturar joy binolarga fuqarolarni doimiy va vaqtincha roʻyxatga olish taqiqlanadi.
Korxona, tashkilot yoki oʻquv muassasalariga tegishli uy-joylar, yotoqxonalarga fuqarolarni doimiy roʻyxatga olish hamda turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga olish mazkur korxona, tashkilot yoki oʻquv muassasasining ruxsat xati (roziligi) asosida amalga oshiriladi.
45. Viloyatlarda doimiy roʻyxatga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan mulkdor turar joy maydoni berilgan kundan boshlab oʻn besh kun mobaynida ushbu shaxslar toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
46. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy va vaqtincha roʻyxatga olinish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
47. Fuqaroni doimiy va vaqtincha roʻyxatga olish, doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
48. Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega boʻlgan mulkdor ulardan faqat bittasiga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi mumkin.
49. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
_______________________________________
TSHIIB, IIO FMB MvaFRBga
_______________________________________
_____________________________________da
yashovchi_________________________________
(mulkdorning F.I.O.)
ARIZA
Mening egaligimda boʻlgan, __________________tumani (shahri), ____________koʻchasi ________ (kvartal)
_________uy, ________ korpusda joylashgan umumiy foydalanish maydoni _______________kv/m dan iborat boʻlgan ________xonadonga fuqaro_________________________________________________________________ni
(doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinayotgan fuqaroning F.I.O)
quyidagi oila aʼzolari bilan birga doimiy yashash (vaqtincha turgan joyi) boʻyicha roʻyxatga olishingizni soʻrayman.
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tugʻilgan yili va joyi
Mulkdor yoki vakil ________________________________________________
(fuqaroning F.I.O.)
Imzo ________
20__ yil “___” __________
Izoh. Mulkdor voyaga yetmagan shaxs boʻlsa, uning nomidan ota-onalar, vasiy (homiy)lar vakil sifatida harakat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Fuqaroni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tugʻilgan sanasi va joyi
5. Pasport (ID-karta, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami)
6. Harbiy xizmatga aloqadorligi:
6.1. Chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchi uchun) (seriyasi va raqami, qaysi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan berilgani)
6.2. Harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun) (seriyasi va raqami)
7. Avvalgi yashagan manzili
8. Doimiy roʻyxatga olinayotgan manzil
9. Kelishdan maqsadi
10. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi
11. Telefon raqami
12. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda)
II. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) yoki uy-joy bergan yuridik shaxs haqida maʼlumot:
1. F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi
2. Doimiy roʻyxatga olinayotgan manzil yoki yuridik manzil
3. Kadastr yoki order raqami
III. Voyaga yetmagan oila aʼzolari:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tugʻilgan yili va joyi
Oʻgʻli
Qizi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi
Fuqaro doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida QAYD VARAGʻI
JSHSHIR________________________________
Qayd varagʻi raqami_______________
F.I.O__________________________________
Tugʻilgan sanasi__________________
_______________________________________
Doimiy roʻyxatga olingan sana____________________________________
Doimiy roʻyxat manzili ___________________________
Hujjat raqami
___________________________
_______________________________________
___________________________
(pasport, ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, harbiy hujjatlar)
Qayd varagʻi bergan organ____________________________________________________________
(TSHIIB, IIO FMB MvaFRB yoki MvaFRG)
Izoh. 1. Qayd varagʻi fuqaroning yashash joyida doimiy roʻyxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda haqiqiydir. 2. Harbiy hisobda turishga majbur fuqaro uch ish kuni ichida doimiy roʻyxatga olingan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimida harbiy hisobdan oʻtishga majburdir.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Fuqaroni yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi (mulkdor)
1. Doimiy roʻyxatga olish uchun Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (guruhi)ga oʻzi kelib murojaat qiladi.
2. Doimiy roʻyxatga olinish uchun qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.
3. Xizmatni koʻrsatish uchun davlat bojini toʻlaydi.
Murojaat qilinganda
2-bosqich
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (guruhi)
Taqdim etilgan hujjatlar asosida soʻrovnoma shaklini toʻldirib, avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuboradi.
Ariza toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa mobaynida
3-bosqich
1. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi
2. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
Soʻrovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda tegishli maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi.
10 daqiqa davomida
4-bosqich
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (guruhi)
Fuqaroning pasportidagi avvalgi yashash manzilidagi doimiy roʻyxati shtamp bosish yoʻli bilan bekor qilinadi va fuqaroning xohishiga koʻra doimiy roʻyxatga olinganligi haqida QR-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻini taqdim etadi.
Murojaat qilingan kunning oʻzida
5-bosqich
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (guruhi)
Hududiy mudofaa boʻlimiga fuqaro doimiy roʻyxatga olinganligi haqida elektron tizim orqali maʼlumot yuboradi.
Real vaqt rejimida
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Fuqaroni Davlat xizmatlari markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqaroni yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Fuqaroni yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatga olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari (boshqarmalari) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi yoki boʻlinmasi (guruhi) ga murojaat qiladi.
1. Xohishiga koʻra
2. Xizmatni koʻrsatish uchun davlat bojini toʻlaydi.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 1 soat mobaynida
2. YIDXP
2. Aniq vaqt rejimida
3-bosqich
Vakolatli organ
1. Soʻrovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda tegishli maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi.
2. QR-CODE bilan himoyalangan fuqaroni vaqtincha turar joy boʻyicha roʻyxatga qoʻyish haqidagi qayd varagʻini rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuboradi
3. Hududiy mudofaa boʻlimiga fuqaro doimiy roʻyxatga olinganligi haqida elektron tizim orqali maʼlumot yuboradi.
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
Qayd varagʻi kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
(Fuqaroning soʻroviga qayd varagʻi qogʻoz shaklda Davlat xizmatlari markazining muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladi).
1. 10 daqiqa mobaynida
2. YIDXP
2. Aniq vaqt rejimida
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Fuqaroning pasportidagi avvalgi doimiy roʻyxatini bekor qilish shtampining
NAMUNASI
Shtamp oʻlchami 60x20 mm
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Fuqaroni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tugʻilgan joyi va sanasi
5. Pasport (ID-karta) maʼlumotlari (seriyasi va raqami)
6. Harbiy xizmatga aloqadorligi*
6.1. Chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnoma (chaqiriluvchi uchun) (seriyasi va raqami, qaysi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan berilgani)
6.2. Harbiy guvohnoma va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar uchun) (seriyasi va raqami)
7. Doimiy roʻyxatga olingan manzili
8. Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinayotgan manzili
9. Kelishdan maqsadi va muddati
10. Qayerda va qaysi lavozimda ishlaydi
11. Telefon raqami
12. Elektron pochta manzili
II. Uy-joy mulkdori (mulkdorlari) yoki uy-joy bergan yuridik shaxs haqida maʼlumot:
1. F.I.O. yoki yuridik shaxs nomi
2. Doimiy roʻyxat manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili)
3. Kadastr raqami
4. Uy-joy bergan yuridik shaxsning aloqa xati
III. Voyaga yetmagan oila aʼzolari:
Qarindoshlik darajasi
F.I.O.
Tugʻilgan yili va joyi
Oʻgʻli
Qizi
* Turar joyi bir yarim oydan ortiq muddatga oʻzgargan, uch oydan ortiq muddatga xizmat safariga, oʻqish, taʼtil yoki davolanishga borgan taqdirda toʻldiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi
Fuqaro vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida QAYD VARAGʻI
JSHSHIR______________
Raqam________
Fuqaro________________
Tugʻilgan vaqti________
Hujjat________
Amal qilish muddati
Berilgan vaqti ________
________________
Seriyasi _______________
Vaqtincha yashash manzili
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Kadastr _____________
Kelishdan maqsad________________
Viloyat________________
Qayerdan keldi___________________
Tuman (shahar) _________
Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinish
muddati______yil “____”________gacha
Manzil________________
Uy ______ xona _____
Maʼlumot________________
Qayd varagʻi bergan organ_____________________________________________
(TSHIIB, IIO FMB MvaFRB yoki MvaFRG)
Izoh. Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi qayd varagʻi fuqaroning vaqtincha roʻyxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda, unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Fuqaroni Davlat xizmatlari markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
1. Xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun davlat bojini toʻlaydi.
2. Murojaat qilinganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 1 soat mobaynida
2. YIDXP
2. Aniq vaqt rejimida
3-bosqich
Vakolatli organ
1. Soʻrovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda tegishli maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi.
1 ish kuni mobaynida
2. QR-CODE bilan himoyalangan fuqaroni vaqtincha turar joy boʻyicha roʻyxatga qoʻyish haqidagi qayd varagʻini rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuboradi.
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Qayd varagʻi kelib tushgandan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
(Fuqaroning soʻroviga qayd varagʻi qogʻoz shaklda Davlat xizmatlari markazining muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etiladi).
1. 10 daqiqa mobaynida
2. Aniq vaqt rejimida
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Fuqaroni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari (boshqarmalari) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlim yoki boʻlinmasi (guruhi) ga uy egasi bilan birga murojaat qiladi.
2. Vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish uchun qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.
3. Xizmat koʻrsatish uchun davlat bojini toʻlaydi.
Murojaat qilinganda
2-bosqich
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (guruhi)
Taqdim etilgan hujjatlar asosida soʻrovnoma shaklini toʻldirib, avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuboradi.
Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqa mobaynida
3-bosqich
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi
1. Soʻrovnoma tushgandan keyin fuqaro haqidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda tegishli maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi.
2. QR-CODE bilan himoyalangan fuqaroni vaqtincha turar joy boʻyicha roʻyxatga qoʻyish haqidagi qayd varagʻini rasmiylashtiradi hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga yuboradi.
10 daqiqa mobaynida
4-bosqich
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (guruhi)
Qayd varagʻi kelib tushgandan soʻng uni rasmiylashtirib, ariza taqdim etadi.
10 daqiqa mobaynida
”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
24-bandning ikkinchi xatboshidagi “soʻroviga koʻra,” soʻzlaridan keyin “shu kunning oʻzida” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi 321-band qoʻshilsin:
“321. Mulkdor (mulkdorlar) fuqaroning doimiy roʻyxatga olinganligini bekor qilish uchun MvaFRBga quyidagi hujjatlar taqdim etadi:
mulkdor (mulkdorlar)ning yoki qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketgan shaxsning erkin tarzda yozilgan arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi), agar shaxsan borish imkoni mavjud boʻlmasa;
uy-joyga egalik qilishini tasdiqlovchi va Nizomning 16-bandiga asosan roʻyxatga olishni bekor qilish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
Fuqaro xorijga doimiy yashashga ketayotganda, fuqarodan qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan oʻz ota-onasining va turmush oʻrtogʻining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalari boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush oʻrtogʻining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan hollarda esa — vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi talab etiladi.
Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaro yozma ravishda ogohlantiriladi.
Fuqaroning doimiy roʻyxatga olinganligi hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng bir kun ichida bekor qilinadi”;
48-banddagi “46” raqami “47” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/785/1214-son)