toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2801-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 5-noyabrdagi 38-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 4-noyabrdagi 71-sonli ““Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2801-2, 09.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 17-maydagi 53, 36-son qarori (roʻyxat raqami 2801, 2016-yil 14-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 298-modda) bilan tasdiqlangan Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-mart,
12-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-mart,
56-son
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 7-martdagi 12, 56-son qaroriga
ILOVA
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
uchinchi xatboshidagi “nogiron” degan soʻz “nogironligi boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “nogironlar” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. 16 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalar hamda 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslar (bundan buyon matnda nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslar deb yuritiladi), shuningdek pensiya yoshidagi muhtoj shaxslar mazkur Nizomning 1-ilovasidagi protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tomonidan bepul taʼminlanadi.”.
3. 3 va 33-banddagi “Muhtoj nogironlar” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 5-banddagi “Muhtoj nogironlar”, “nogiron” va “nogironlarga” degan soʻzlar tegishincha “Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslar”, “nogironligi boʻlgan” va “nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolaga qonuniy vakilining arizasi hamda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida, 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironligi boʻlgan shaxsning yoki qonuniy vakilining arizasi hamda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.”.
6. 9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga berilgan tibbiy xulosalar har bir kasallik holatida kasallikning xususiyati va kechishiga, organizm funksiyalarining buzilishi darajasiga va kompensatorlik mexanizmlarining holatiga qarab, nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslarga berilgan tibbiy xulosalar esa, nogironlikning muddatidan kelib chiqib, qayta nogironlikka oʻtish muddatigacha yoki ulardan foydalanish muddatigacha beriladi.”.
7. 11, 13, 15, 16, 26 va 30-bandlardagi “muhtoj nogironlar” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 14-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.”.
9. 18-banddagi “muhtoj nogiron” va “Muhtoj nogiron” degan soʻzlar tegishincha “nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs” va “Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshidagi “muhtoj nogiron” va “muhtoj nogironga” degan soʻzlar tegishincha “nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs”, “nogironligi boʻlgan muhtoj shaxsga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Muhtoj nogironlar” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 20 va 24-bandlardagi “Muhtoj nogiron” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “muhtoj nogironlar” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “muhtoj nogiron” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 23-banddagi “muhtoj nogiron” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “muhtoj nogironlar” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “muhtoj nogironning” va “muhtoj nogiron” degan soʻzlar tegishincha “nogironligi boʻlgan muhtoj shaxsning” va “nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 31-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 1-ilovadagi Reabilitatsiya texnik vositalari boʻlimi quyidagi mazmundagi 31 — 35-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

31.

Tirsakli qoʻltiq tayoq

12 oy

2 yil

32.

Koʻzi ojizlar uchun hassa

12 oy

2 yil

33.

Yurish moslamasi (xodunok)

12 oy

2 yil

34.

Peshob qabul qilgich

5 kun

1 oy

35.

Najas qabul qilgich

5 kun

1 oy

”.

17. 2-ilovaning 4-bandidagi “muhtoj nogiron” va “(agar nogiron boʻlsa)” degan soʻzlar tegishincha “nogironligi boʻlgan shaxs” va “(agar nogironligi boʻlgan shaxs boʻlsa)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. 3, 6, 7 va 9-ilovalardagi “Muhtoj nogiron” va “(agar nogiron boʻlsa)” degan soʻzlar tegishincha “Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs” va “(agar nogironligi boʻlgan shaxs boʻlsa)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. Qoʻltiq tayoq yoki tirsakli qoʻltiq tayoqqa:
bitta oyoqning tayanch-harakat faoliyati toʻliq buzilgan holatlar hamda anatomik defektlarda;
soxta boʻgʻim, suyaklar defekti, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, oyoq kamari suyaklari va boʻgʻimlarining turgʻun qiyshayishi yoki ankilozi, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
bir yoki ikki oyoqning amputatsion choʻltoqligi;
tizza va chanoq-son boʻgʻimini endoprotezlash;
oʻrta darajada va namoyon boʻlgan gemiparez, oʻrta darajada va namoyon boʻlgan pastki paraparez;
5. Hassa yoki koʻzi ojizlar uchun hassaga:
bir oyoqning tayanch-harakat faoliyati qisman buzilgan holatlarda, shuningdek murakkab protez va ortez bilan taʼminlangan holatlarda;
tizza va chanoq-son boʻgʻimini endoprotezlash;
koʻzi ojizlarga.”;
b) quyidagi mazmundagi 6 — 8-bandlar bilan toʻldirilsin:
6. Yurish moslamasiga (xodunokka):
ikki oyoq, chanoq, umurtqa pogʻonasining jarohatlarining asoratlaridan keyingi yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari.
7. Peshob qabul qilgich:
Peshob chiqarish aʼzolarida stomaning mavjudligi.
8. Najas qabul qilgich:
Ichakda stomaning mavjudligi.”.
6-banddagi “Muhtoj nogiron” degan soʻzlar “Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-banddagi “(agar nogiron boʻlsa)” degan soʻzlar “(agar nogironligi boʻlgan shaxs boʻlsa)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
21. 11 va 12-ilovalardagi “muhtoj nogironlar”, “16 yoshdan katta nogironlar” va “16 yoshgacha nogiron bolalar” degan soʻzlar tegishincha “nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslar”, “16 yoshdan katta nogironligi boʻlgan shaxslar” va “16 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 10/18/2801-1/0991-son)