toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-maydagi 412-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Samarqand viloyatidagi mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalanish, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, sifatli sement mahsulotini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-maydagi 412-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Oʻ. Umurzakov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-dekabr,
739-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-dekabrdagi 739-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-maydagi 412-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Samarqand viloyati hokimligi va investorning investitsiya loyihasi doirasida 2023-yil 30-oktabrga qadar umumiy qiymati 340 mln AQSh dollarlik sutkasiga 7500 tonna klinker (yillik 3,0 mln tonna sement) ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodini ishga tushirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin”.
2. 4-banddagi “2019-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari “2022-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanidagi sement ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI

ming AQSh dollari

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Jami

(toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar)

1.

Loyihaning umumiy qiymati

340 000,0

2.

Kapital qoʻyilmalar hajmi

340 000,0

2.1.

mashina va asbob-uskunalar

184 500,0

2.2.

qurilish-montaj ishlari

130 000,0

2.3.

investitsiya jarayonidagi moliyaviy xarajatlar

13 428,6

2.4.

boshlangʻich aylanma mablagʻlari

71,4

2.5.

boshqa xarajatlar

12 000,0

3.

Yillik ishlab chiqarish quvvati

650 ming tn M600,

1750 ming tn M500 (oq),

600 ming tn M400

4.

Kutilayotgan yillik eksport hajmi

136 ming tn M600,

336 ming tn M500 (oq),

672 ming tn M400

5.

Tashkil etiladigan ish oʻrni

600

6.

Loyihani ishga tushish muddati

2023-yil oktyabr

7.

Loyihaning oʻzini qoplash muddati

6-7 yil

8.

Investitsiya davrining davomiyligi

23 oy

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 09/21/739/1139-son)