Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 484-son “Kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Transport vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 529-son “Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2967, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/2967/0659-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2020-yil 21-maydagi 181-son “Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarining 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2967-1, 2020-yil 10-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2967-1/0729-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2021-yil 23-martdagi 86-son “Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarining 5-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2967-2, 2021-yil 7-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 10/21/2967-2/0304-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 530-son “Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2968, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/2968/0660-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2020-yil 21-maydagi 182-son “Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalarining 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2968-1, 2020-yil 10-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 10/20/2968-1/0730-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2021-yil 23-martdagi 85-son “Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalarining 5-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2968-2, 2021-yil 7-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 10/21/2968-2/0305-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 531-son “Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2969, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/2969/0666-son).