Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasida sugʻoriladigan yerlarni saqlab qolishga va aholi jon boshiga sugʻoriladigan ekin maydonlarning kamayib ketmasligiga nihoyatda muhim ahamiyat berib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasida meloratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 1993-1994-yillarda yangi yerlarni oʻzlashtirish va qadimdan sugʻorilib kelinayotgan yerlarni qayta tiklash toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan kelishilgan takliflari 1-2-ilovalarga
* muvofiq qabul qilinsin. Yangi sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirish suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga mavjud suv resurslari doirasida amalga oshirilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari yangi sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirish yuzasidan berilgan topshiriqqa muvofiq qisqa muddat ichida katta xarajatlarni talab qilmaydigan xoʻjalik ichki rezervlarini qishloq xoʻjaligi oborotiga kiritish imkoniyatini va maydonni belgilab chiqsinlar.
Suv xoʻjaligi tashkilotlariga belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun meliorativ jihatdan noqulay boʻlgan zarur maydonlarni oʻz vaqtida ajratish taʼminlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolini belgilash va statistika davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Meloratsiya va suv xoʻjaligi vazirligiga
1-bandda koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun mablagʻ ajratishni nazarda tutsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin. Bu ishlarning qanday amalga oshirilayotganligi 1993-yilning birinchi yarmi yakunlari boʻyicha koʻrib chiqilsin.