toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 30.09.1997 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA” 1996-YIL 11 APRELDAGI 143-SON VA “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 1997-YIL 20 MAYDAGI 248-SON QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi birinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 20-maydagi 248-son qaroriga 1a-ilova “Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari apparati tuzilmasi” deb nomlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-sentabr,
457-son