toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻQITUVChI VA MURABBIYLAR KUNINI BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. 1-oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” deb belgilansin hamda u bayram (dam olish) kuni deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Xalq taʼlimi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi 1993-yil 29-dekabr Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 26-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
367-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 65-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)