1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ANGREN GOLD KOMPANII” QOʻSHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATI SHARTLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni xorijiy investitsiyalarni jalb etish yoʻli bilan koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi, Nyumont (Oʻzbekiston) Limited va Mitsui Oʻzbekiston Development B.V. kompaniyalarining yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Angren gold kompanii” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
qoʻshma korxonaning boshlangʻich ustav jamgʻarmasi 20 mln AQSH dollarini tashkil etadi va keyinchalik ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslash asosida koʻpaytiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
ustav jamgʻarmasidagi ulushlar quyidagicha taqsimlanadi: Oʻzbekiston tomoni 40 foiz, xorijiy qatnashchilar 60 foiz (shu jumladan Nyumont (Oʻzbekiston) Limited — 40 foiz, Mitsui Oʻzbekiston Development B.V. 20 foiz);
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
moddiy va nomoddiy aktivlar, shu jumladan ruda omborlari, kavlanayotgan konlar, Angren ZIF, togʻ jinslari qoldiqlari, va boshqa axborotlar Oʻzbekiston tomonining qoʻshma korxona ustav jamgʻarmasiga qoʻshgan ulushi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.02.00 Asosiy vositalarning hisobi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]
pul mablagʻlari va texnologik asbob-uskunalar xorijiy qatnashchilar ulushi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.15.00 Mashinasozlik va metallga ishlov berish]
3. Belgilansinki, 1-ilovaga* muvofiq, loyiha hududi chegarasida joylashgan oʻrganilgan va yangidan razvedka qilingan konlarda qimmatbaho metallarni izlash, razvedka qilish va qazib olish, shuningdek, rudani qayta ishlash, oltin, kumush va boshqa qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish va sotish qoʻshma korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyuldagi 133-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 270-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
5. “Angren gold kompani” qoʻshma korxonasiga uning faoliyati butun davriga 3-ilovaga muvofiq huquqlar berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyuldagi 133-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 270-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
7. Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda royalti toʻlash, mintaqani ijtimoiy rivojlantirishga ajratmalar, soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish tartibini nazarda tutgan holda “Angren gold kompanii” qoʻshma korxonasida soliq solish va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi “Angren gold kompanii” qoʻshma korxonasiga 1-ilovada koʻrsatilgan loyiha hududi chegaralarida qazib olish va geologiya-razvedka ishlarini olib borish huquqini bergan holda yer osti boyliklaridan foydalanishga belgilangan tartibda litsenziya berishga vakil qilinsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.04.00 Atrof tabiiy muhit monitoringi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi qoʻshma korxona moʻljallanayotgan faoliyatning atrof-muhitga taʼsirini baholashning ekologiya ekspertizasini belgilangan tartibda oʻtkazsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.09.00 Ekologiya xavfsizligi]
Belgilansinki, qoʻshma korxona istalgan mavjud ekologiya shart-sharoitlari, shuningdek qoʻshma korxonaga bogʻliq boʻlmagan uchinchi shaxslarning harakatlari natijasida paydo boʻladigan ekologik oqibatlar uchun javob bermaydi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qoʻshma korxonaga uning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan davlat mulki, shu jumladan konlar, fabrika va Oʻzbekiston tomonining uchinchi shaxslarning barcha huquqlaridan erkin boʻlgan ularga tegishli boʻlgan obyektlari berilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamoat va boshqa tashkilotlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.05.00 Moliya, soliq va bojxona masalalari boʻyicha hamkorlik]
11. Qoʻshma korxona faoliyatining butun davomida Oʻzbekiston Respublikasi, uning subyektlari yoki Oʻzbekiston tomoni bilan qoʻshma korxona, Nyumont yoki Mitsui oʻrtasidagi nizolar xalqaro hamkorlik muhokamasi tomonidan, uning qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan Davlatlar va xorijiy shaxslar oʻrtasidagi investitsiya nizolarini hal etish tartibi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq bajargan holda hal qilinishiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.04.00 Portlovchi moddalar va boshqa xavfli yuklarni olib kirish va olib chiqish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.04 Suvdan sanoat maqsadlarida va energetika ehtiyojlari uchun foydalanish;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.04.00 Sogʻliqni saqlash boʻyicha bitimlar;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.13.00 Yoqilgʻi va energetika masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik]
13. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi mahalliy organlari qoʻshma korxonaning samarali faoliyatini taʼminlash, shu jumladan yer uchastkalari, suv, energetika resurslari va boshqa resurslarni belgilangan tartibda uzoq muddatli foydalanishga berish, shuningdek portlovchi moddalarni olib kelish va ulardan foydalanish huquqini berish, xorijiy tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi tashkil etilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
14. Davlat geologiya qoʻmitasi va “Oʻzolmosoltin” uyushmasi Angren oltin qazish koni obyektlari “Angren gold kompani” qoʻshma korxonasi tarkibiga berilgandan keyin kombinat ishlab chiqarishining uzluksiz ishlashi maqsadida flyus xom ashyosining geologik zaxiralari zarur hajmlarda boʻlishini, shuningdek uning qazib olinishini va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyuldagi 133-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 270-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-avgustdagi 407-son qaroriga 3-ILOVA
“Angren gold kompanii” qoʻshma korxonasiga berilgan
huquqlar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]
Korxona faoliyatining butun davrida loyiha hududida, shu jumladan Qizilolmasoy, Mejdurechye, Samarchuk va Kuchbuloq konlarini razvedka qilish va qazib olishga mutlaq huquqlar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.03.00 Yer osti boyliklarining davlat hisobi. Foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari davlat kadastri. Monitoring;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish]
1-ilovaga muvofiq loyiha hududida 10 yil davomida yangi konlarni qidirish va razvedka qilish uchun va yangidan razvedka qilingan konlardan qoʻshma korxona faoliyatining butun davrida foydalanish uchun mutlaq huquqlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
loyiha hududidagi konlarni qazishda olingan oltin, kumush va boshqa qoʻshimcha mahsulotlar (shu jumladan qimmatbaho metallar bozori London uyushmasida sertifikatsiya qilingan raqobatbardoshli affinaj ishlab chiqarishi Oʻzbekiston tomonidan taqdim etilmagan hollarda Dore qotishmasi)ni chet elga eksport qilish va jahon narxlarida erkin almashtiriladigan valyutaga belgilangan tartibda sotish. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bitishuv amalga oshirilayotgan paytda shakllanayotgan jahon narxlari boʻyicha oltin va kumushning bir qismini sotib olish huquqiga egadir;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
chet elda kredit va qarz olish hamda toʻlash, chet elda aksiyadorlarga erkin almashtiriladigan valyutada yoki qoʻshma korxona mol-mulki bilan dividend toʻlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang)]
har qanday valyutada schyotlar ochish va ulardan foydalanish, respublika hududida hisob-kitoblar milliy valyuta — soʻmda yuritilishini nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda chet el valyutasini olish, ulardan foydalanish va ularni Oʻzbekistondagi va uning tashqarisidagi banklarda saqlash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]
ham milliy valyutada, ham AQSH dollarida hisob-kitob yuritish moliya va soliq hisobotlarini tuzish, ustav jamgʻarmasini hisob-kitob va soliqlar, royaltilar, dividendlar toʻlash, ijtimoiy normalarga ajratmalar uchun funksional valyuta sifatida AQSH dollarida belgilash;
loyiha hududi doirasida qoʻshma korxona faoliyatiga tegishli boʻlgan geologik va boshqa xil axborotlarni vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalardan olish, foydalanish hamda ulardan nusxa koʻchirish, shuningdek, bunday axborotlarni belgilangan tartibda chet elga olib ketish.