Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik
kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.04.08-13 “Gaz taʼminoti. Loyihalash meʼyorlari” shaharsozlik normalari va
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Adliya vazirligida hisobga olingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maishiy gazdan foydalanish uskunalarini ulash uchun ishlatiladigan elastik shlanglar texnik sozligini tasdiqlovchi guvohnoma va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi kerak. Bunday shlanglarning ichki diametri 10 mm dan kam boʻlmagan, uzunligi 1,5 m dan oshmagan va “gaz” soʻzi bilan markalangan boʻlishi lozim.”;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Gaz hisoblagichlar, issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti qozonlari hamda gaz plitalarni qoʻp qavatli uylarda, shuningdek tor sharoitlarda oʻrnatishda hisoblagichlarni quvurlarga ulash joylarida egiluvchan metall quvurlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Metall quvurlar ikki tomonlama muftalar bilan mustahkamlanganda, u qoʻshimcha rezbali va payvandlangan boʻgʻinlarga ega boʻlmasligi kerak.”.