Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining
7-moddasiga muvofiq dehqon xoʻjaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik, dehqon xoʻjaliklarini hisobga qoʻyganlik yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik hamda Dehqon xoʻjaliklarining yagona davlat reyestridan koʻchirmalar berganlik uchun davlat boji va yigʻim undirilmasligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash
tartibiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
1. 4.10-pozitsiyaning “Davlat xizmatlarining nomi” ustuniga “Jismoniy shaxslarning” soʻzlaridan keyin “(yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xoʻjaligi bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 4.11-pozitsiyaning “Davlat xizmatlarining nomi” ustuniga “Yuridik shaxslarga” soʻzlaridan keyin “(yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaligi bundan mustasno)” soʻzlari qoʻshilsin.
3.
Izohlarga quyidagi mazmundagi 7-band qoʻshilsin:
“7. “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dehqon xoʻjaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi”.