1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLINI DORI-DARMONLAR BILAN TA’MINLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika aholisini dori-darmonlar va tibbiyot mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, shuningdek ularni chetga olib chiqib ketishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hayotiy muhim dori-darmonlar chakana narxlarining cheklangan narxlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Boshqa dori-darmonlar va tibbiyot mahsulotlariga 1993-yil 11-yanvardan boshlab shartnomaviy (erkin) ulgurji narxlarga asoslanib shakllantirilgan shartnomaviy (erkin) chakana narxlar joriy etilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabrdagi 532-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
dori-darmonlarning chakana narxlari preyskurantlarini mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq tasdiqlasin;
hayotiy muhim dori-darmonlar narxlaridagi farqni va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi dorixona muassasalarining ko‘radigan zararlarini o‘z vaqtida qoplashni nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda import bo‘yicha sotib olinadigan dori-darmonlar va tibbiyot mahsulotlariga mablag‘ ajratish tartibini belgilasin va bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisini dorivor vositalar va tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlar bilan ta’minlashning kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 7-maydagi 226-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV