Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
“Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 411-son “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 17-maydagi 53, 36-son “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2801, 2016-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 298-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 7-martdagi 12, 56-son “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”
qarori (roʻyxat raqami 2801-1, 2018-yil 3-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 10/18/2801-1/0991-son).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.