toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi 770-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 770-son qarori bilan tasdiqlangan Kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, saqlash, realizatsiya qilish va tashish hisobga olish boʻyicha talablarga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-noyabr,
720-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 720-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 770-son qarori bilan tasdiqlangan Kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, saqlash, realizatsiya qilish va tashish hisobga olish boʻyicha talablarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. Nomidagi va talablarga ilovaning belgilanishidagi “realizatsiya qilish va tashish hisobga olish” soʻzlari “realizatsiya qilish, tashish, yoʻq qilish va hisobga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Talablarga ilovaga quyidagi mazmundagi 7-pozitsiya qoʻshilsin:

7.

Rodnik

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/720/1109-son)