Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash, ularning turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda daromadlarini koʻpaytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6186-son Farmoniga
5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga
5-ILOVA
2021-yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar, shu jumladan xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun uy-joylarni sotib olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5020-son qarori 6-bandining “a” kichik bandi
uchinchi xatboshisidagi “otasidan ayrilgan, yolgʻiz onasi” soʻzlari “ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin.