1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent davlat texnika universitetining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi maxsus tashkil etilgan komissiya tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti faoliyatini oʻrganish natijasida bir qator jiddiy kamchiliklar va buzilishlar aniqlanganligini qayd etadi. Xususan, universitet tuzilmasida asossiz tarzda oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan sunʼiy boshqaruv boʻlinmalari — institutlar tashkil etilgan.
Akademik guruhlari boʻlmagan va ixtisos mutaxassisliklari boʻyicha talabalar tayyorlamaydigan fakultetlar, tarkibiga koʻra kam sonli va bir-birini takrorlovchi kafedralar tashkil etilgan. Universitet bakalavriatiga qabul qilish qoidalarining qoʻpol ravishda buzilishiga yoʻl qoʻyilgan, pul evaziga oʻziga ogʻdirib olish va poraxoʻrlik hollari mavjud.
Rektorat tomonidan pedagoglar jamoasi va talabalar, ayniqsa, yotoqxonalarda yashovchi talabalar bilan ishlash susaytirib yuborilgan. Yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan tarbiyalashda jiddiy kamchiliklar mavjud. Bularning hammasi universitet faoliyati susayib ketishiga hamda jamoada maʼnaviy vaziyatning jiddiy yomonlashuviga olib keldi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, Toshkent davlat texnika universitetining unga yuklangan bosh vazifa — mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari uchun oliy texnik maʼlumotga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash vazifasini hal etishni taʼminlovchi tashkiliy tuzilmasini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
1. Yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun Toshkent davlat texnika universitetining rektori Q.R. Allayev, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor F.S. Abdullayev, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.A. Nizametdinov ishdan boʻshatilganligi, shuningdek universitet fakultetlari va kafedralarining ayrim rahbarlari vazifasidan ozod etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 182-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 319-modda)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Toshkent davlat texnika universiteti dekanatlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
3. Toshkent davlat texnika universitetining “Kompyuter texnologiyalari” fakulteti tugatilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Koʻrsatib oʻtilgan fakultetda taʼlim olayotgan talabalar, shuningdek “Axborotlarni tayyorlash va boshqaruv kompyuter tizimlari”, “Telematika (dasturiy taʼminot)”, “Muhandislik tayyorgarligi axborot texnologiyalari” kafedralari 2005/2006 oʻquv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarkibiga oʻtkazilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Toshkent davlat texnika universitetining tashkiliy tuzilmasini 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tuzilmaga toʻliq muvofiqlashtirsin;
fakultetlar dekanatlarini shakllantirsin, kafedralar sonini maqbullashtirgan holda ularning roʻyxati va nomini qayta koʻrib chiqsin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazsin va uni amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan tanlov asosida mustahkamlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 80-A va 80-B talabalar yotoqxonalarini Toshkent davlat texnika universiteti balansidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti balansiga toʻlovsiz oʻtkazsinlar.
LexUZ sharhi
5-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 24-noyabrdagi 261-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 182-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 319-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 123-son qaroriga 2-ILOVA
Toshkent davlat texnika universiteti dekanatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi
Izoh: Fakultetda kunduzgi boʻlim talabalarining soni 1000 kishidan oshganda qoʻshimcha ravishda yana bittadan shtat birligi kiritiladi:
dekanning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari;
oʻquv jarayoni dispetcheri;
katta inspektor (EHM operatori).
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son, 141-modda; 2008-y., 33-son, 319-modda)