Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 529-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2967, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/2967/0659-son) bilan tasdiqlangan Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarining
5-ilovasi matnidagi “Pasport” degan soʻz “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.