1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.03.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish. Maishiy xizmatlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.04.00 Maishiy xizmatlar uchun tariflar va imtiyozlar, hisob-kitob tartibi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hududlarda xizmatlar sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, sohani rivojlantirish maqsadli koʻrsatkichlariga erishilishini taʼminlash, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021-yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan va ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan avtobus, elektrobus, trolleybus hamda mikroavtobuslarni 2027-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanilsin hamda utilizatsiya yigʻimini besh yilga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 06/26/46/0290-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 06/26/46/0290-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.01.00 Alohida turdagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda quyidagi tovarlar 2021-yil 1-oktabrdan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin:
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar;
taqiqlanmagan oʻyin avtomatlari (TIF TN kodi 9504 30 200 1, 9504 30 200 9), videooʻyinlar uchun uskunalar (TIF TN kodi 9504 30 100 0), va bouling uchun avtomatik uskunalar (TIF TN kodi 9504 90 800 9);
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.05.00 Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.06.00 Madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish;
5.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
4. Turizm, umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohasini yanada rivojlantirish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ikki hafta muddatda infratuzilma yetarli rivojlanmagan yoki kapital qurilish obyektlarini barpo qilish boʻyicha cheklovlar mavjud boʻlgan magistral yoʻllari boʻylab, shu jumladan turistik zonalarda kafe-furgonlarga aylantirilgan “fudtrak” transport vositalarini joylashtirish uchun maxsus joylar roʻyxati tuzilishini va “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirilishini taʼminlasin. Bunda, mazkur hududlarda savdo joylarini sotish boʻyicha auksion boshlangʻich narxi tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkalari yer soligʻi summasining 50 foizi miqdorida belgilanadi;
madaniyat va istirohat bogʻlari, shuningdek oliy taʼlim muassasalari hududida kafe-furgonlarga aylantirilgan transport vositalari — “fudtrak”lar uchun joylarni tashkil etishni taʼminlasin.
5. 3D kontentni namoyish qilish uchun ijro qilish serverlari, kinoekranlar, obyektivli, lampali, polyarizatsiya filtrli raqamli proyektorlar, akustika tizimlari va ekran orti karnaylari, professional passiv sabvufer, integratsiya qilingan media server, raqamli proyektorlar uchun ksenon qisqa yoyli lampalar, ovozli protsessor, proyektor uchun obyektiv, ekranlar uchun yorugʻlik uchlanishning ultra yorqin passiv 3D tizimi, 3D koʻzoynaklarini olib kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-son Farmoni doirasida bojxona boji stavkasining nol stavkalari tatbiq qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2022-yil 1-yanvardan boshlab ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-sentabr,
PF-6318-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi PF-6318-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2022-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5326-son Farmoni 8-bandida:
uchinchi xatboshidagi “toʻlovlarini toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari)” soʻzlari “bojini toʻlashdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5781-son Farmonida:
“a” kichik bandda “yagona soliq toʻlovi” soʻzlari “aylanmadan olinadigan soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisida “yagona ijtimoiy toʻlovdan” soʻzlari “ijtimoiy soliqdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandda “yagona soliq toʻlovini toʻlashdan;” soʻzlari “aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etilsin.” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 91 band bilan toʻldirilsin:
“91. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dor (osma) yoʻllarini, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlarini, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, shuningdek, “buggy car”, faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (gʻildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan (“fudtrak”) yer usti transport vositalari 2024-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etilsin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2024-yil 1-yanvarga qadar kinokompaniyalar moddiy-texnik bazasini kuchaytirish va kinoteatr (kinozal)lar uchun tovarlar olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar roʻyxatida:
Ekranlar uchun yorugʻlik uchlanishning ultra yorqin passiv 3D tizimi
9007 92 000 0
102.
Kinoekranlar
9010 60 000 0
”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2863-son qarori 8-bandida:
“2024-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari bojxona bojidan ozod etilsin”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3422-son qarori 4-bandida:
a) birinchi xatboshidan “2022-yilning 1-yanvariga qadar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) ikkinchi xatboshi “boʻshagan mablagʻlar” soʻzlaridan oldin “2022-yilning 1-yanvariga qadar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) uchinchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasida” soʻzlaridan oldin “2024-yilning 1-yanvariga qadar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-maydagi “Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-4737-son qarori 1-bandi birinchi xatboshisidagi “2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son; 30.03.2026-y., 06/26/46/0290-son)