1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.02.00 Yoshlar mehnati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursining bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha boʻlgan qismini qoplab berishni nazarda tutuvchi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yeshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha vaqtinchalik tartib 1-ilovaga muvofiq;
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan farzandlariga ularning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini nazarda tutuvchi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini qoplash boʻyicha vaqtinchalik tartib 2-ilovaga muvofiq;
“Yoshlar daftari” roʻyxatida mavjud boʻlgan yoki bandligi taʼminlangani sababli undan chiqarilgan, xususiy tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh xodimlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha boʻlgan qismi mazkur xususiy tashkilotga kompensatsiya qilinishini nazarda tutuvchi Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, “Yeshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha vaqtinchalik tartib 3-ilovaga muvofiq;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishni nazarda tutuvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlariga ular ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtagan vaqtida, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda budjet mablagʻlari hisobidan amaliyot oʻtagan toʻliq oy uchun har oylik subsidiya ajratishni nazarda tutuvchi Professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻquvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyoti davri uchun subsidiya ajratish boʻyicha vaqtinchalik tartib 5-ilovaga muvofiq;
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlarini ajratish va ularning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishni nazarda tutuvchi “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishning maʼmuriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ikki hafta muddatda:
a) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini (keyingi oʻrinlarda — oʻqish va imtihon xarajatlari) qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini taʼminlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) elektron davlat xizmatini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni ishlab chiqsin, kelishish va tasdiqlash uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin;
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan texnik hujjatlarga muvofiq oʻqish va imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilish “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlarini ajratish haqidagi arizani YIDXP orqali yuborish boʻyicha elektron davlat xizmatini ishga tushirsin, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralarning YIDXPga ulanishini va axborot tizimlarining (shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining milliy sertifikatlar boʻyicha elektron bazasining) oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin;
v) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Davlat test markazi bilan birgalikda hududlardagi namunali xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari reyestrini, shuningdek, milliy sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirsin va oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilsin hamda doimiy ravishda yangilab borsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 20-oktabrga qadar Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari hisobidan ishlab chiqilayotgan xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimi negizida yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilar elektron reyestrini yaratish choralarini koʻrsin.
ikkinchi — beshinchi xatboshilardagi tartiblarda nazarda tutilgan xarajatlar Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
oltinchi xatboshisidagi tartibda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida tizimida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga Davlat budjeti parametrlarida ajratilgan mablagʻlar;
yettinchi xatboshisidagi tartibda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 10 kun muddatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi “Yoshlar daftari” axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda:
kasbga qayta tayyorlash dasturlarida ishtirok etuvchi taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi toʻliq va aniq maʼlumotlarni oʻzida jamlaydigan elektron axborot tizimini ishlab chiqsin va ishga tushirsin;
kasbga qayta tayyorlash dasturlarida ishtirok etuvchi taʼlim tashkilotlarini elektron reyestrga kiritish tartibi va ushbu taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan isteʼmol kreditlari ajratish tavsiya etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotda qoʻllanilishini tahlil qilgan holda ularni takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-oktabr,
617-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 1-ILOVA
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha
VAQTINCHALIK TARTIB
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik tartib “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Vaqtinchalik tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylaridan chiqarilgan yoshlarga, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) ularning davlat va nodavlat taʼlim muassasalaridagi “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifalar boʻyicha avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursining (keyingi oʻrinlarda — oʻqish xarajati) bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha boʻlgan qismi (keyingi oʻrinlarda — oʻqish xarajatining bir qismi) qoplanadi.
2-bob. Ariza beruvchilarga oʻqish xarajatini kompensatsiya qilish tartibi
3. Ariza beruvchilarga oʻqish xarajatini kompensatsiya qilish ushbu Vaqtinchalik tartibga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ushbu ariza beruvchilarning doimiy yashash manzili yoki ular tarbiyalangan “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi joylashgan joydagi sektor shtabiga borib, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) raisi nomiga yozma shaklda murojaatiga asosan amalga oshiriladi.
Bunda, arizada ariza beruvchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilish soʻralayotgan oʻqish xarajati miqdori koʻrsatilishi lozim.
4. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
“Mehribonlik” uyi yoki Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan ariza beruvchilar tomonidan ularning ushbu muassasalarda tarbiyalanganligi haqida maʼlumotnoma;
avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan taʼlim tashkilotida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash toʻgʻrisida taʼlim tashkiloti va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish taqiqlanadi.
5. Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatiga asosan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza beruvchining oʻqish xarajati bir qismini qoplab beradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
6. Vasiylik kengashidan kelib tushgan soʻrov xati boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar va hujjatlar nusxalari ushbu Vaqtinchalik tartib talablariga muvofiq boʻlsa, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi uch ish kunida Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga oʻqish xarajatining bir qismini qoplab berish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.
Talabnomada ariza beruvchining F.I.Sh., toʻlov maqsadi va summasi koʻrsatilishi lozim.
7. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib, besh ish kunida oʻqish xarajatining bir qismini toʻlash boʻyicha toʻlov grafigi shakllantiriladi.
Bunda, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan toʻlov grafigi, ariza beruvchiga ushbu toʻlov grafigiga muvofiq oʻqish xarajatining bir qismini toʻlab berish muddati haqida SMS xabar yuboriladi.
8. Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati toʻlov grafigi asosida oʻqish xarajatining bir qismini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha tegishli gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
9. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi mablagʻlar tushgan sanadan boshlab bir ish kunida ariza beruvchiga oʻqish xarajatining qolgan qismi u tomonidan toʻlanib, ushbu toʻlovni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda uning arizasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanishi soʻralgan oʻqish xarajatining bir qismi qoplab berilishi haqida SMS xabar yuboradi.
10. SMS xabar yuborilgan sanadan boshlab 30 kalendar kun davomida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan oʻqish xarajatining qolgan qismi toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjatiga asosan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi ariza beruvchining arizasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanishi soʻralgan oʻqish xarajatining bir qismini uch ish kunida taʼlim tashkilotining bankdagi hisob raqamiga oʻtkazadi va bu haqda ariza beruvchiga SMS xabar, Vasiylik kengashiga xabarnoma yuboradi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat ariza beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilganda, uning xarajati bir qismini qoplab berish uchun oʻtkazib berilgan mablagʻlar Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishgan holda boshqa ariza beruvchilarning oʻqish xarajatining bir qismini qoplashga yoʻnaltirilishi mumkin. Bunday murojaatlar tushmagan taqdirda mablagʻlar Jamgʻarmaga qaytariladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
11. Ariza beruvchi ushbu Vaqtinchalik tartib talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
12. Ushbu Vaqtinchalik tartib talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha vaqtinchalik tartibga ILOVA
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yeshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlarini kompensatsiya qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddati
1-bosqich
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar
Doimiy yashash manzili yoki ular tarbiyalangan “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi joylashgan joydagi sektor shtabiga borib, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashi raisiga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish xarajati bir qismini kompensatsiya qilish haqida yozma shaklda murojaat qiladi.
Ariza beruvchining
xohishiga koʻra
2-bosqich
Vasiylik kengashi
Arizachining avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish xarajati bir qismini kompensatsiya qiladi.
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisob raqamida ushbu yoʻnalishdagi xarajatlarni amalga oshirishga mablagʻ yetarli boʻlmasa, Vasiylik kengashi arizachining murojaatini va ushbu Nizomning 3-4-bandlarida keltirilgan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beruvchiga oʻqish xarajatining bir qismini qoplash haqida Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga soʻrov xati yuboradi.
Murojaat kelib tushgandan uch ish kunida
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Soʻrov xati boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlar nusxalari belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga oʻqish xarajatining bir qismini qoplab berish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.
Soʻrov xati kelib tushgandan uch ish kunida
4-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
markaziy apparati
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib besh ish kunida oʻqish xarajatining bir qismini toʻlash boʻyicha toʻlov grafigi shakllantiriladi.
Bunda, Agentlikning hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan toʻlov grafigi, ariza beruvchiga ushbu toʻlov grafigiga muvofiq oʻqish xarajatining bir qismini toʻlab berish muddati haqida SMS xabar yuboriladi.
Buyurtmanoma tushgandan soʻng besh ish kunida
Buyurtmanoma asosida oʻqish xarajatini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha tegishli gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Toʻlov grafigiga muvofiq
5-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Mablagʻlar kelib tushgan sanadan boshlab, ariza beruvchiga oʻqish xarajatining qolgan qismi u tomonidan toʻlanib, ushbu toʻlovni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda uning arizasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanishi soʻralgan oʻqish xarajatining bir qismi qoplab berilishi haqida SMS xabar yuboradi.
Mablagʻlar tushgandan soʻng
uch ish kunida
6-bosqich
Ariza beruvchi
Oʻqish xarajatining oʻzi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan qismini toʻlaganini tasdiqlovchi toʻlov hujjatini Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
SMS xabar yuborilgan sanadan boshlab 30 kalendar kun davomida
7-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi
Oʻqish xarajatining bir qismini uch ish kunida taʼlim tashkilotining bankdagi hisob raqamiga oʻtkazadi va bu haqda arizachiga SMS xabar, Vasiylik kengashiga xabarnoma yuboradi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 2-ILOVA
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini qoplash boʻyicha
VAQTINCHALIK TARTIB
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik tartib “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini qoplash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Vaqtinchalik tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalan.gan yoshlar, shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning “Yoshlar daftari”dagi farzandlariga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) ularning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq miqdorda qoplash uchun subsidiya (keyingi oʻrinlarda — subsidiya) ajratiladi.
2-bob. Ariza beruvchilarga subsidiya ajratish tartibi
3. Ariza beruvchilarga subsidiya ajratish ushbu Vaqtinchalik tartibga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ushbu ariza beruvchilarning doimiy yashash manzili yoki ular tarbiyalangan “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi joylashgan joydagi sektor shtabiga borib, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) raisi nomiga yozma shaklda yoki “Yoshlar daftari” elektron platformasi orqali onlayn murojaatga asosan amalga oshiriladi.
Bunda, arizada ariza beruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami koʻrsatilishi lozim.
4. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ariza beruvchining “Mehribonlik” uyi yoki Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalanganligi haqida maʼlumotnoma;
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uch taraflama shartnoma (mudofaa boʻlimi va fuqaro tomonidan imzolangan holda).
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish taqiqlanadi.
5. Vasiylik kengashi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlarning ushbu muassasalarda tarbiyalanganini tasdiqlovchi hujjatlarni, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ariza beruvchilarning oilasi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganini oʻrganib, ariza beruvchilarning murojaatiga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi) mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
6. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari subsidiya ajratish uchun yetarli boʻlmaganda, Vasiylik kengashi uch ish kunida ushbu Vaqtinchalik tartibning 3-4-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beruvchiga subsidiya ajratish haqida Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga soʻrov xat yuboradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
7. Vasiylik kengashidan kelib tushgan soʻrov xati boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlar nusxalari ushbu Vaqtinchalik tartib talablariga muvofiq boʻlsa, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi uch ish kunida Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga ariza beruvchiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma yuboradi.
buyurtmanomada ariza beruvchining F.I.Sh., toʻlov maqsadi va summasi koʻrsatilishi lozim.
8. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib, besh ish kunida subsidiyani toʻlash boʻyicha toʻlov grafigi shakllantiriladi.
Bunda, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan toʻlov grafigi, ariza beruvchiga ushbu toʻlov grafigiga muvofiq subsidiyani toʻlab berish muddati haqida SMS xabar yuboriladi.
9. Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati toʻlov grafigi asosida subsidiyani Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha tegishli gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
10. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi mablagʻlar kelib tushgan sanadan boshlab uch ish kunida uch taraflama shartnomani imzolab, bir asl nusxadan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga va ariza beruvchiga yuboradi hamda mablagʻlarni tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga — Xalq bankining tegishli tuman (shahar) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisobraqamiga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining familiya, ismi, otasining ismi va toʻlov maqsadi koʻrsatilgan holda subsidiyani oʻtkazib beradi va bu haqda ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.
11. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi hisob raqamiga subsidiya oʻtkazib berilgandan soʻng ariza beruvchi 180 kalendarʼ kun davomida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtashni boshlamasa yoki ariza beruvchining ushbu xizmatni oʻtashiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar yuzaga kelsa, tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi ushbu ariza beruvchi uchun oʻtkazilgan subsidiyani Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga qaytaradi.
12. Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishilgan holda qaytarilgan mablagʻlarni boshqa ariza beruvchilarga subsidiya shaklida yoʻnaltirishi mumkin, bunday murojaatlar kelib tushmagan taqdirda mablagʻlar Jamgʻarmaga qaytariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Ariza beruvchi ushbu Vaqtinchalik tartib talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
14. Ushbu Vaqtinchalik tartib talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini qoplash boʻyicha vaqtinchalik tartibga ILOVA
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻlash uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddati
1-bosqich
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yoshlar yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning “Yoshlar daftari”dagi farzandlari
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻlash uchun subsidiya ajratish haqida doimiy yashash manzili yoki tarbiyalangan “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi joylashgan joydagi sektor shtabiga borib, Vasiylik kengashi raisi nomiga yozma shaklda yoki “Yoshlar daftari” elektron platformasi orqali onlayn murojaat qiladi.
Ariza beruvchining
xohishiga koʻra
2-bosqich
Vasiylik kengashi
Ariza beruvchining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini qoplash uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga — Xalq bankining tegishli tuman (shahar) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisobraqamiga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining familiya, ismi, otasining ismi va toʻlov maqsadi koʻrsatilgan holda subsidiyani oʻtkazib beradi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari subsidiya ajratish uchun yetarli boʻlmaganda, ariza beruvchiga subsidiya ajratish haqida Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga soʻrov xat yuboradi.
Murojaat tushgandan soʻng uch ish kunida
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Soʻrov xati boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlar nusxalari belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga ariza beruvchiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.
Soʻrov xati tushgandan soʻng uch ish kunida
4-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati
Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib besh ish kunida subsidiyani toʻlash boʻyicha toʻlov grafigi shakllantiriladi.
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan toʻlov grafigi, ariza beruvchiga ushbu toʻlov grafigiga muvofiq subsidiyani toʻlab berish muddati haqida SMS xabar yuboriladi.
Talabnoma asosida subsidiyani Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha tegishli gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Toʻlov grafigiga muvofiq
5-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Mablagʻlar kelib tushgan sanadan boshlab uch taraflama shartnomani imzolab, bir asl nusxadan tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga va ariza beruvchiga yuboradi hamda mablagʻlarni tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga — Xalq bankining tegishli tuman (shahar) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisob raqamiga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining familiya, ismi, otasining ismi va toʻlov maqsadi koʻrsatilgan holda subsidiyani oʻtkazib beradi va bu haqda ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 3-ILOVA
Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha
VAQTINCHALIK TARTIB
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik tartib xususiy tashkilotlarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlardan ishga olingan xodimlarini qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlarining bir qismini mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Vaqtinchalik tartibga muvofiq “Yoshlar daftari” roʻyxatida mavjud boʻlgan yoki bandligi taʼminlangani sababli undan chiqarilgan, xususiy korxona yoki tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh xodimlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha boʻlgan qismi mazkur xususiy tashkilotga Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
3. Ushbu Vaqtinchalik tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xodim — “Yoshlar daftari” roʻyxatida mavjud boʻlgan yoki bandligi taʼminlangani sababli undan chiqarilgan, xususiy korxona yoki tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh fuqaro;
ariza beruvchi (ish beruvchi) — ustav kapitalida davlat ulushi boʻlmagan xodimlarini kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilishni soʻrab belgilangan tartibda murojaat qilgan xususiy tashkilot;
kompensatsiya — Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ariza beruvchiga qoplanadigan, xodimni kasbga qayta tayyorlash kursida oʻqitish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatning bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha boʻlgan qismi;
kasbga qayta tayyorlash — tegishli yoʻnalish boʻyicha zarur bilim, malakaga va kasbiy koʻnikmaga ega boʻlishi uchun oʻquv dasturlari asosida xodimni kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishga qaratilgan oʻqitish shakli;
malaka sertifikati — kasbga qayta tayyorlash kursi yakunida malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgandan soʻng xodimga beriladigan belgilangan namunadagi hujjat;
taʼlim tashkiloti — kasbga qayta tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi davlat yoki nodavlat taʼlim muassasasi;
elektron reyestr — kasbga qayta tayyorlash dasturlarida ishtirok etuvchi taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi toʻliq va aniq maʼlumotlarni oʻzida jamlaydigan elektron axborot tizimi.
2-bob. Elektron reyestrni shakllantirish
4. Elektron reyestrga kiritish uchun kasbga qayta tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi taʼlim tashkilotlari belgilangan tartibda elektron tarzda murojaat qiladi.
Bunda, taʼlim tashkilotlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron reyestrga kiritish uchun taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
5. Elektron reyestrga quyidagi taʼlim tashkilotlari kiritilishi mumkin:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari;
professional taʼlim tashkilotlari;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻquv markazlari va boʻlinmalari;
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi tashkilotlari hamda ularning huzuridagi oʻquv markazlari;
taʼlim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
shogirdlarga kasb oʻrgatish imkoniyatiga ega boʻlgan “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlgan hunarmandlarning “Usta-shogird” maktablari.
6. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan taʼlim tashkilotlarining belgilangan talablarga muvofiqligi oʻrganiladi va elektron reyestrga kiritiladi.
8. Zarur hollarda, elektron reyestrga kiritilgan maʼlumotlar manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlarning boshqa elektron axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi mumkin.
3-bob. Ariza beruvchining murojaatini oʻrganish
9. Xodimini kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajati bir qismini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish istagida boʻlgan ish beruvchi ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan xodimining “Yoshlar daftari” roʻyxatida mavjud boʻlgani yoki bandligi taʼminlangani sababli undan chiqarilgani haqidagi maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” elektron platformasi (yoshlardaftari.uz) orqali tekshirishi mumkin.
10. Ish beruvchi xodimini kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatining bir qismini kompensatsiya qilishni soʻrab Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga yozma yoki elektron ravishda murojaat qiladi.
Arizada ish beruvchining nomi, kasbga qayta tayyorlanadigan xodimning F.I.O. va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, elektron reyestrga kiritilgan kasbga qayta tayyorlovchi taʼlim tashkiloti nomi, joylashgan joyi, xodim qayta tayyorlanadigan kasb nomi, qayta tayyorlash muddati va umumiy xarajat miqdori koʻrsatilishi, xodimning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinishi lozim.
11. Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni, shuningdek, ariza beruvchi xodimlarini kasbga tayyorlash kurslarida oʻqitmoqchi boʻlgan taʼlim tashkiloti elektron reyestrga kiritilganligini uch ish kuni ichida oʻrganib chiqib, taqdim etilgan hujjatlar ushbu Vaqtinchalik tartibning 2 va 7-bandlari talablariga muvofiq boʻlganda ularni Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga yuboradi.
12. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib, besh ish kunida kompensatsiyani toʻlash boʻyicha toʻlov grafigi shakllantiriladi.
Bunda, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan toʻlov grafigini, ariza beruvchiga ushbu toʻlov grafigiga muvofiq kompensatsiya toʻlab berish muddati haqida SMS xabar yuboriladi.
13. Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati toʻlov grafigi asosida oʻqish xarajatining bir qismini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha tegishli gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
4-bob. Xodimning kasbga qayta tayyorlanishini monitoring qilish
14. Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatidan xususiy korxona yoki tashkilot xodimini kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismi kompensatsiya qilinishi haqida javob xati yuborilganda Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi uch ish kunida xodimning kasbga qayta tayyorlanishini monitoring qilish haqida buyruq chiqarib, monitoringni amalga oshiruvchi hududiy boshqarma yoki Yoshlar ishlari agentligining tegishli tuman (shahar) boʻlimi xodimini (keyingi oʻrinlarda — masʼul xodim) tayinlaydi va ushbu buyruq nusxasini ariza beruvchiga yuboradi.
Shu bilan birga, Yoshlar ishlari agentligi va ish beruvchi oʻrtasida uch ish kunida xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismini kompensatsiya qilish toʻgʻrisida ikki tomonlama shartnoma imzolanadi.
Shartnomada xodimni kasbga qayta tayyorlashning Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan kompensatsiya qilinadigan miqdori va kompensatsiya qilish muddati koʻrsatilishi lozim.
15. Xodimning kasbga qayta tayyorlanishini monitoring qilish Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi tomonidan tayinlangan masʼul xodim tomonidan xodimning kasbga qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etayotganini oʻrganish orqali amalga oshiriladi.
Bunday oʻrganish kasbga qayta tayyorlovchi taʼlim tashkilotiga borib amalga oshirilishi mumkin.
16. Kasbga qayta tayyorlash kursi yakunlangach, oʻrganish natijalari boʻyicha masʼul xodim tomonidan xulosa tayyorlanadi.
5-bob. Xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismini kompensatsiya qilish
17. Xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismini kompensatsiya qilish ushbu Vaqtinchalik tartibga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Kasbga qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga taʼlim tashkiloti tomonidan malaka sertifikati beriladi.
19. Kasbga qayta tayyorlash yakuni boʻyicha xodimning mavjud bilim, koʻnikma va malakasi belgilangan kasb standartlariga mosligini aniqlash Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlarida tashkil etiladigan Kasbiy kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan amalga oshiriladi.
20. Kasbiy kompetensiyalarni baholash markazi tomonidan berilgan xodimning mavjud bilim, koʻnikma va malakasi belgilangan kasb standartlariga mosligini tasdiqlovchi hujjat va masʼul xodim tomonidan taqdim etilgan oʻrganish natijalari boʻyicha ijobiy xulosaga muvofiq Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasi uch ish kunida Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga shartnomada belgilangan toʻlovni amalga oshirish haqida talabnoma xat yuboradi.
Talabnoma xatga shartnoma, xodimning malaka sertifikati, xodimning malakasi belgilangan kasb standartlariga mosligini tasdiqlovchi hujjat, monitoring natijalari boʻyicha ijobiy xulosa va kasbga qayta tayyorlash xarajatining ish beruvchi tomonidan toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusxalari ilova qilinishi lozim.
21. Ushbu Vaqtinchalik tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlar taqdim etilganda Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati uch ish kunida hududiy boshqarmaning hisobraqamiga, hududiy boshqarma uch ish kunida ariza beruvchining hisobraqamiga xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Ariza beruvchi ushbu Vaqtinchalik tartib talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
23. Ushbu Vaqtinchalik tartib talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlarni kompensatsiya qilish boʻyicha vaqtinchalik tartibga ILOVA
Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlashga sarflanadigan xarajatlarini kompensatsiya qilish
Xodimlarni elektron reyestrga kiritilgan taʼlim tashkilotlarida kasbga qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish uchun Yoshlar ishlari agentligining tegishli hududiy boshqarmasiga yozma yoki elektron tarzda murojaat qiladi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
2-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq boʻlganda ularni Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga yuboradi.
Murojaat tushgandan soʻng
uch ish kunida
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati
J?mgʻarmaning daromad va xarajatlari hisob-kitobidan kelib chiqib kompensatsiyani toʻlash boʻyicha toʻlov grafigi shakllantiradi.
Bunda, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga shakllantirilgan toʻlov grafigini, ariza beruvchiga ushbu toʻlov grafigiga muvofiq kompensatsiya toʻlab berish muddati haqida SMS xabar yuboradi.
Hujjatlar tushgandan soʻng
besh ish kunida
4-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatidan xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajatining bir qismi kompensatsiya qilinishi haqida javob xati yuborilgan hollarda xodimning kasbga qayta tayyorlanishini monitoring qilish haqida buyruq chiqarib, monitoringni amalga oshiruvchi hududiy boshqarma yoki Yoshlar ishlari agentligining tegishli tuman (shahar) boʻlimi xodimini tayinlaydi.
Javob xati kelgandan soʻng
uch ish kunida
5-bosqich
Ish beruvchi
Xodimining taʼlim tashkilotida kasbga qayta tayyorlanishini taʼminlaydi.
Belgilangan muddatda
6-bosqich
“Ishga marhamat” monomarkazidagi Kasbiy kompetensiyalarni baholash markazi
Kasbga qayta tayyorlash yakuni boʻyicha xodimning mavjud bilim, koʻnikma va malakasi belgilangan kasb standartlariga mosligini aniqlaydi.
Belgilangan muddatda
7-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Arizachi tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilganda xodimni kasbga qayta tayyorlash xarajati bir qismini kompensatsiya qilish haqida Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatiga talabnoma xat yuboradi.
Tegishli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng
uch ish kunida
Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati
Toʻlov grafigi asosida oʻqish xarajatining bir qismini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasining Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha tegishli gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Mablagʻlar tushgandan soʻng
uch ish kunida
Yoshlar ishlari agentligi
hududiy boshqarmasi
Tushgan mablagʻlarni ariza beruvchining hisob raqamiga oʻtkazadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 4-ILOVA
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlari bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — ushbu Reglamentga muvofiq kompensatsiya toʻlashni soʻrab murojaat qilgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan jismoniy shaxs yoki belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan, xorijiy tillarni oʻrgatish yoki umumtaʼlim fanlarni oʻqitish faoliyatini amalga oshiruvchi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni xorijiy tilga yoki umumtaʼlim fanlariga oʻqitganlik xarajati hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni soʻrab murojaat qilgan nodavlat taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — oʻquv markazi);
oʻqish xarajati — oʻquv markazi tomonidan ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan xorijiy tillar yoki umumtaʼlim fanlari boʻyicha eng kamida 3 oylik oʻquv mashgʻulotini tashkil etish uchun belgilangan toʻlov;
milliy sertifikat — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) tomonidan beriladigan, maxsus seriya raqamiga ega, chet tilini bilish darajasini aniqlash yoki bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholash boʻyicha imtihon natijasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
imtihon topshirish xarajati — chet tilini bilish darajasini aniqlash yoki bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholash uchun Davlat test markazi hisob raqamiga toʻlanadigan toʻlov;
kompensatsiya — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan ariza beruvchiga qoplab beriladigan oʻqish xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha boʻlgan qismi, shuningdek, imtihon topshirish xarajati;
shartnoma — maʼlum bir oʻquv mashgʻulotini eng kamida 3 oylik muddatga tashkil etish toʻgʻrisida oʻquv markazi va oʻquvchi oʻrtasida tuziladigan bitim (shartnomada oʻquv kursi muddati va kurs uchun toʻlov miqdori, kursning jami davomiylik muddati koʻrsatilgan boʻlishi lozim);
verifikatsiya — Davlat test markazining elektron tizimi orqali ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan milliy sertifikatning haqiqiyligini tekshirish.
3. Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlari bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish haqida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh fuqarolar yoki ushbu fuqarolarni oʻqitgan va imtihon topshirish xarajatlarini qoplagan oʻquv markazlari murojaat qilishi mumkin.
4. Kompensatsiya olish uchun oʻquv kurslarini tugatgandan soʻng ariza beruvchi tegishli yoʻnalish boʻyicha milliy sertifikat olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida imtihon topshirishi va milliy sertifikatni olishi lozim.
Bunda, kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan ariza beruvchilarning murojaatiga asosan kompensatsiya quyidagilarga toʻlanadi:
oʻqish va imtihon topshirish xarajati ariza beruvchi-jismoniy shaxs tomonidan toʻlanganda — ariza beruvchi-jismoniy shaxsga;
oʻqish xarajati qisman (kompensatsiya toʻlovidan tashqari qismi) va imtihon topshirish xarajati ariza beruvchi-jismoniy shaxs tomonidan toʻlanganda — oʻqish xarajatining qolgan qismi oʻquv markaziga, imtihon topshirish xarajati ariza beruvchi-jismoniy shaxsga;
oʻqish xarajati toʻlanmaganda (oʻquv markazi tomonidan oʻqish xarajati kompensatsiyasidan tashqari qismi begʻaraz oʻqitilganda) va imtihon topshirish xarajati oʻquv markazi tomonidan toʻlanganda — oʻquv markaziga.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlari bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
a) davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan soʻrovnomani toʻldirib, Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi. Bunda, milliy sertifikatning haqiqiyligi soʻrovnomani toʻldirish jarayonida avtomatik tarzda verifikatsiyadan oʻtkaziladi;
b) Yoshlar ishlari agentligi:
taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻliq va asosli ekanligini (shu jumladan, yosh fuqaroning haqiqatda “Yoshlar daftari”ga kiritilganini) tekshiradi;
maʼlumotlar toʻliq va asosli ekanligi tasdiqlanganda ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrga muvofiq kompensatsiya mablagʻlarini ariza beruvchi jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi oʻrinlarda — Xalq banki) hisobvaragʻiga moliyalashtiradi, ariza beruvchi yuridik shaxslarga ularning tegishli hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi hamda xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi. Bunda, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Xalq bankiga kompensatsiya pullarini toʻlab berishga oid masalalar ular oʻrtasida tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi;
v) Xalq banki filiali ariza beruvchining kompensatsiya pulini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlagan holda ariza beruvchi — jismoniy shaxsning xohishiga koʻra ushbu kompensatsiyaning naqd yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanishini amalga oshiradi.
6. Davlat xizmatlari markazlari, Yoshlar ishlari agentligi va Xalq banki oʻrtasidagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
7. Kompensatsiya toʻlab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Bunda, ariza beruvchi istalgan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
8. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi:
a) oʻquv mashgʻulotini tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma nusxasi (pdf formatda);
b) oʻquv markazi tomonidan imtihon topshirish xarajati toʻlangan boʻlsa, toʻlov topshiriqnomasi (tegishli tijorat banki tomonidan tasdiqlangan, agar mavjud boʻlgan taqdirda) (pdf formatda);
v) ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan shakldagi reyestr (oʻquv markazi tomonidan taqdim etiladi).
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻzining elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
10. Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmaganda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ariza beruvchi YAIDXTT orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmatini koʻrsatish bepul amalga oshiriladi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YAIDXGT orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Yoshlar ishlari agentligiga elektron shaklda yuboriladi.
13. Quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda, ariza beruvchiga mazkur Reglamentda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlab beriladi:
oʻqish va imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi soʻralgan fuqaro Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya toʻlanayotgan paytda “Yoshlar daftari”da mavjud boʻlganda;
murojaat vaqtida ushbu Reglamentning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganda;
milliy sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanganda;
ariza beruvchi tomonidan oʻqish va imtihon topshirish xarajati, shuningdek, milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari 2021-yil 1-noyabr sanasidan keyin toʻlanganda;
ariza beruvchi milliy sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida kompensatsiya toʻlashni soʻrab murojaat etganda;
ariza beruvchi tomonidan shartnomaga muvofiq, oʻquv kursi uchun oʻquv xarajatlarining 50 foizi toʻlanib, qolgan qismini (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha miqdordagi) toʻlashni soʻrab ushbu Reglamentda belgilangan tartibda murojaat qilganda.
Ariza beruvchining murojaati ushbu bandda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda unga kompensatsiyani toʻlash rad etiladi.
14. Ushbu Reglamentda belgilangan muddatda kompensatsiyani toʻlash imkoni boʻlmasa, Yoshlar ishlari agentligi bu haqda YIDXPga maʼlumot kiritadi va ariza beruvchiga bu haqda SMS xabar yuboradi.
15. Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchining murojaati Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 10 ish kunida taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻliq va asosli (shu jumladan, yosh fuqaroning haqiqatda “Yoshlar daftari” elektron bazasida mavjudligini tekshirib, kompensatsiya berish yoki uni rad qilish toʻgʻrisida xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
16. Agar ariza beruvchi tomonidan ushbu Reglamentning 10-bandida belgilangan hujjatlar taqdim etilmagani sababli unga kompensatsiya berish rad etilgan boʻlsa, xabarnomada taqdim etilmagan hujjatlar roʻyxati koʻrsatiladi.
Ushbu hujjatlar xabarnoma yuborilgan paytdan boshlab 30 kun ichida ushbu Reglamentga muvofiq taqdim etilsa, shuningdek ariza beruvchining murojaati ushbu Reglamentning 15-bandi talablariga muvofiq boʻlsa, unga kompensatsiya toʻlab beriladi.
17. Har bir ariza beruvchiga bitta xorijiy tilni oʻrganish va bitta umumtaʼlim fanni oʻzlashtirish hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajati kompensatsiya qilinadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirilgan sanadan boshlab 180 kun mobaynida Xalq bankining tegishli filialidan ariza beruvchi jismoniy shaxslar tomonidan talab qilib olinmagan mablagʻlar Xalq bankining tegishli filiali tomonidan bunday ariza beruvchilarning roʻyxatini ilova qilgan holda Yoshlar ishlari agentligiga qaytariladi.
19. Ushbu Reglamentda belgilangan davlat xizmatini koʻrsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi lozim.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
21. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
22. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarini bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Kompensatsiya toʻlab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh fuqaro
Oʻquv markazida xorijiy tilni yoki umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirish uchun taʼlim oladi.
Kamida 3 oy davomida
Oʻquv markazi
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga xorijiy tilni yoki umumtaʼlim fanlarini oʻqitadi.
2-bosqich
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar
Oʻquv kursini tugatgandan soʻng tegishli yoʻnalish boʻyicha milliy sertifikat olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida oʻz hisobidan imtihon topshiradi va milliy sertifikatni oladi.
Oʻquv kursini
tugatgandan soʻng
Oʻquv markazi
Oʻquv kurslarini tugatgan oʻquvchilarining tegishli yoʻnalish boʻyicha milliy sertifikat olish xarajatlarini oʻz hisobidan qoplaydi.
3-bosqich
Ariza beruvchi
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga kompensatsiya toʻlashni soʻrab murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtib murojaat qoldiradi.
Milliy sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.
1.10 daqiqa ichida
2.Avtomatik tarzda
5-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
1. Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻliq va asosli (ariza beruvchining haqiqatda “Yoshlar daftari” elektron bazasida mavjudligini) ekanligini tekshiradi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻliq va asosli ekanligi tasdiqlanganda ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrga muvofiq kompensatsiya mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning hisobvaragʻiga moliyalashtiradi va xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.
1. Murojaat tushganidan soʻng 10 ish kunida.
2. Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻliq va asosli ekanligi tasdiqlanmaganda,bu haqida elektron tizimga maʼlumot kiritadi va ariza beruvchiga murojaati rad etilganligi toʻgʻrisida xabarnoma (SMS xabar) yuboradi.
2. Maʼlumotlar toʻliq va asosli ekanligi tasdiqlanmaganda bir ish kuni mobaynida.
6-bosqich
“Xalq banki” filiali
Kompensatsiya pulini olishga boʻlgan huquqini tekshirgan holda ariza beruvchi jismoniy shaxsga kompensatsiya toʻlovini amalga oshiradi.
Ariza beruvchi murojaat qilgan sanadan boshlab
5 ish kunida
Yoshlar ishlari agentligi
Kompensatsiya pulini olishga boʻlgan huquqini tekshirgan holda ariza beruvchi yuridik shaxsga kompensatsiya toʻlovini amalga oshiradi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarini bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Kompensatsiya olishda boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
Ariza t/r
Qabul qilish sanasi
Qabul qilgan shaxs
-
-
-
I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida maʼlumot:
1.1. F.I.O.:
-
1.2. Tugʻilgan sanasi:
yil/kun/oy
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR):
-
1.4. Telefon raqami:
-
1.5. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
1.6. Oʻquv kursi turi
-
1.7. Maxsus (milliy) sertifikat raqami
-
1.8. Taʼlimni tashkil etgan taʼlim tashkiloti STIR
-
1.9. Uch tomonlama toʻlov-shartnoma va toʻlov kvitansiya nusxasi (agar mavjud boʻlgan taqdirda)
(ilova qilinadi)
1.10. Kompensatsiya mablagʻlarini olish uchun Xalq banki filiali
(tanlanadi)
II. Ariza beruvchi (yuridik shaxs) haqida maʼlumot:
2.1.1. Taʼlim tashkiloti nomi:
-
2.1.2. Taʼlim tashkiloti STIR:
-
2.1.3. Taʼlim tashkilotining telefon raqami:
-
2.1.4. Taʼlim tashkilotining elektron pochta manzili:
-
2.1.5. Taʼlim tashkilotining joylashgan manzili:
Tuman(shahar), viloyat, respublika
2.1.6. Oʻqish xarajatlari qoplab beriladigan oʻquvchilar soni
-
2.1.7. Oʻqish xarajatlari qoplab beriladigan oʻquvchilar roʻyxati (reyestr)
(ilova qilinadi)
2.1.8. Uch tomonlama toʻlov-shartnoma nusxasi (pdf shaklda)
(ilova qilinadi)
2.1.9. Umumtaʼlim fanlarini va chet tillarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha toʻlov amalga oshirilgani toʻgʻrisida toʻlov topshiriqnomasi (vakolatli bank muhri bilan)
2.1.10. Kompensatsiya mablagʻlarini olish uchun rekvizitlar
-
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarini bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Kompensatsiya olish boʻyicha oʻquvchilarning roʻyxati (reyestr)
T/r
Oʻquvchilarning F.I.O.
Pasport maʼlumoti (ID-karta)
JSH SHIR
Telefon raqami
Oʻquv kursi turi
Oʻquv kursi boshlangan va tugallangan sana
Oʻquv kursi xarajati
Milliy sertifikat raqami
1.
...
2.
...
Direktor
(Imzo/muhr)
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarini bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Oʻqish xarajatlari kompensatsiya qilinadigan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari hamda ular boʻyicha milliy sertifikat olish uchun imtihon topshiriladigan xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari
*“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol kreditlari ajratish (foiz toʻlovlarini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilish) tizimi orqali amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 5-ILOVA
Professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻquvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyoti davri uchun subsidiya ajratish boʻyicha
1. Ushbu Vaqtinchalik tartib professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtagan davri mobaynida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
2. Ushbu Vaqtinchalik tartibga muvofiq professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtagan vaqtida, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda budjet mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida amaliyot oʻtagan toʻliq oy uchun har oylik subsidiya ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
3. Ushbu Vaqtinchalik tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qabul qiluvchi tashkilot — professional taʼlim tashkiloti oʻquvchisi tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti oʻtalayotgan ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonasi;
amaliyot oʻtaydigan oʻquvchi (oʻquvchi) — qabul qiluvchi korxona va tashkilotda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashga yoʻllanma berilgan professional taʼlim tashkilotining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan oʻquvchisi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
amaliyot — oʻquvchilar tomonidan olingan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, kasbiy faoliyatga oid koʻnikmalarni olish hamda oʻz mutaxassisligi boʻyicha amaliy koʻnikma va mahorat hosil qilish maqsadida olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tashkil etiladigan oʻquv jarayonining bir qismi;
amaliyot rahbari — oʻquv yuklamasiga amaliyot rahbarligi kiritilgan professional taʼlim tashkiloti oʻqituvchisi.
4. Professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablagʻlari toʻlanganda ushbu oʻquvchi yoshlarga ishlab chiqarish amaliyotini ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonalarida oʻtagan davri mobaynida subsidiya ajratilmaydi.
5. Professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻquvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyot davri uchun subsidiya ajratish ushbu Vaqtinchalik tartibga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
2-bob. Amaliyotni tashkil etish
6. Amaliyotni oʻtash professional taʼlim tashkiloti tomonidan oʻquv rejalariga muvofiq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan amaliyotni oʻtash dasturi asosida amalga oshiriladi.
7. Amaliyot qabul qiluvchi tashkilotning amaliy faoliyati haqida tasavvurga ega boʻlish, birlamchi kasbiy mahorat va koʻnikmalarini egallash, kelgusida qabul qiluvchi tashkilotda ishga joylashishni nazarda tutadi.
8. Amaliyot oʻquv rejasida nazarda tutilgan muddatlarda, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
9. Amaliyot oʻquvchilar tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni taʼminlashga yoʻnaltirilishi lozim.
10. Amaliyot rahbari oʻquvchilarning haqiqatda amaliyot oʻtayotganliklarini amaliyot oʻtash joylariga borish yoʻli bilan nazorat qiladi.
11. Amaliyot oʻtash yakunlangach, oʻquvchi tomonidan amaliyot davrida bajarilgan ishlar boʻyicha hisobot tayyorlanadi hamda amaliyot rahbariga topshiriladi.
Amaliyot oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotda bajarilgan ish, oʻrganilgan tajribani qoʻllash amaliyoti, shuningdek olingan bilim va koʻnikmalar aks ettiriladi. Hisobot oʻquvchi tomonidan imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi.
3-bob. Oʻquvchilarning oilasi “Yeshlar daftari”ga kiritilganini tekshirish
12. Professional taʼlim tashkilotlari amaliyot oʻtashga yuboriladigan oʻquvchilarning “Yoshlar daftari” roʻyxatida mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash uchun oʻquvchilarning yashash joyi boʻyicha tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarga (keyingi oʻrinlarda — sektor) soʻrovnoma yuboradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Soʻrovnomada professional taʼlim tashkiloti nomi, amaliyot oʻtaydigan oʻquvchilar roʻyxati (oʻquvchining F.I.O. va tugilgan sanasi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) ilova qilinishi lozim.
13. Sektorlar rahbarlari soʻrovnoma asosida oʻquvchilarning “Yoshlar daftari” roʻyxatida mavjudligi yoki mavjud emasligini tekshirilishini taʼminlaydi hamda tekshirish natijalariga koʻra soʻrovnoma bergan professional taʼlim tashkilotiga sektor rahbari tomonidan tasdiqlangan oilasi “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
a) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻquvchilarning egallaydigan kasb va mutaxassisligi boʻyicha amaliyotni oʻtashga biriktirishni soʻrab amaliyotning boshlanishi davridan kamida bir oy oldin qabul qiluvchi tashkilotlarga buyurtmanoma beradi. Buyurtmanomada professional taʼlim tashkiloti nomi, amaliyot oʻtaydigan oʻquvchilar roʻyxati, amaliyotning boshlanishi sanasi va davomiyligi muddati, ajratilishi lozim boʻlgan umumiy subsidiya miqdori, oʻquvchining egallaydigan kasb va mutaxassisligi nomi koʻrsatilishi hamda uning “Yoshlar daftari”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma ilova qilinishi lozim;
(14-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
b) amaliyot oʻtaydigan oʻquvchilarning egallaydigan kasb va mutaxassisligi hamda ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda qabul qiluvchi tashkilotlarga biriktirish ishlarini amalga oshiradi. Bunda, hududdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarining amaliyot oʻtovchi oʻquvchilarga boʻlgan ehtiyoji, professional taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini amaliyot davridan keyin ishga qabul qilish imkoniyati inobatga olinadi;
v) oʻquvchilarning biriktirilgan qabul qiluvchi tashkilotlarida amaliyot oʻtashlarini taʼminlaydi.
15. Mahalliy mehnat organi professional taʼlim tashkiloti bilan birgalikda bitiruvchilarning amaliyot davridan keyin ish oʻrinlariga joylashishlariga koʻmaklashadi.
16. Amaliyot oʻtash qabul qiluvchi tashkilot, professional taʼlim tashkiloti va oʻquvchi oʻrtasida amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha uch tomonlama shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, amaliyotni tashkil etish tartibi, subsidiya toʻlash shartlari va muddatlari, shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani bekor qilish asoslari, shuningdek taraflarning javobgarligi belgilanadi.
5-bob. Amaliyot oʻtayotgan oʻquvchilarga har oylik subsidiya ajratish
17. Professional taʼlim tashkiloti amaliyot oʻtash dasturiga muvofiq yoʻllanma asosida amaliyot oʻtaydigan oʻquvchilarga amaliyot oʻtagan vaqtida toʻlanadigan subsidiyalar miqdorini hisoblaydi va budjetdan zarur mablagʻlar ajratish uchun hududiy moliya organiga buyurtmanoma va asoslovchi hisob-kitoblarni taqdim etadi.
Buyurtmanomada professional taʼlim tashkiloti va qabul qiluvchi tashkilotning nomi, amaliyot oʻtaydigan oʻquvchilarning roʻyxati, amaliyotning boshlanish sanasi va davomiyligi muddati, ajratilishi zarur boʻlgan subsidiya miqdori koʻrsatilishi hamda oʻquvchilarning “Yoshlar daftari”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma ilova qilinishi lozim.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
18. Hududiy moliya organlari professional taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilarga amaliyot oʻtash vaqtida toʻlanadigan subsidiyalar uchun sarflanadigan mablagʻlarni ajratish boʻyicha buyurtmanoma va hisob-kitoblarini jamlab, Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Moliya vazirligi tomonidan jamlangan buyurtmanomalarga koʻra respublika budjetidan mablagʻlar ajratadi. Ushbu ajratilgan mablagʻlarni professional taʼlim tashkilotlari budjet xarajatlar smetasining 47.21.900 xarajat moddasida (pul shaklidagi boshqa ijtimoiy yordam nafaqalari) rejalashtiradi.
19. Subsidiyalar berish uchun sarflanadigan mablagʻlar boʻyicha hisob va hisobotlar tegishli professional taʼlim tashkilotining hisobot boʻlimlari tomonidan yuritiladi.
Oʻquvchi belgilangan muddatda va tartibda amaliyot oʻtaganda unga amaliyot rahbari tomonidan ijobiy xulosa beriladi. Amaliyot rahbarining ijobiy xulosasiga asosan amaliyot davrida tegishli subsidiya mablagʻlari amaliyot oʻtayotgan oʻquvchilarga oyma-oy (olti oydan koʻp boʻlmagan muddat davomida) keyingi oyning 10 sanasidan kechikmagan muddatda toʻlab beriladi.
20. Amaliyot oʻtovchi oʻquvchilar amaliyot oʻtamagan taqdirda, ularga subsidiya berish toʻxtatiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Ushbu Vaqtinchalik tartib talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
22. Ushbu Vaqtinchalik tartib talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 188 – 1882-moddalari.
Professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan, oilasi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻquvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyot davri uchun subsidiya ajratish boʻyicha vaqtinchalik tartibga ILOVA
Professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻquvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyot davri uchun subsidiya ajratish
Amaliyot oʻtashga yuboriladigan oʻquvchilarning “Yoshlar daftari” roʻyxatida mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash uchun oʻquvchilarning yashash joyi boʻyicha sektorlarga soʻrovnoma yuboradi.
Amaliyotning boshlanishidan kamida bir oy oldin
2-bosqich
Sektor rahbari
Sektor shtabi kotibi
Soʻrovnoma asosida oʻquvchilarning “Yoshlar daftari” roʻyxatida mavjudligi yoki mavjud emasligini tekshiradi.
Bunda, soʻrovnoma bergan professional taʼlim tashkilotiga sektor rahbari tomonidan tasdiqlangan “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan oʻquvchilar toʻgʻrisida maʼlumot yuboriladi.
soʻrovnoma tushgandan soʻng
uch ish kunida
3-bosqich
Professional taʼlim tashkiloti
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻquvchilarning egallaydigan kasb va mutaxassisligi boʻyicha amaliyotni oʻtashga biriktirishni soʻrab qabul qiluvchi tashkilotlarga buyurtmanoma beradi.
amaliyotning boshlanishidan kamida bir oy oldin
4-bosqich
Professional taʼlim tashkiloti
Amaliyot oʻtaydigan oʻquvchilarning egallaydigan kasb va mutaxassisligi hamda ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda qabul qiluvchi tashkilotlarga biriktirish ishlarini amalga oshiradi.
bir hafta muddatda
Qabul qiluvchi tashkilot, professional taʼlim tashkiloti, oʻquvchi oʻrtasida amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha uch tomonlama shartnoma tuzish choralarini koʻradi.
bir hafta muddatda
Oʻquvchilarning biriktirilgan qabul qiluvchi tashkilotlarida amaliyot oʻtashlarini taʼminlaydi.
belgilangan muddatlarda
5-bosqich
Professional taʼlim tashkiloti
Amaliyot oʻtash dasturiga muvofiq yoʻllanma asosida amaliyot oʻtaydigan oʻquvchilarga amaliyot oʻtagan vaqtida toʻlanadigan subsidiyalar miqdorini hisoblaydi va budjetdan zarur mablagʻlar ajratish uchun hududiy moliya organiga buyurtmanoma va asoslovchi hisob-kitoblarni taqdim etadi.
belgilangan muddatlarda
6-bosqich
Hududiy moliya organi
Professional taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilarga amaliyot oʻtash vaqtida toʻlanadigan subsidiyalar uchun sarflanadigan mablagʻlarni ajratish boʻyicha buyurtmanoma va hisob-kitoblarini jamlab, Moliya vazirligiga taqdim etadi. Moliya vazirligi tomonidan jamlangan buyurtmanomalarga koʻra Davlat budjetidan mablagʻlar ajratadi. Ushbu ajratilgan mablagʻlarni professional taʼlim tashkilotlari budjet xarajatlar smetasining 47.21.900 xarajat moddasida (pul shaklidagi boshqa ijtimoiy yordam nafaqalari) rejalashtiradi
Amaliyot davrining har oyi yakuni boʻyicha
7-bosqich
Professional taʼlim tashkiloti
Subsidiyalar berish uchun sarflanadigan mablagʻlar boʻyicha hisob va hisobotlar tegishli professional taʼlim tashkilotining hisobot boʻlimlari tomonidan yuritiladi.
belgilangan muddatlarda
Amaliyot rahbarining ijobiy xulosasiga asosan amaliyot davrida tegishli subsidiya mablagʻlari amaliyot oʻtayotgan oʻquvchilarga oyma-oy (olti oydan koʻp boʻlmagan muddat davomida) toʻlab beriladi.
keyingi oyning 10 sanasigacha
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga 6-ILOVA
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB banklari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol kreditlarini (keyingi oʻrinlarda — kredit) ajratish va ularning foiz toʻlovlarini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan, kompyuter sotib olish maqsadida isteʼmol krediti olish uchun bankka murojaat qilgan, oʻttiz bir yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);
sertifikat — Uzbekcoders.uz sayti orqali “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga beriladigan hujjat;
bank — sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlari ajratadigan AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATB;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
kompensatsiya — kompyuter sotib olish uchun ajratilgan isteʼmol kreditiga hisoblanadigan barcha foizlarni qoplash (kompensatsiya qilish) maqsadida vakolatli organning hududiy boʻlinmalari tomonidan har oyda bankka oʻtkaziladigan, bank tomonidan esa ariza beruvchining nomiga ochilgan tegishli bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan mablagʻ;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
maʼlumotnoma — vakolatli organ tomonidan beriladigan, bankdan ajratilgan kreditlarga hisoblangan barcha foizlar Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan qoplab berilishiga asos boʻluvchi hujjat;
verifikatsiya — ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan sertifikatning haqiqiyligini mazkur sertifikatni bergan tashkilotning elektron tizimi orqali tekshirish.
3. Kredit banklar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmagan miqdorda ajratiladi.
Bunda, kompyuterning qiymati ajratilgan kredit summasidan oshgan taqdirda, ortiqcha qismi ariza beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
4. Kreditning foiz toʻlovlari Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilib beriladi.
5. Sertifikat olgan yoshlarga kreditning foiz toʻlovlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
a) davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan soʻrovnomani toʻldirib vakolatli organga yuboradi;
b) vakolatli organ:.
sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi;
haqiqiyligi tasdiqlangan sertifikat egasi boʻlgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni va unga muvofiq kredit foiz toʻlovlarining kompensatsiya mablagʻlarini tegishli Banklar hisobvaragʻiga oʻtkazib boradi;
bunda, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga bir marta kompensatsiya toʻlab beriladi;
v) bank filiali ariza beruvchiga berilgan maʼlumotnoma asosida kredit foiz toʻlovlari oʻz vaqtida soʻndirib boradi.
6. Davlat xizmatlari markazlari, Yoshlar ishlari agentligi va banklar oʻrtasidagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlari ajratish hamda kredit foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish tartibi
7. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol krediti ajratish va uning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilib berish mazkur Tartibning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
8. Ariza beruvchi istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Tartibga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi:
kreditning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilib berish toʻgʻrisidagi ariza;
ariza beruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) (agar ariza sertifikat olgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi);
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat nusxasi (pdf shaklda) va uning haqiqiyligini tekshirish uchun sertifikatni taqdim etgan tashkilotning elektron tizimidagi sertifikat havolasi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
10. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻzining elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
11. Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
12. Davlat xizmatini koʻrsatish bepul amalga oshiriladi.
13. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
15. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
16. Quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda, ariza beruvchiga vakolatli organ tomonidan mazkur Tartibda nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlab berilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma beriladi:
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olganda;
sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun oʻtmasdan kompensatsiya toʻlashni soʻrab ushbu Tartibda belgilangan tartibda murojaat qilganda;
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
verifikatsiya natijasida sertifikatning haqiqiyligi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanganda.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
17. Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish jarayonida ariza beruvchi kredit olish va uning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilib berish uchun oʻziga qulay hududdagi AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATB bank filiallaridan birini tanlaydi.
18. Vakolatli organ ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 3 ish kuni mobaynida sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
19. Verifikatsiya natijasiga koʻra sertifikatning haqiqiy emasligi aniqlanganda kompensatsiya toʻlanmaydi va bu haqida ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
20. Vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining maʼlumotlari mazkur Tartibning 16-bandiga muvofiq deb topilganda ikki ish kunida kredit foizlarining toʻlovlarini kompensatsiya qilib berish toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
21. Oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolar tomonidan kredit olish va uning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishni soʻrab ushbu fuqarolarning qonuniy vakillari murojaat qilishlari mumkin.
Bunda, kredit va uning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish ushbu Tartib talablariga muvofiq oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolarning qonuniy vakillariga toʻlab beriladi.
22. Vakolatli organning kredit foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilib berish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi olingandan soʻng tegishli bank filiallari oʻzlarining ichki tartib qoidalarida belgilangan tartibda kredit ajratish masalasini koʻrib chiqadi.
Kredit ajratish toʻgʻrisida tegishli hujjat qabul qilingan va kompyuter ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularni realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazib berilgandan soʻng bank har oyning 15-kunida bu toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qiladi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
Kreditning foiz toʻlovlari vakolatli organ tomonidan kredit davri mobaynida oyma-oy kompensatsiya qilib boriladi.
23. Kredit boʻyicha foiz toʻlovlarini toʻlash uchun zarur summalar har oyning 25-kunigacha Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishlicha AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATBning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari va bank xizmatlari ofislarining tegishli hisob raqamiga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda oʻtkazib boriladi.
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablagʻlarni isteʼmol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib boradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
24. Vakolatli organ tomonidan maʼlumotnoma taqdim etilgan kundan boshlab 60 kun mobaynida ariza beruvchi tomonidan banklarning tegishli filialiga kredit ajratishni soʻrab murojaat qilinmaganda ushbu maʼlumotnoma oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi lozim.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari ushbu Tartib talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
27. Ariza beruvchi ushbu Tartib talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol krediti ajratish va uning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilib berish
Istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga sertifikatni ilova qilgan xolda sertifikatni taqdim etgan tashkilotning elektron tizimidagi sertifikat havolasini koʻrsatib murojaat qiladi.
Tegishli sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazlari
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarini YIDXP orqali avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
10 daqiqa mobaynida
3-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
Vakolatli organ ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi
Vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining maʼlumotlari toʻgʻri deb topilganda kredit foizlari toʻlovlarini kompensatsiya qilib berish toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
2 ish kunida
5-bosqich
Bank
Kredit ajratish masalasini koʻrib chiqadi. Kredit ajratish toʻgʻrisidagi tegishli hujjat qabul qilish, kredit summasining kompyuter ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularni realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazib beradi.
Bankning ichki hujjatlarida belgilangan muddatlarda.
Bu toʻgʻrisida vakolatli organni xabardor qiladi.
har oyning 15-kuniga qadar
6-bosqich
Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari
Kredit boʻyicha foiz toʻlovlarini toʻlash uchun zarur summalar har oyning 25-kunigacha Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishlicha AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATBning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari va bank xizmatlari ofislarining tegishli hisob raqamiga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda oʻtkazib boriladi.
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablagʻlarni isteʼmol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib boradi.
Xar oyning 25-kuniga qadar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishningmaʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Kompensatsiya olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida maʼlumot:
1.1. F.I.O.:
-
1.2. Tugʻilgan sanasi:
kun/oy/yil
1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
-
1.4. Telefon raqami:
-
1.5. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
1.6. Uzbekcoders.uz veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda)
-
1.7. “Bir million dasturchi”loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi toʻgʻrisidagi sertifikat havolasi
-
II. Sertifikat olgan oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi maʼlumot:
2.1.1. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning F.I.O.:
-
2.2. Tugʻilgan sanasi:
kun/oy/yil
2.3. Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma raqami:
-
2.4. Bolaning qonuniy vakili F.I.O.:
-
2.5. Shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR):
-
2.6. Sertifikat olgan bolaning vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat:
2.7. Telefon raqami:
-
2.8. Yashash joyi:
Tuman (shahar), viloyat, respublika
2.9. Uzbekcoders.uz veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan elektron pochta manzili (mavjud boʻlgan taqdirda)
-
2.10. “Bir million dasturchi”loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etgan tashkilotning elektron tizimidagi sertifikat havolasi.
-
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son)
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun isteʼmol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Kreditning foiz toʻlovlari kompensatsiya qilib borilayotgan ariza beruvchilarning roʻyxati (reyestr)