Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Hukumat aloqa xizmati haqida
Nizomning:
1 boʻlim 11-bandning
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II boʻlim
2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II boʻlim
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisida” 1992-yil 3-sentabrdagi 406-son
qarorining:
1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandning
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi aloqa vaziri” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi
Nizomning:
I boʻlimi
5-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
III boʻlimning
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi bilan” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida muqobil xizmatni oʻtash amalga oshiriladigan vazirliklar, idoralar va konsernlarning
roʻyxatidagi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va uni oʻtash tartibi toʻgʻrisida Nizomga ilova) “Aloqa vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
j) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Intelsat” yoʻldosh aloqasi xalqaro tashkilotiga kirishi toʻgʻrisida” 1997-yil 24-fevraldagi 105-son qarorining
2-bandidagi “Aloqa vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini 2010-yilgacha boʻlgan davrda rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi toʻgʻrisida” 1995-yil 1-avgustdagi 307-son qarorining
4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.