toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.08.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1a-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3127-6]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 14-iyuldagi 32-sonli “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3380, 15.08.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2018-yil 2-sentabrdagi PQ-3926-son “Oʻzbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq kripto-aktivlar aylanmasi sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlarning yashirin aylanmasini kamaytirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 21-yanvardagi 16-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127, 2019-yil 22-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 10/19/3127/2525-son) bilan tasdiqlangan Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1a-ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor Li D. R.
Toshkent sh.,
2021-yil 11-noyabr,
34-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2021-yil 11-noyabrdagi 34-son buyrugʻiga
ILOVA
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1a-ilovasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
token — maʼlum bir aktivga boʻlgan majburiyatni yoki mulk huquqini tasdiqlash uchun moʻljallangan, taqsimlangan maʼlumotlar reyestridagi hisob birligi. Token faoliyatga moliyaviy mablagʻlar va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chiqariladi;”;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
tokenni chiqarish — tokenning fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida paydo boʻlishiga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar;
tokenni joylashtirish — tokenning kripto-birjalarda u bilan kripto-birja savdolarini amalga oshirish maqsadida joylashtirish;
tokenni chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish — chiqarilgan tokenlarni kripto-birjalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarish maqsadida roʻyxatdan oʻtkazish;
tokenni muomalaga kiritish — tokenlarni sotib olish, sotish hamda boshqa kripto-aktivlarga almashtirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshirish;
taʼminlanmagan token — biror-bir moddiy va (yoki) boshqa mulk bilan taʼminlanmagan token;”;
oʻn uchinchi — oʻttizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn sakkizinchi — oʻttiz beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirma ikkinchi xatboshidagi “kripto-aktiv va tokenlarni” degan soʻzlardan keyin “milliy va (yoki)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish;”;
yigirma oltinchi — oʻttiz beshinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma yettinchi — oʻttiz oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“kripto-birjada tokenlarni chiqarish va joylashtirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslarning rahbarlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda ularning vakillarini ushbu Qoidalarning 11-bandida nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirish yoki kirmasligini aniqlashga;
tokenlarni taʼminlash uchun kiritilgan moddiy va (yoki) boshqa mulkning haqiqatda mavjudligini tekshiruvdan oʻtkazilishini taʼminlashga;
quyidagilarni inobatga olgan holda tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish tartibini tasdiqlashga:
tokenlarni joylashtirish uchun jalb etilishi rejalashtirilgan mablagʻlarning kamida 10 foiz miqdorini milliy va (yoki) chet el valyutasida kripto-birjaning HKKPdagi alohida virtual hisob-raqamiga qoʻyish;
tokenlarni kripto-birjaga joylashtirgan shaxsning HKKPdagi alohida virtual hisob-raqamidagi mablagʻlar hisobidan shartnoma majburiyatlarida nazarda tutilgan hollarda va miqdorda uning tokenlarini sotib olinishini taʼminlash;
chiqarilgan tokenlarning nomlanishi yoki ramzlarida “davlat”, “davlat tomonidan taʼminlangan”, “davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan”, “Oʻzbekiston”, “oʻzbek”, “milliy”, “soʻm (UZS)” hamda Oʻzbekiston Respublikasi shaharlarining nomlarini toʻliq yoki qisqartirilgan shaklda, shuningdek ularning birliklaridan foydalangan holda, istalgan tilda va har qanday shaklda ishlatishni taqiqlash;”;
sakkizinchi xatboshidagi “qonun” degan soʻz “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari kripto-birjalarda:
kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy valyutada;
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari bilan faqatgina kripto-aktivlar va tokenlarni sotishga doir operatsiyalarni xorijiy valyutada amalga oshirish huquqiga ega.
Sotib olish obyekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining oʻz tavakkalchiligidir.”.
4. 6-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida kripto-birjalar tomonidan taʼminlanmagan tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish va joylashtirish taqiqlanadi.
Kripto-birja taʼminlanmagan tokenlarni chiqarganligi, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazganligi, joylashtirganligi va muomalaga kiritganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 10/21/3127-6/1081-son)