toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGINING FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA” 1996-YIL 11 APRELDAGI 143-SON VA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA” 1997-YIL 20 MAYDAGI 248-SON QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 11-apreldagi 143-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi birinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-sentabr,
457-son