Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 2-martdagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2202, 2011-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 2-bandning
ikkinchi xatboshisi “sud videofonografiya ekspertizasi” degan soʻzlardan keyin “, oziq-ovqatlar ekspertizasi, sud elektrotexnikaviy ekspertizasi, sud kompyuter-texnikaviy ekspertizasi, sud psixologiya ekspertizasi, sud avtomobil yoʻllar ekspertizasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
“45. Sud ekspertizasi tugatilgandan soʻng sud eksperti tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tadqiqot fayli shakllantiriladi va bu tadqiqot fayli sud eksperti xulosasi nusxasi bilan saqlanadi.”.
3.
1-ilova mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning
ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.