1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻQITUVChI VA MURABBIYLAR KUNINI BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
1. 1-oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” deb belgilansin hamda u bayram (dam olish) kuni deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova) 131-moddasi oltinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;”
Shu moddaning yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilari tegishli ravishda sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Xalq taʼlimi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi 1993-yil 29-dekabr Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 26-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
367-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 65-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)