Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Iqtisodiyotning moliyaviy sektoriga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek Toshkent shahrining turistik salohiyatini oshirish hamda ushbu sohasidagi investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismida koʻp tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-dekabrdagi 991-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
1.
2-banddagi “2020” raqami “2022” raqami bilan almashtirilsin.
“belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan materiallar (shu jumladan mebel va jihozlar), xomashyo, uskunalar, texnologik hujjatlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek, metall prokati, asboblar-uskunalar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kelinadigan qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, vaqtinchalik bino va inshootlar, transport vositalari davriy bojxona toʻlovlari toʻlashdan”.